Skelet va uning boylamlari



Yüklə 18,57 Kb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü18,57 Kb.
#185837
1   2   3   4   5   6
Skelet va uning boylamlari

burnn suyagi.
Skeletning umumiy ko'rinishi.
Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir necha qismga bo'lib o'rganiladi: bosh, gavda, qo'l va oyoq suyaklari. Bosh suyagi 23 ta suyaklarning birikjsrudan tashkH topgan bo'lib ikki qismga bo'linadi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari (2- rasm). Miya qutisi suyaklariga: peshomi - I, tepa - 2, chakka - 2,
ensa - I, asosiy - I, g'alvirsimon - 1 ta suyaklar kiradi. Yuz suyaklariga: yuqorigi jag' - 2, yonoq - 2, burun - 2, ko'zyosh - 2, pastki burun chanog'i - 2, tanglay - 2, pastki jag' - 1, dimog' - I, til osti - I ta suyaklar kiradi.Pastki jag' va chakka suyaklari bir-biri bilan bo'g'im hosil qilib birikadi. Bu bo'g'im tufayli pastki jag' xilma-xil harakatlarni bajaradi va natijada odam ovqatni chaynash, so'zlash, kuylash imkoniga ega bo'ladi.
Yuqorida aytilganidek, yosh bolalarda bosh suyagi 23 ta alohida suyaklardan tashkil topgan bo'lib, ular bir-biri bilan suyak chok¬lari yordamida birikadi. Ularning birikishi bolaning 2-3 oyligi¬dan boshlab, u voyaga yetguncha davom etadi.
Tana skeleti. Odamning gavda skeleti ikki qismdan iborat: umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasi.
Umurtqa pog'onasi 33-34 umurtqaning birikishidan hosil bo'lib, uzunligi odamning bo'yiga qarab 70-90 sm gacha bo'la¬di. Umurtqa pog'onasi odam skeletining markaziy qismi bo'lib, unga barcha suyaklar birikib turadi va u tananing asosiy tayanchi bo'lib xizmat qiladi. Umurtqa pog'onasi 5 qismdan iborat: bo'yin - 7, ko'krak - 12, bel - 5, dumg'aza - 5 va dum - 4-5 ta umurtqadan tashkil topgan (3- rasm).
Umurtqa halqasimon suyakdan iborat bo'lib, oldingi - tana qismi yo'g'onlashgan, orqa qismi ingichka yoysimon bo'ladi. Umurtqaning tanasi bilan yoyi qo'shilib umurtqa teshigini hosil qiJadi. Umurtqalarning orasida tog'aydan iborat umurtqa oraliq dis¬klar bo'ladi. Umurtqalarning bir-biri bilan tutashishi natijasida umurtqa pog'onasi kanali hosil bo'ladi. Bu kanal ichida orqa miya joylashadi.
Ko'krak qafasi suyaklariga 12 ta ko'krak umurtqasi, 12 juft qovurg'alar va to'sh suyagi kiradi (4- rasm). Bularning bir-biri bilan birikishi natijasida ko'krak qafasi hosil bo'lib, unda odam hayoti uchun muhim bo'lgan ichki organlar joylashadi.
Qovurg'alarning 12 jufti ham orqa tomondan ko'krak umurt¬qalariga birikadi. Ulardan 7 jufti haqiqiy (chin) qovurg'alar de¬yilib, oldingi tomondan to'sh suyagining yon tomoniga o'zining tog'aylari yordamida bevosita birikadi. Ulardan pastki uch jufti soxta qovurg'a deyilib, bular bir-biri bilan tog'ay yordamida o'za¬ra, so'ngra esa 7- qovurg'aning tog'ayiga birikadi. Bulardan ham pastda joylashganlari (11-12- qovurg'alar) oldingi tomondan to'sh suyagiga birikmay, qorin muskullari orasida joylashadi. Bular yetim qovurg 'alar deb ataladi.
To'sh suyagi uch qismdan: yuqorigi - dasta, o'rta - tana qismi va pastki - qilichsimon o'simtadan iborat.
Umurtqa pogonasi.
A- oldindan ko'rinishi: 1- bo'yin qismi; 2- ko'krak qismi; 3- bel qismi; 4- dumg'aza qismi; 5- dum
qismi.
B- yon tomondan ko'rinishi (o'rtasidan arralangan): 1- umurtqa pog'onasining kanali; 2- bo'yin lordozi; 3- bel lordozi: 4- ko'krak
kifozi; 5- dumg'aza kifozi:
Ko'krak qafasi: 1-7- haqiqiy (chin) qovurg'alar; 8-10- soxta qovurg'alar; 11-12¬yetim qovurg'alar; 13- lo'sh suyagining qiIichsimon o'simtasi.

Yüklə 18,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin