290
Barcha tadbirkorlar shartnomaviy munosabatlarga kirishadilar, bu
esa ulardan muayyan ishlarni talab qiladi. Jumladan korxonaning o‘zida
shartnomani imzolashdan oldin uning loyihasi tuziladi, kontragent bilan
kelishiladi, tuzatish va qo‘shimchalar kiritiladi, qonunga muvofiqligi
tekshiriladi va h.k.
I.B.
Zokirovning fikricha, shartnomalar erkinligi
tamoyilida quyidagi uchta holatni ajratib kursatish orqali tushunish
mumkin: 1) subyektning shartnoma bo‘yicha o‘z kontragenti, ya’ni
shartnoma bo‘yicha sherigini tanlash erkinligi; 2) shartnoma predmetini,
ya’n aynan qanday holat yuzasidan shartnoma tuzishni tanlash erkinligi;
3) shartnoma shartlarini tanlash erkinligi.
Ushbu uchta holatni amalga oshirishda
subyektga hech qanday
noqonuniy ta’sir o‘tkazmaslik lozim bo‘ladi' A.N. Tanaga esa
shartnomalar erkinligi tamoyiliga quyidagicha ta’rif beradi:
shartnomalar erkinligi - bu qonunda to‘gridan-to‘gri fuqarolik
huquqining boshlangich negizi bo‘lib, u shartnoma munosabatlari
subyektlari uchun shartnoma tuzish erkinligini, tuzilayotgan shartnoma
turini tanlash erkinligini va uning shartlarini belgilash erkinligini
urnatadi.
H.R. Rahmonqulovning fikricha, shartnoma erkinligi taraflarning
shartnoma munosabatlariga kirishishiga doir haqiqiy istaklari va xohish-
irodalari mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Bunday xohish-iroda,
birinchidan, shartnoma tuzishga doir harakatlarda,
ikkinchidan,
shartnoma shartlarini
belgilashga doir harakatlarda,
uchinchidan,
shartnoma majburiyatlarini bajarishga doir harakatlarda namoyon bo‘ladi.
Demak, tadbirkorlik shartnomasi: – bu ikki va undan ortiq
shaxslarning o‘z huquq va erkinliklarini mustaqil tartibda vujudga
keltirishni, ularni o‘zgartirishga va bekor qilishga qaratilgan o‘zaro
kelishuvidir.
Xulosa qilganda tadbirkorlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning
asl maqsadi va moxiyati tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan
ishlar, xizmatlar uchun foyda olish va boshqa
turdagi xarakatlarning
bajarilishini kafolatlaydigan muxim hujjatlardan biri hisoblanadi.