320
Ikki taraflama shartnomani bajarmaslik
oqibatlari - agar ikki
taraflama shartnomada bir taraf o‘zi javobgar bo‘lgan vaziyat tufayli uni
bajarishi mumkin bo‘lmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomadan
voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli etkazilgan zararni
undirib olishga haqli. FK.336-modda.
Ijroning qarzdor va kreditor tomonidan kechiktirib yuborilishi -
ijroni kechiktirib yuborgan qarzdor kechiktirib yuborish tufayli
etkazilgan zarar uchun va kechiktirib yuborish
davrida tasodifan ijroni
bajarish mumkin bo‘lmasligi vujudga kelganligi uchun kreditor oldida
javob beradi.
Agar qarzdor ijroni kechiktirib yuborganligi tufayli kreditor uchun
uning ahamiyati qolmagan bo‘lsa, u ijroni qabul qilishdan bosh tortishi
va zararni to‘lashni talab qilishi mumkin.
Agar kreditor qarzdor tomonidan taklif qilingan lozim darajadagi
ijroni qabul qilishdan bosh tortgan bo‘lsa yoki o‘zi amalga oshirishi kerak
bo‘lgan va amalga oshirilgunicha qarzdor o‘z majburiyatini bajara
olmagan harakatlarni qilgan bo‘lmasa, kreditor
muddatni kechiktirib
yuborgan hisoblanadi. FK.337-modda.
Kreditorning ijroni kechiktirib yuborish oqibatlari,
kreditorning
hartnoma bo‘yicha o‘ziga tegishli narsani qabul qilishni kechiktirib
yuborishi qarzdorga kechiktirib yuborish tufayli etkazilgan zararni
undirib olish huquqini beradi va keyinchalik
majburiyatni ijro etish
mumkin bo‘lmay qolsa, uni javobgarlikdan ozod qiladi, qarzdorning
qasddan ish tutishi yoki qo‘pol ehtiyotsizlik qilish hollari bundan
mustasno. FK.338-modda.
Pul majburiyati bo‘yicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan vaqt
uchun qarzdor foiz to‘lashga majbur emas.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2007 yildagi “Majburiyatlarni
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy
javobgarlik to‘grisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim
masalalari haqida” gi 163-son qarori 17-bandiga qarash tavsiya etiladi.
321
Shuningdek, FKning 339-moddasida, shartnomaviy majburiyatlarni
bajarmagan tarafga ya’ni ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun
kreditorni javobgarlikdan ozod qilish tartib qoidalari belgilangan.
Agar kreditor ijroning kechiktirib yuborilishi qonunga muvofiq
yoki kreditorning topshirigi bilan ijroni qabul qilish vazifasi yuklatilgan
shaxslar qasddan ish tutganligi yoki ehtiyotsizligi tufayli kelib
chiqqanligini
isbotlasa, u ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun
javobgarlikdan ozod qilinadi.
Dostları ilə paylaş: