35. Ozbekiston er resurslari monitoringi kanday amalga oshiriladi?



Yüklə 151,17 Kb.
səhifə1/24
tarix09.06.2023
ölçüsü151,17 Kb.
#127443
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Ekologik monitoringaa


35. Ozbekiston er resurslari monitoringi kanday amalga oshiriladi?
O’zbekistonda meteorologik parametrlar, darѐ oqimlari, atmosfera havzasi, yer usti suvlari va tuproqning ifloslanishining kuzatish, axborotlar yig’ish, ularnii tahlil qilish, tabiatdagi kutilaѐtgan o’zgarishlar bashoratini tayѐrlash va ilmiy jixatdan umumlashtirish ekologik monitoring tarkibi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining analitik nazorat davlat inspektsiyasida Respublika bo’yicha havo muhiti, tuproqlar va ochiq suv havzalari monitoringi yuzasidan yagona tizim tashkil etish bo’yicha ishlar davom ettirilmoqda. Analitik nazorat Davlat inispektsiyasi (ANDI)-ning asosiy faoliyatini, O’zbekiston xududida ifloslovchi manbalar, ular ustidan monitoringni tashkil etish va amalga oshirish, tuproq holati nazorati, ichimlik va oqar suvlar hamda sanoat chiqindilari monitoringi dasturini amalga oshirishga qaratilgan.
Hozirgi ekologik monitoring tuzilmasi ikki tizimdan iborat:
atrof-muhit holati sifatini majmuali baholashni va mumkin
bo’lgan o’zgarishlarni bashoratlash;
tabiiy muhitni ifloslovchi manbalarni hisobga olish.
Respublikamizda ekologik monitoring faoliyatini shakillantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2002 yil 3 apreldagi 111-qarori bilan ―O’zbekiston Respublikasining atrof muhit davlat monitoringi to’g’risida‖ gi Nizom tasdiqlandi. Bunga asosan yagona dastur asosida atrof-muhit monitoringni tashkil etish shuningdek, atroftabiiy resurslaridan foydalanish bo’yicha yillik Milliy ma’ruza tayѐrlash buyurilgan
Mamlakat aholisining qariyb 40% ga yaqini shaharlarda yashashi inobatga olinsa, ko’plab yirik va sanoatlashgan shaharlarning o’ziga xos tabiiy-iqlimiy sharoitga ega bo’lgan tog’ vodiylarida joylashganligini ularda maxsus monitoring tadqiqotlarini talab etadi.

Yüklə 151,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin