«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 50,88 Kb.
səhifə2/5
tarix22.12.2023
ölçüsü50,88 Kb.
#189115
1   2   3   4   5
yangi-davrda-o-zbekistonda-xotin-qizlar-rolining-rivojlanish-bosqichlari

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Ijtimoiylashuv jarayonlarini shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar borki, ular aynan sodir bo’layotgan jarayonlarni qay yo’sinda borishi va istiqboldagi rejalarini belgilab beradi. Bular: mintaqa aholisiga xos xarakter-xususiyatlar bo’lib, tarixan shakllangan etnik qadriyatlar, an’analar hamda din omili ta’sirida vujudga keladi. Yer yuzidagi har bir mintaqada ushbu xususiyatlar mavjud bo’lib, ular bir-birini takrorlamaydi. Xususan, Yevropa qit’asi aholisining dunyoqarashi, mintaliteti sharq mamlakatlaridan tubdan farq qiladi. Bu kabi farqlar mintaqalar kesimida yanada xilma- xillikni kasb etadi. Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida sodir bo’lgan ijtimoiylashuv jarayonlari mintaqa aholisi xususiyatlari, tarixiy jarayonlarni qay tarzda sodir bo’lganligini o’zida aks etib turadi. Mintaqaga xos omillar sirasiga: an’anaviylik, qadriyatlarga sodiqlik, sharqona mintalitet, oila, nikoh, oilaviy munosabatlarni boshqaruvda ustunlik qiluvchi erkakning roli, unga jamiyatdagi asosiy qatlam sifatida qarash kabi xususiyatlar kiradi. Ushbu munosabatlarni yanada sayqallanib, hozirgi qiyofasi shakllangunga qadar sodir bo’lgan jarayonlar, bosqinlar, mustamlakachilik tuzimini ta’siri mavjud. Sovet ittifoqi parchalangach, ungacha shakllanib bo’lgan ijtimoiy tuzum, hayot tarzida katta burilish sodir bo’ldi. Jamiyat ijtimoiy hayotida bir qancha muammolar vujudga keldi. Xotin-qizlar masalasi hamda ularning jamiyatda tutgan o’rni bir qancha munozaralarga sabab bo’ldi. Xususan, muammolar quydagi sohalarda yaqqol namoyon bo’ldi:

  • Siyosiy huquqlar va ulardan foydalanish imkoniyatlari;

  • Alohida shaxs sifatida va oila a’zosi sifatidagi ayollarning yuridik huquqlari;

  • Xotin-qizlarning ta’lim olish va o’qitishning turli shakllaridan, jumladan kasb- hunar ta’limidan foydalanishlari;

  • Mehnat faoliyatlari

Mintaqa xalqlari xususan, O’zbekiston hukumatiga ham tegishli ushbu masalalar davlat siyosatining keyingi yo’nalishini belgilashda asosiy omil bo’ldi. Xususan, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng Respublikada qisqa davr ichida juda ko’p sifat o’zgarishlari sodir bo’ldiki, bular iqtisodda, ijtimoiy jarayonlarda va ayniqsa,
xotin-qizlarning jamiyat va oiladagi mavqeyida o’z ifodasini topdi. O’zbekistondagi yangi siyosiy tizimda shaxs va davlatning o’zaro munosabatlariga ustuvorlik berilib, ular bir-biri bilan huquq va majburiyatlar vositasida chambarchas bog’liq. Ijtimoiy- siyosiy va huquqiy munosabatlarni mutanosiblashtirshning asosiy mexanizmi bu- demokratiya, O’zbekiston hududida istiqomat qilayotgan barcha aholining huquqlarini kafolatlariga qaratilgan. Mamlakatda inson huquqlari jamiyatni demokratlashtirish muammolari ilmiy zehn, xalqning tarixan tarkib topgan an’analari, urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlarini inobatga olgan holda hal etildi. Jamiyat fuqarolik-huquqiy davlat qurish yo’lidan borar ekan, birinchi navbatda inson manfaatlari, jamiyat va shaxs ehtiyojlariga xizmat qilish bosh masala bo’lib qolishiga e’tibor qaratildi. Xususan, 1999-yil 14-apreldagi 760-I-sonli “Xotin-qizlarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi Qonuni1, 2003 yil 29-avgust “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risidagi” Qonunning 22-moddasi, shuningdek, 1995-yil 2-mart PF-1084-sonli “O’zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlar rolini oshirish choralari to’g’risida” Prezident Farmoni, 2010-yil 30-sentabrdagi PF- 4245-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” hamda 2004- yil 25-may PF-3434-sonli “O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab- quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” farmonlarida xotin-qizlar huquqlarining ta’minlanishi, ularning jamiyat siyosiy va madaniy qatlamidagi ishtiroki, ayollar huquqlari kamsitilishiga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar mustaqilligimizning ilk yillaridanoq o’z samarasini ko’rsatdi. Bu islohotlar so’nggi yillarda O’zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning jamiyatdagi mavqeyini oshirish, oilani mustahkamlash borasida bir qator muhim qarorlar: 2018- yil 2-fevral PF- 5325-son “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”, 2004- yil 25-may PF- 3434-sonli “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlat to’g’risida”gi Farmon va boshqa normativ- huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi bilan diqqatga sazovordir. Yurtimizda olib borilayotgan bu kabi islohotlar xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lgan oilani mustahkamlash, ayniqsa, nikohning barqaror bo’lishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, farzand tarbiyasida ota-onaning huquq va majburiyatlari nafaqat O’zbekiston Respublikasi balki, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari siyosatining o’ziga xos jihati sifatida qaraladi. Mustaqillikdan keyingi islohotlar natijasi o’laroq, O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo’lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining



1Lex.uz. O’zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi qonun https://lex.uz/docs/-10550. (So’nggi murojaat-08.04.2020)
barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konvensiya” (The Convention on the Elimination of all Forms of Discrimination Against Women) ga qo’shildi.



Yüklə 50,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin