35. Ozbekiston er resurslari monitoringi kanday amalga oshiriladi?


Tabiat bilan jamiat urtasidagi o’zaro munosabatlarning keskinlashuvi sabablarini bilasizmi?



Yüklə 151,17 Kb.
səhifə3/24
tarix09.06.2023
ölçüsü151,17 Kb.
#127443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Ekologik monitoringaa

37. Tabiat bilan jamiat urtasidagi o’zaro munosabatlarning keskinlashuvi sabablarini bilasizmi?


Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi va uning ekologik oqibatlari Tabiat bilan jamiyatning o’zaro munosabati murakkab jarayon bo’lib, u zamon va makonda tez o’zgaruvchandir. Insoi tabiat boyliklaridan qancha ko’p foydalansa, tabiat ham unga shuncha «tashvish» keltiradmi Binobarin, tabiat boyliklaridan ehtiyojga yarasha foydalanish va ularning o’rnini muntazam ravishda to’ldirib, tabiatni doimo boyitib borish asosiy yumil bo’lmog’i hamda unga so’zsiz amal qilinmog’i lozim. SHundagina o’zaro munosabat ijobiy tusga ega bo’ladi, tabiat insondan o’z caxovati va mehrini ayamaydi. Insonning tosh acridan to shu vaqtga qadar tabiatga bo’lgan ta’siri acta sekin ortib borgan. Eng qadimgi yudamlar — arxantroplarning— suyak qoldiqlari va tosh qurollari ekvatyurial vatropik miitavqalarda topilgan. Afrikada (Efiopiya) bundan 3 mln. yil avval yasalgan tosh qurollar topilganki, bu hol o’sha vaqtlarda issiq va nam iqlimiy sharoitda (Qadimgi odamlar yashash uchun tabiat bilan dastlabki munosabatda bo’lganliklarini bildiradi, Eng sodda va oddiy tosh qurollardan foydalanila boshlanishi ularning tabiat inom ehsoni mevachevani terib iste’mol qilishdan, yeyish mumkin bo’lgan barcha narsalardan ovqat sifatida foydalanishga o’tishga imkon bergan, Bu hol eng avvalo ovchilikning yuzaga kelishiga olib keldi. Ovchilik qadimgi odamlarni tropik o’rmonlarda ekologik jihatdan tabiatga qaramligini kamaytirdi. Binobarin, qadimgi odamlar Yer yuzida katta hududlarga "tarqalib hayot kechira boshladilar. Bundan 300—400 ming yil avval qadimgi odamlar olovdan muntazam foydalanadigan bo’ldilar. Olovning ixtiro qilinishi va undan foydalanish odamning turli joylarda joylashib, hayot kechirishida yangi bosqichni boshlab berdi. Olov insonning ovqat turlari xilma xilligini ko’paytiribgina qolmay, balki uni tayyorlashta ham imkoniyat yaratdi. Olov yordamida ov qurollari yasash ancha takomillashdi. Bu hol muste davrida ayniqsa keng rivojlandi. Bu vaqtlarda qadimgi odamlarning tabiat bilan bo’lgan munosabatlarida unchalik zararli oqibatlar yuzaga kelmagan, balki turli ov hayvonlarining miqdor jihatidan kamayishi yuz bergan. Bundan 12—15 ming yil burun (mezolit) O’zbekiston hududida ijtimoiy jamoa tuzumida yangi davr boshlandi. Mehnat qurollarining takomillashishida katta yutuqlar yuz berdi: nayzalarni uzoqqa otuvchi moslama ishlab chiqildi, kamon va yoy amalda qo’llanila boshlandi, bu voqea insoniyat tarixida katta yutuqlardan biri edi. o,v qurollarining takomillashishi natijasida tez yuguradigan va uchuvchi qushlarni ov qilishga ham imkon yaratildi. Sopol idishlar ishlab chiqish ham shu davrga to’g’ri keladi. Neolit (yanpi tosh asri) da loydan ishlangan idishlarni olovda kuydirishga o’tildi. Bu qadimgi odam hayotida yangilik edi. Xuddi shu davrdan boshlab sodda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanila boshlangan. SHuningdek, eramizdan avvalgi III minginchi yillarda rudadan mis eritib olinib, umdan turli mehnat qurollari Yasash boshlandi. Dehqonchilikda donli ekinlar ekishga kirishildi, liman usulida (erlarli pol qilib bostirib) sug’orish (Nurota tizmasining shimoliy yon bag’ri etaklarida) boshlandi, uy hayvonlarini boqish va «ko’paytirish bilan (Janubiy Orolbo’yi) shug’ullaniladigan bo’ldi. Bronza metalini quyib, turli xo’jalik qurollari ishlab chiqarilishi natijasida (bu davr bronza davri deb yuritiladi) dehqonchilik va hunarmayadchilikda katta yutuqlarga erishila boshlandi. Metall omochniing qo’llanila boshlanishi dehqonchilikning tez rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Eramizdan avvalgi II minginchi yillarda Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshyun, Qashqadaryo etaklarida taqirlar liman usulida sug’orila boshlandi (Zamonbobo ko’li atrofida, Quyi Zarafshon, Suyargan o’zani, Jonbos qal’a, Quyi Amudaryo va b.). Unchalik uzun bo’lmagan oddiy ariqlar ishga tushirildi. Eramizdan avvalgi I minginchi yillarda tog’li hududlarda temur rudasi eritilib, undan ilk bor temir olina boshlangan. Mis, bryunza, temir va boshqa metallarni quyish avvallari «pista ko’mir» asosida amalga oshirilgan, keyinchalik qo’ng’ir ko’mirdan foydalanishga o’tilgan. Mezolit, neolit, bronza va eramizdan avvalgi II—I miyaginchi yillarda O’zbekiston hududida tabiat bilan. ibtidoiy jamoa o’rtasidagi munosabatlar joylarda umuman kuchsiz va o’rtacha o’zgarishlarga sabab bo’lgan. Albatta, tabiatdagi bu o’zgarishlar to’la tiklanish kobiliyatiga ega edi. Tabiatga, ayrim juda kichik maydonlar (metallar huyilgan joylar) ni hisobga 6 olmasa, unchalik kuchli ta’sir ko’rsatilmagan. O’zgarishlar, ko’proq o’simlik, hayvonot dunyosi, ba’zi joylarda tuproq bilan byug’liq bo’lib, vaqt o’tishi bilan ularning avvalgi tabiiy holati to’liq tiklanib turgan. Umuman olganda, tabiat bilan jamiyat o’rtasida keskin ziddiyatli vaziyatlar sodir bo’lmagan. tabiatda faqat ayrim hududlarda hayvonot dunyosining miqdor jihatidan kamayishi ro’y bergan, ammo bironta ham hayvon turi qadimgi odam tomonidan qirib yuborilmagan. Ayrim turlarning yo’qolishiga esa tabiiy sharoitning keskin o’zgarishi (tog’larda muzlik maydonining bir necha barobar ortib ketishi va iqlimning sovib ketishi) sabab bo’lgan. Eramizdan avvalgi VI—IV asrlarda Quyi Amudaryo, Quyi Sirdaryo, Zarafshon daryosining etaklarida, Farg’ona vodiysining yoyilmalarida katta maydonlarda sug’oriladigan dehqonchilik bilan shug’ullanilgan. Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o’rtalarida Turkiston o’lkasi hududi inirigatsiyasi tarixida yangi bosqich boshlandi: katta ariqlar (janallar) qazilib, ularning bosh qurilma inshootlari yaratildi, daryo deltalarida katta maydonlarda muntazam sug’orishga o’gildi. Ko’pgina hozirgi yirik sug’orish kanallari o’sha vaqtlarda, ya’ni kushoniylar davrida (eramizning I—IV asrlarida) qurilgan yoki (qaytadan tiklangan. Masalan, Toshkent vohasidagi Bo’z suv, Salor, Samarqand vohasida Eski Angor, Tuyatortar, Buxoro vohasida SHohrud, Romitonrud, Xorazm vohasida Qirqqiz, CHermenyob va b. I asrda Zarafshon va Qashqadaryoning quyi qismlaridagi sug’oriladigan yerlarning jami maydoni taxminan 600 ming ga atrofida bo’lgan. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida jami bo’lib, 3,5—3,8 mln. ga yer sug’orilgan. Lekin aslida yerdan foydalanish joeffytsienti yiliga 10—15% dan oshmagan. CHunki o’sha vaqtlarda odamlar hali yerning sho’rlanishi, qum bosishi, botqoqlanish kabi hodisalar bilan kurasha olmaganlar. Yer sho’rlana boshlagandan so’ng uni tashlab, yangi yerni o’zlashtirganlar, u ham yo sho’r, yo qum boyishi, yo botqoqlanishi natijasida tashlanib, yangi yerlarga o’tilgan. SHu tariqa katta maydonlarni sug’orishga erishilgan. Urug’qabila tuzumining inqirozga yuz tutishi va feodal jamiyatning boshlanishida, ayniqsa, VII asrdan e’tiboran Turkiston hududida irrigatsiya va sug’orma dexkonchilik tez sur’atlarda taraqqiy «ila boshlagan va IX—XIII asrlarda ayniqsa keng maydonlarga yoyilgan. Sirdaryo va Amudaryoning quyi oqimlarida muntazam sug’oriladigan yerlarning maydoni 1,4 mln. ga atrofida bo’lgan. Bu hozirgi vaqtda o’sha yerlardagi sug’oriladigan yerlar maydonidan ham ko’p. 1914 yilga kelib jami foydalanishda bo’lgan sug’oriladigan yerlar maydoni O’zbekiston hududidan 1817,5 ming ga ni tashkil etgan. Yuqorida aytilganidek, sug’oriladigan dehqonchilik ibtidoiyjamoa tuzumidan to XX asr boshlariga qadar (1914 yil) Turkiston hududida katta maydonlarda amalga oshiriladi. Biroq bu yerlarning hammasi ham sug’orma dehqonchilikda muntazam foydalanib kelinmagan. Buning asosiy sababi tabiat qonuniyatlarini yaxshi bilmaslik, tabiat komlonentlari orasidagi o’zaro bog’liqliklarvi yaxshi anglamaslik bilan bog’liq bo’lgan. Dehqon va miroblar taqirli yerlar va taqirlarniig. o’ziga xos xususiyatlarini to’liq hisobga olmagan holda sug’organlar. Buning okibatida sug’orilgan yerlarda 2—3 yildan so’ng sho’rlanish, ba’zan botqoqlanish boshlangan, natijada ular partov va tashlandiq yer sifatida foydalanishdan chiqib qola bergan. Hozirda Amudaryoning Oqchadaryo, Sariqamisholdi deltalarldagi yaylovdan iborat sho’rtob taqirli yerlar, taqirlar va sho’rtoblar, kumliklar o’sha hodisalarning guvohi hisoblanadi. Ularda turli asrlarda qurilgan sug’orish kanallarining izlari va hatto sug’orilgan yerlarning o’rinlari yaxshi saqlanib qolgan. CHunonchi, hozirgi quruq Daryoliq, Dovdan, Uzboy, Oqchadaryo o’zanlari atrofidagi, shuningdek, Amudaryoning hozirgi deltasining shar)qiy qismidagi quruq o’zanlar atrofidagi taqirli yerlar va taqirlarning bir vaqtlar sug’yurilganligi yaxshi sezilib turadi. Tog’ etaklari va yonbag’irlari ibtidoiy, keyinchalik feodal jamiyatlarida oziqovqat va yemxashak yig’ish, qurilish uchun yog’och, yoqilg’i uchun o’tin, metall eritish uchun «pista ko’mir» tayyorlash, ovchilik qilish makoni bo’lib xizmat qilgan. Hususan, tog’larning hozirgi manzarasi feodalizm jamiyati davrida shakllangan desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Gap shundaki, Turkiston hududidagi tog’lar bundan oldingi jamiyatlar davrida sezilarli darajada zarar ko’rmagan. Balki urug’qabila tuzumi davrida tog’larning kuyi qismlaridagi daraxtlaryaing qirqilishi, daryo yoqalaridagi to’qayzorlarning ayrim hududlaridagi dovdaraxtlari va butalari 7 zarar ko’rgan bo’lishi mumkin. Turkiston hududida VII asrdan boshlab feodal tuzumning tobora kuchayishi, ayniqsa, IX asrdan e’tiboran kuchli davlatlarning tarkib topishi (somoniylar —IX— X asrlar, qoraxoniylar—XI—XII asrlar, xorazmshohlar—XII—XIII asrlar, keyingi asrlarda temuriylar va b.), yangi shaharlarning bunyod etilishiga, ko’plab qurolaslaha ishlab chiqarishga, mehnat qurollarini tayyorlashga, hunarmandchilikning taraqqiy qilishiga, sug’orma va lalmi dexkonchilikning rivojlanishiga katta miqyosda ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Albatta, o’sha vaktlarda ko’pgina sohalarning asosiy xom ashyosi yog’och bo’lgan, u yokilg’i, qurilish, hunarmandchilik, «pista ko’mir» tayyorlash va boshqa ko’pgina yumushlarda keng foydalanilgan. SHuning uchun bo’lsa kerak G’arbiy Tyanshan tizmalari, Zarafshon, Nurota, Turkiston, Hisor, Oloy va boshqa tog’larning yon bag’irlaridagi o’rmonlar ayni o’sha kezlarda ko’plab kesilgan. Archa daraxtiga hammadan ham ko’p qiran keltirilgan, chunki archa yog’ochiga ishlov berish oson, chirishga juda ham chidamli, bo’yi 10—12 m va undan ham ortiq. Archa ko’proq binokorlikda, ko’prik qurilishida, asov daryolarning qirg’oqlarida yuvilishga qarshi to’siqlar yaratishda, hunarmandchilikda ko’plab ishlatilgan. Samarqand, SHahrisabz, Buxoro, Toshkent, Uratepa, Xo’jand, Qarshi, Farg’ona vodiysi shaharlari, Quyi Amudaryodagi shaharlar va boshqa ko’plab tarixiy ahamiyatla ega bo’lgan o’rta asr shaharlaridagi (deyarli barcha) imarotlarning yog’ochi tog’lardan keltirilgan archadan iborat. Mutahassislarning XIX asr oxirlarida yozgan tassurotlariga ko’ra, Zarafshon daryosida har yili Turkiston va Zarafshon tog’ yon bag’irlaridan Samarqandga qarab 120 tasol oqizilgan, har bir solda 220 ta archa xodasi bo’lgan. Panjikentdan Samarqanddagi qurilishlar uchun har yili 30 ming archa xodasi yuborib turilgan. Agarda Zarafshon daryosi orqali Samarqand, Buxoro shaharlaridagi qurilishlarga XIII—XIX asrlar mobaynida o’rtacha 20—30 ming archa xodasi yuborilganligi e’tiborga olinsa,, Qanchadan qancha daraxtlarning ayovsiz qirqilganligi va tog’ o’rmonlarining asrdan asrga tobora siyraklashib borgani ayon bo’ladi. Daraxtlarning juda ham katta qismi ayniqsa, pista daraxti ko’plab «pista ko’mir» tayyorlash uchun kesib olingan. «Pista ko’mir» tayyorlash uchun boshqa xil daraxtlar ham ko’plab yoqilgan



Yüklə 151,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin