Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi


Tengdoshlari bilan birgalikda guruhlarga ajralish



Yüklə 459,2 Kb.
səhifə36/45
tarix16.04.2023
ölçüsü459,2 Kb.
#98885
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
1. Tengdoshlari bilan birgalikda guruhlarga ajralish. Vaqt o‘tgan sari o‘zlariga zarar bo‘luvchi mojaro va sarguzashtlarga o‘ralashib qolishlari. Achinarlisi, bekorchi o‘smirlar bo‘sh qolib, kayfiyatni ko‘tarish uchun spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi. O‘smirlar ba’zilari qiziquvchanlikdan «kattalardek bo‘lish», boshqalari esa qolganlaridan qolib ketmasligi uchun ham ichishga ro‘ju qo‘yadilar. Ular nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlar ham bo‘ladilar.
2. Imitatsiya (o‘xshatish) bu doimo kimgadir taqlid qilishdir. Bunday o‘smirlar o‘z tengdoshlari yoxud kattalarning xatti-harakatini takrorlaydilar. Atrofdagilardan birortasi spirtli ichimlik, giyohvand modda iste’mol qilsa, unga taqlid qiluvchilar ko‘payadi. Ko‘pgina o‘smirlar o‘ziga “namuna” qilib kino qahramonini, aktyorlar, sozandalarni tanlaydilar va ularga taqlid qiladilar. Agarda taqlid qilinayotgan qahramon salbiy qahramon bo‘lsa, unda ota-ona va pedagoglar turli noxushliklarga tayyor turishlari darkor. Ayniqsa, “namuna” uchun tanlangan inson real shaxs bo‘lsayu, u ichkilikboz, giyohvand, jinoyatchi bo‘lsa, undan juda katta kulfatlarni kutish mumkin, chunonchi, ko‘pgina giyohvandlar, katta pul kerakligidan turli jinoyatlarga o‘ralashib qolishadi.
3. Inkor reaksiyasi(qarama-qarshi tuyg‘u). O‘smirlar uchun xos bo‘lgan tuyg‘u. Xulqning qaramaqarshi xususiyatlari yaqinlarining dilsiyohligi, shaxsiyatni xafa qilishi, talablarning bajarilishida namoyon bo‘ladi. Qaramaqarshi ruhdagi harakatlar ko‘pincha ota-ona, kattalarga qaratilgan bo‘ladi. Oilada muammoli vaziyat yuzaga kelganda, bolaning ichki va tashqi “meni” kichik yoki bo‘rttirilgan huquqbuzarliklar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday isyonkorlik ruhidagi harakatlarga ota-onalarning bolaga nisbatan loqaydligi, shaxs sifatida uni hurmat qilmasligi, qiziqishlariga to‘sqinlik qilishi sabab bo‘ladi. Ota-onaning bolasiga qo‘ygan o‘ta yuqori talablari, uni “vunderkind” – o‘ta yuqori cho‘qqilarni egallovchi shaxs qilishdek orzulari ham sababi bo‘ladi. Dushmanlik hissini berkitib, o‘smir kattalarga bo‘lgan norozilik, xafaligini, undan ruhan begonasirashini namoyon qiladi. U o‘ziga do‘stlarni tashqaridan izlay boshlaydi va ko‘pincha ichuvchi, chekuvchi to‘daga kirib qoladi.

Yüklə 459,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin