288
8.BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA SHARTNOMAVIY
MUNOSABATLAR
1-§. Tadbirkorlik shartnomasi tushunchasi, subyektlari va ahamiyati
2-§ Tadbirkorlik shartnomalarini tuzish, o`zgartirish va bekor qilish.
3-§ Tadbirkorlik shartnomalarini bajarish.
4-§. Shartnomaviy munosabatlarning
huquqiy
jihatdan
taminlanishini tashkil etish va nazorat qilish.
5-§ Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov takidlaganidek,
“
Ilgari bir korxonaning ikkinchi korxonaga mahsulot yetkazib berishi,
ularni qaysi hududda joylashganligidan qati nazar markazlashtirilgan
tarzda amalga oshirilar va buning uchun mablag`lar va fondlar ajratilar
edi. Boshqacha qilib aytganda, mahsulot kerakmi yoki kerak emasmi,
unga talab bormi yoki yo`qmi, bundan qati nazar, u butun Ittifoq bo`yicha
mol yetkazib beruvchilar va istemolchilarga taqsimlanib chiqilar edi.
Biriktirilgan istemolchi esa bu mahsulotni olishi va o`z navbatida, o`z
mahsulotini boshqa korxonalarga yetkazib berishi shart edi.
Yani
korxonalar o`rtasidagi tadbirkorlik munosabatlari ajratilgan limitlar,
fondlar, naryadlar va buyurtmalarga asoslangan bo`lib, shartnomalar
tuzilmas, tuzilsa ham ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo`lgan hujjat
sifatida qaralar edi”.
Bozor munosabatlari sharoitida esa shartnomalar–
barcha mulk
shaklidagi korxonalar, shuningdek tadbirkorlar,
hamda boshqaruv
organlari o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o`rnatuvchi asosiy huquqiy
hujjat bo`lib hisoblanadi.
Shu o‘rinda 2001 yil 16 fevralda Vazirlar Mahkamasida bo`lib
o`tgan yig`ilishda I.A. Karimov
– “bozor munosabatlarini shartnoma
majburiyatlarisiz tasavvur qilib bo`lmasligini yodda tutish lozim”- deb
uqtirib o‘tganlar.
Shartnomalarning yetakchilik roli
va iqtisodiy munosabatlarni
o`rnatishning
yangi
tamoyillari
huquqiy
jihatdan
O`zbekiston
Respublikasining
Fuqarolik
kodeksi,
mulkchilik
to‘grisidagi,
289
kooperasiya, ijara, tadbirkorlik, dehqon, fermer, shirkat xo`jaliklari,
aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish,
banklar
va bank faoliyati; chet el investisiyalari va chet ellik
investorlarning kafolatlari, xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risidagi qonunlar va boshqa
qonunlarda belgilab qo`yilgan.
Tadbirkorlik faoliyatida tuziladigan shartnomaviy munosabatlar,
O‘zR FKning ShARTNOMA TO‘GRISIDA UMUMIY QOIDALARni o‘z
ichiga olgan 2 kichik bo‘lim 26,27,28-BOBlardan tashkil topgan 353-
385-moddalar asosida tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: