«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 50,88 Kb.
səhifə4/5
tarix22.12.2023
ölçüsü50,88 Kb.
#189115
1   2   3   4   5
yangi-davrda-o-zbekistonda-xotin-qizlar-rolining-rivojlanish-bosqichlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

NATIJA


Rivojlantirish loyihalarining erkaklar, xotin-qizlar, o’smirlar, qariyalar va boshqalarga tabaqalashtirilgan ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar mintaqa aholisi rivojlanishining ijobiy va salbiy omillarini batafsil ko’rib chiqish, tengsizlik manbalarini aniqlash va rivojlanishdagi teng bo’lmagan tarzda ishtirok etishga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish usullarini o’rganish asosiy vazifa etib belgilandi.



2 Central.asia.news. Markaziy Osiyoda xalqaro xotin-qizlar kunining nishonlanishi yangi bosqichda https://central.asia- news.com/uz-Latn/articles/cnmi-ca/features/2019/03/14/feature-01 Xalqaro xotin-qizlar kuni Markaziy Osiyoda inson huquqlariga e’tiborni yangiladi. (so’nggi murojaat:20.05.2020 )
Mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar ushbu vazifalarni samaradorligini belgilashda yuqori natija ko’rsatdi. Inson huquqlari, uning sha’ni, qadr- qimmati, erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar samarasi mintaqa mamlakatlarida turlicha natijalarni ko’rsatdi. Xususan, O’zbekistonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligi jihatidan barcha mehnat resurslarining 48% tashkil etadi.3 2013-yil holatiga ko’ra Markaziy Osiyoda mamlakatlarida siyosiy sohadagi ishtiroki parlamentdagi o’rinlari bo’yicha Tojikiston eng past ko’rsatkich- 14,7% ni tashkil qiladi.4 Qozog’iston- 23%, Qirg’iziston- 23% bilan farqlanadi. Bu ko’rsatkich O’zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tarkibida 22%, Senatda 15% ni ayollar tashkil etadi. Bu ko’rsatkichlar bugungi kunda ijobiy tomonga o’zgarib xususan, O’zbekistonda Qonunchilik palatasida 32%, Senatda 25%ga ko’tarilgan5 . Shunga doir islohotlar natijalari jamiyatda hukm suryotgan farovonlikni ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.


XULOSA


Ushbu ma’lumotlar orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O’zbekiston Respublikasida xotin-qizlar teng huquqliligining kafolatlari, jamiyat hayotidagi o’rni, davlat boshqaruv sohasidagi faoliyatlari, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasbiy salohiyatlarini yanada rivojlantirish, jamiyatdagi barcha sohalar doirasida xotin- qizlar faolligini oshirishga doir bosqichlarni o’rganish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni keltirishimiz mumkin:

  • jamiyatda shakllangan “ayollarga xos kasblar” tushinchasini muomaladan chiqarish yoki uning turlarini kengaytirish, erkin kasb tanlashga imkon yaratish;

  • uy vazifalari, bola tarbiyalash kasbiy faoliyatga to’siq bo’lmasligi uchun masofadan turib ishlash faoliyatini yo’lga qo’yish;

  • nodavlat tashkilotlari bilan keng hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali xotin-qizlarda ijodkorlikni rag’batlantiruvchi loyihalarni ishlab chiqish. Bu orqali o’z qobiliyatlarini yanada rivojlantirish (uy sharoitida), namoyon qilishiga imkon yaratish;

  • huquqiy ta’limda xotin-qizlar savodxonligini oshirish maqsadida loyihalarni yo’lga qo’yish, siyosiy karyera, davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini oshirish, ularga mos ish o’rinlari ustida yangicha yondashuv;




3KUN.UZ. ”Mamlakatning demokratik yangilanishi va modernizatsiyada ayollarning roli: O’zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” konferensiyasi. T.Norboyeva. Toshkent-2018 http://central.asia-news.com-markaziy-osiyo-mamlakatlarida- xotin-qizlar-xalqaro-kuni-nishonlanadi-asia-news.com (so’nggi murojaat-02.02.2020)
4Central.asia-news.com.Xalqaro xotin-qizlar kuni Markaziy Osiyoda inson huquqlariga e’tiborni yangiladi. https://central.asia-news.com/ayollar-huquqlari (so’nggi murojaat-06.03.2020)
5Daryo.uz. Siyosiy sohadagi ayollar mavqeyi. https://daryo.uz/2013/08/19/o’zbekiston-parlamentdagi-ayollar-soni- bo’yicha-mdh-davlatlari-orasida-tortinchi-o’rinni-egalladi (so’nggi murojaat-09.02.2020)

  • oilaviy munosabatlarda xotin-qizlar va erkaklar o’rtasidagi munosabatlarni kelishuv asosida amalga oshirish, erkak va ayol muammoli vaziyatlarda tenglik prinsipini o’zaro hurmat va bir-birini tushinish tarzida amalga oshirish;

  • nasl, farzand tarbiyasi masalalarida tenglikka rioya qilgan holda, ayolning jamiyatdagi o’rnini topishda, kasb-hunar masalalarida qo’llab-quvvatlash;

  • nohaqlikka uchragan, zo’ravonlik qurboniga aylangan xotin-qizlar bilan davlat, jamiyat hamkorligini yanada kuchaytirish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashning tizimli mexanizmini ishlab chiqish kabilardir.




Yüklə 50,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin