35. Ozbekiston er resurslari monitoringi kanday amalga oshiriladi?


Tabiat bilan jamiat urtasidagi o’zaro munosabatlar keskinlashuvi kanday okibatlarga sabab buldi?



Yüklə 151,17 Kb.
səhifə4/24
tarix09.06.2023
ölçüsü151,17 Kb.
#127443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Ekologik monitoringaa

38. Tabiat bilan jamiat urtasidagi o’zaro munosabatlar keskinlashuvi kanday okibatlarga sabab buldi?


O’zbekiston Res-publikasining Barqaror Rivojla-nish Kontseptsiyasida belgilangan asosiy vazifalari o’z yechimini topmokda. O’zbekiston Respublikasining Barqaror Rivojlanish tamoyillari, avvalo mamlakatning mustaqil davlat sifatida shakllanishi, ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni, xususan, Orol muammosini hal etish, aholining turmush darajasini yaxshilash, mamlakatning dunyo hamjamiyatida tinchliksevar, yadroviy qurollardan xoli, boshqa mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlik va yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini yo’lga qo’yishga intilayotgan davlat sifatidagi mavqeini yana-da oshirishga qaratilgan. Mamlaka-timizning barqaror rivojlanish yo’li va asosiy yo’nalishlari dunyo taraqqiyot jarayoniga uyg’un. SHu boisdan ham, O’zbekiston Respublika-sining Barqaror Rivojlanish Milliy Kontseptsiyasini ta’lim tizimi-dagi islohotlarga uzviy bog’liq holda olib borish va "XXI asr kun tartibi"da qayd etilgan tamoyillar asosida mamlakatimiz Konstitutsi-yasi hamda o’z shart-sharoitlarimizdan kelib chiqib amalga oshirish 14 zarur. Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ilm-ma’rifathar bir jamiyatda tarakqiyotning bosh omili bo’lib kelganini ko’rish mum-kin. Buyuk mutafakkirlar antik davrlardayoq jamiyatning gullab-yashnashi ta’lim bilan bevosita bog’liq ekanini ta’kidlaganlar. Xususan, Konfutsiy bu boradagi qarashlarini shunday ifodalagan: "Kim o’z xalqini bir yil mobaynida to’q va baxtli ko’rishni istasa - bug’doy yetishtirsin, kim o’z xalqini o’n yillar davomida to’q va mamnun ko’rishni istasa - bog’ barpo etsin, kimki o’z xalqini yuz yillar davomida to’q va mamnun ko’rishni istasa - maktablar qursin va odamlarga bilim bersin". Oradan ikki yarim ming yil o’tgan bo’lsada, ushbu purhikmat so’zlar o’z qadr-qimmatini yo’qotgan emas. "XXI asr kun tartibi"ning moddalariga ko’ra, maorif, ilm-fan va madaniyat butun dunyoda tinchlik va taraqqiyotga yetaklaydigan barqaror rivojlanishning poydevoridir. SHu bois, 2002 yili Yoxannesburgda (JAR) bo’lib o’tgan Barqaror rivoj-lanish bo’yicha xalqaro Sammitda (g’L/55y) 1992 yili Rio-de-Janeyroda qabul qilingan "XXI asr kun tartibi"dan kelib chiqadigan masala-larning hal etilishiga katta e’tibor berildi, qizg’in bahs-munozaralar bo’ldi. Umuman olganda, BMT 1985 yildan buyon butun insoniyatga xavf solib kelayotgan global muammolarni birgalikda hal etish va ja-moatchilik e’tiborini jalb etishga qaratilgan turli xalqaro deka-tsalar o’tkazib keladi. SHu tariqa, BMTning Barqaror Rivojlanish bo’yicha ta’lim o’n yil-ligini e’lon qilish masalasi Yo-xannesburgdagi Barqaror Rivojla-nishga bag’ishlangan xalqaro konfe-rentsiyada yuksak siyosiy darajada ko’rib chiqildi. SHundan uch oy o’tib, ko’plab davlatlar ko’magida tayyorlangan "Barqaror rivojlanish yo’lida ta’lim dekadasi" Rezolyutsiyasining dastlabki loyihasi Yaponiya davlati tomonidan BMTning Bosh Assam-bleyasiga takdim etildi hamda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2005 yilning 1 yanvaridan boshlab 2015 yilga qadar Barqaror Rivojlanish maqsadida ta’lim (BRMT) xalqaro dekadasi e’lon qilindi. Barqaror Rivojlanish maqsadida ta’lim dasturining asosiy vazi-fasi biz yashab turgan dunyoni takomillashtirish va o’zgartirishning bosh omili bo’lgan ta’lim tizimiga barqaror rivojlanish g’oyalarini singdirishdan iboratdir. SHu o’rinda Barqaror Rivojlanish maqsadida ta’lim dasturini amalga oshirishda YuNESKOning ahamiyatini alohida ta’kidlab o’tish zarur. Birinchidan, YuNESKO BMTning o’n yilligi g’oyasini yo’nal-tiruvchi va targ’ibot qiluvchi yetakchi gashkilotlardan biri sanaladi. Ik-kinchidan, YuNESKO bosh ijrochi agentlik sifatida barcha mamlakat-lar hukumatlari va aholisi bilan qamkorlikda butun dunyoda Barqaror Rivojlanish maqsadida ta’lim dasturini amalga oshiradi. SHu bois, YuNESKO BMT, turli xalqaro tashkilotlar, davlatlar va hukumatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlar bi-lan maslahatlashgan holda, Barqaror Rivojlanish maqsadida ta’lim bo’yi-cha xalqaro rejalarni amalga oshi-rish uchun muzokaralar olib borish va bir fikrga kelishda katalizator vazifasini o’taydi. Barqaror rivojlanish uchun ta’lim dasturi yagona va dinamik kontseptsiya bo’lib, butun ta’lim tizimini yangicha nazar bilan umumlashtirish, Yer yuzida barqaror istiqbol ne’matlaridan bir-galikda foydalanish uchun dunyo xalqlarini birlashtirishga xizmat qiladi. O’tish davri sharoitlarida O’zbekistonda iqtisodiy sektorlarda sodir bo’layotgan tarkibiy tuzilmalar o’zga-rishlari tabiiy resurslardan foydalanish darajasi-ga va atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasiga so’zsiz ta’sir ko’rsatmokda. Bizning mamlakatimiz mustaqilligi yillarida eko-logikxavfsizlikni ta’minlash bo’yicha muhim tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Ko’rilgan choralar atmosferani ifloslantirish darajasini pasaytirishga. Asosiy suv oqimlari faoliyatini yaxshilash, pestetsidlarni qo’llash-ni kamaytirish, ekin maydonlari tuzilishini yaxshilash. Milliy ekologik muammolarni hal etishga xalqaro tashkilotlarni jalb etishga imkon berdi. Ekologik xavflar va muammolar to’plami ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim strategik yo’nalish-larni aniqlab olishni va ekologikxavflarningoldini olish, yo’qotish, barqarorlashtirish va mahalliylashtirish bo’yicha aniq birinchi navbatdagi tadbirlarni ishlab chiqishni talab etadi. O’zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash muhim strategik yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 15 1.Tabiiy resurslardan, jumladan suv, yer, mineral - xom ashyo, biologik resurslardan oqilona foydalanish. Tabiiy resurslardan foydalanish ekologik mumkin bo’lgan chegaralarini aniqlash asosida ekosistemaning nisbatan barkarorligini saqlab qolishga imkon beruvchi tabiatdan foydalanish jarayonlarini muvofiqligiga erishish zarur. Mana shu maqsadlarda ekologik xavfsizlik va tabiatdan barqaror foydalanish muhim mu-ammolari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar ishlaridagi rivojlanishini, yangi avlod texnologiyalarini, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish texnologiyalarini ishlab chi-qish, tatbiq etish va foydalanishni, atrof-muhit va ta-biatdafzylalanish sifatini rejalashtirish va bosh-qarish iexanizmlarini takomillashtirishni ta’minlash kerak. 3.Respublika aholisini sifatli ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari bilan ta’minlash. Ichimlik suvi yangi, yanada qat’iy sifat standartlarga tayangan sifatli ichimliksuvi bilan respublika aholi-sini to’la ta’minlash bo’yicha ishlarni tezlatash kerak. Oziq-ovqat va dori vositalari sifati bo’yicha doimiy monitoringga asoslangan milliy oziq-ovqat va dorilar xavfsizligini ta’minlovchi mexanizmlarni yaratish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 4. Ekologik toza va resurslarni tejaydigan texno-logiyalarni tatbiq etish.Mamlakat ekologik xavfsizligining muhim strategik yo’nalishi- chiqindilarsiz jamiyatni shakllantirish. Sanoat va maishiy chiqindilarni kompleks zararlantirish. Energiyaning muqobil turlarini olish bo’yicha texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanish (quyosh energiyasi, shamol energiyasi va shu kabilar), yonilg’iga nisbatan zararsiz turlaridan, ayniqsa transportda (benzinni gaz bilan almashtirish, temir yo’llarini elek-trlashtirish va boshqalar) foydalanishni tatbiq etish muhim vazifa hisoblanadi. 5.Barqaror rivojlanish ekologik tajriba hududlarini yaratish. O’zbekiston Respublikasi ekologik xavfsizligi, atrof-muhit sharoitlari xususiyatlarini, xo’jalik faoliyatining o’ziga xosliklari, texnogen ta’sir darajasini hisobga olish bilan mamlakatninghar bir mintaqasida ta’minlanishi zarur. Barqaror rivojlanish ekologik tajriba hududlarini yaratish ekologik inqiroz hududlarida lokal ekologik tizimini, ekologik inqiroz-dan chiqish, mavjud ekologik vaziyatni monitoringi va boshqarish metod va usullarini amaliyotda sinab ko’rishga imkon beradi. Tajriba hududlarida ekologik qonunchiligi mexanizmlari tahlil qilish ishlashlarini o’tkazish mumkin. Uni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi, respublika va mahalliy tizimlarning ekologik xavfsizlik integral tizimida o’zaro aloqalarini tashkil etilishi tekshirildi. 6. Ekologik monitoring, prognoz va axborot bo’yicha yagona tizimini yaratish. Amaldagi monitoring, kuzatish nazorat xizmatlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida ekologik monitoring davlat tizimi tuzildi, uning doi-rasida atrof-muhit holati, tabiiy resurslardan foydalanish, aholi salomatligini tahlil qilish va baholashga kompleks sistemali yondoshish amalga oshiriladi. Ekologik monitoring tizimining samarali ishlashi maqsadida mintaqaviy axborot-taxliliy markazlari va ekologik monitoring hududiy bo’limlari tashkil etili-shi kerak. Ekologik monitoring sohasiga hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarini bajarilishini nazorat qilish uchun ITI, IIB, xalqaro tashkilotlarning mustaqil ekspert guruhlari va mutaxassis-larni faol jalb etish kerak. 7.Respublikahududlarini atrof-muhit transchegara ifloslanishlaridan himoya qilish va nazorat xizmatlarini takomillashtirish. Nazorat xizmatlarini takomillashtirishni va atrof-muhitni transchegara ifloslanishlaridan respublika hududlarini himoya qilish, tabiat ob’ektlari zaxarlanishi, shu jumladan zaharli radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nur tabiiy manbalari tarqalishi, infektsion va boshqa o’ta xavfli kasalliklar tarqalishi, ekologik zararli texnologiyalar va mahsulotlarni olib kirishdan himoyalash bo’yicha birlamchi kompleks choralar ko’rish. 8.Ekologik ofatlar. Favqulodda falokatlar, vaziyatlar va avariyalar oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish. Tabiiy va texnogen xususiyatdagi fa-vqulotda vaziyat sharoitlarida tez harakat qilish ti-zimini takomillashtirish, avariya-qutqaruv xizmatlarini, zamonaviy moddiytexnik vositalar bilan ta’minlash zarur. Tez harakat qilish tizimi O’zbekiston Respublikasi FVV (Favqulodda vaziyatlar vazirligi) doirasidagi monitoring idora tizimlari bilan yaqin axborot aloqalariga tayanishi (avtomatlashtirilgan axbrot-boshqaruv tizimini yaratish, transchegara xavfi va kelib chiqishini hisobga olish bilan O’zbekiston Res-publikasi hududida mumkin bo’lgan 16 ekologik falokat-lar xarita istiqbollarini ishlab chiqish) va me’yoriy-huquqiy baza bilan mustahkamlanishi kerak. 9.Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologikxavfsizlik tizimini shakllantirish. Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik xavfsizlik tizimi birinchi navbatda tabiatdan foydalanish, bioxilma-xillikni saqlash, atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish sohasidagi mintaqaviy hayotiy muhim manfaatlarini, ustunliklari va integratsiya strategiyasini aniqlash asosida globalmintaqaviy ekologikxavflarni oldini olish va hal etish vazifasini bajarishi kerak. Buning uchun eko-logikxavfsizliksohasida Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlikdagi harakatlari jarayonini aniqlashtirish lozim. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi harakatlar milliy resurslarini muvofiqlashtirish, transchegara ekologik muammo kelib chiqishi va xavfini aniqlash, turlarini ajratish imkonini beruvchi yagona axborot-tahliliy tarmog’ini yaratish, ularni uzluksiz monitoringini amalga oshirib borish zarur. 10.Aholining ekologik ta’lim-tarbiya va madaniyat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish. Jami-yatning ekologik madaniyatini oshirish, mutaxassislarni professional tayyorlash maqsadlarida, ekologik kompleks davlat dasturi asosida, umumiy kompleks va uzluksiz ekologik ta’lim-tarbiya tizimi o’rnatiladi. Ommaviy axborot vositalari shu ishda katta ahamiyatga egadir. 11.Ekologik muammolarni hal etishda jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish. Ushbu yo’nalishning maqsadi O’zbekiston Respublikasi ekologik xavfsizligiga ichki va transchegara xavflarni aniqlash, ularni murakkablik hamda dolzarbligi da-rajasi bo’yicha ajratish, samarali amal qilib kelinayotgan hamda mumkin bo’lgan xalqaro tashabbuslar, dasturlar va loyihalarni inventarizatsiya qilish va baho-lashni o’tkazish yo’li bilan "O’zbekiston - jahon hamjamiyati" o’zaro aloqalari samarasini oshirish hisobla-nadi. Ekologik xavfsizlik bo’yicha xalqaro hamkorlik-ning asosiy yo’nalishlari, iqlim o’zgarishining oldini olish, Orol va Orol bo’yi muammosini hal qilish, land-shaftlar cho’lga aylanishi, tabiiy va texnogen xususiyatdagi kataklizmlar, hududlarni transchegara ifloslani-shini oldini olish bo’yicha choralar ishlab chiqish, suv re-surslaridan mintaqaviy foydalanish, infektsion va boshqao’ta xavfli kasalliklar tarqalishi masalalari-ni hal etish hisoblanadi. Mana shu yo’nalishlarni amalga oshirish uchun kerak-li xalqaro tashkilotlarda ishtirok etish, xalqaro (dav-latlararo) shartnomalar, bitimlar, konventsiyalar tu-zishda faol ishtirok etish bilan ta’minlanadi. Inves-titsion oqimlarni maqsadli boshqarish, ularni ekologik xavfsizlik bo’yicha aniq muammolarni hal etishga yo’nal-tirish, respublikaga jahon hamjamiyati ajratadigan mablag’larni tarqalib ketishi va harakatlarni takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bugungi kunda mintaqa mamlakatlari tabiatni mu-hofaza qilish bo’yicha mustaqil me’yorli siyosat ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari, atrof-muhitni mu-hofaza qilish sohasida esa mintaqaviy va dunyo miqyo-sida hamkorlik qilishlari mumkin. Sivilizatsiyaning inson va tabiat o'zaro aloqalari natijasida yliza-ma kelayotgan dunyoviy muammolarini bartaraf etish hozirgi kunda dunyo hamjamiyati oldida turgan asosiy masaladir. 



Yüklə 151,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin