«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 50,88 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü50,88 Kb.
#189115
  1   2   3   4   5
yangi-davrda-o-zbekistonda-xotin-qizlar-rolining-rivojlanish-bosqichlari



«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

www.scientificprogress.uz


YANGI DAVRDA O’ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR ROLINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI




Gavharoy Shavkatovna Latipova
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti


ANNOTATSIYA


Maqolaning mazmuni Markaziy Osiyo, xususan O’zbekistonda xotin-qizlar hayoti, tarixiy taraqqiyoti, huquqiy vakolatlari kengayishi, ularning jamiyat hayotida tutgan o’rni, globallashuv jarayonlariga ta’siri bilan bog’liq jarayonlar tahlilidan iborat. Shu o’rinda, O’zbekistonda xotin-qizlarni huquqlari va ularni qo’llab-quvvatlashga doir mexanizmlar, tarixiy rivojlanish jarayonlari, ularga berilayotgan imkoniyatlar va qiynayotgan masalalar hamda qator takliflar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar: Etnik qadriyatlar, oila, farzand tarbiyasi, din omili, sharqona mintalitet, nikoh, gender tengligi


STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ROLE OF WOMEN IN UZBEKISTAN IN THE NEW AGE




Gavharoy Shavkatovna Latipova
Master of Tashkent State University of Oriental Studies


ABSTRACT


The content of the article is an analysis of the processes related to the life of women in Central Asia, especially in Uzbekistan, their historical development, the expansion of legal powers, their role in society, their impact on globalization. In this regard, the mechanisms for women's rights and support in Uzbekistan, the historical development processes, opportunities and challenges for them, as well as a number of proposals are presented.
Keywords: Ethnic values, family, child rearing, religion, oriental mentality, marriage, gender equality


KIRISH


Kundalik hayotimizda ko’p iste’mol qilinadigan tushuncha borki, bu inson huquq va manfaatlari, ularni himoya qilish mexanizmlaridir. Bular o’z ichida tarmoqlarga bo’linib, jinslar o’rtasidagi munosabatlarda me’yoriy muvozanatni saqlaydi. Kishilik jamiyati ijtimoiy jarayonlar ta’sirida rivojlanib kelmoqda. Jamiyatdagi barqaror munosabatlarni saqlab turish uchun davlat tomonidan o’rnatilgan qonun-qoidalar

amalda o’z tasdig’ini topishi zarur. Jinslar o’rtasidagi farqlarning tashkil topishi ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog’liq ekan, bu individ tomonidan jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida faoliyat yuritish imkonini beruvchi bilim, me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirish jarayonlarni vujudga keltiradi. Ijtimoiylashtirishning asosiy institutlari sirasiga oila, maktab, tengdoshlar guruhi, atrofdagilar, jumladan qo’shnichilik munosabatlari, ota-ona, do’stlar va boshqalar kiradi. Umuman olganda, tegishli madaniy-me’yoriy andozalarni o’zlashtirish, qabul qilish va ifodalash jarayoni sodir bo’ladigan muhitdir.



Yüklə 50,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin