Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi



Yüklə 459,2 Kb.
səhifə32/45
tarix16.04.2023
ölçüsü459,2 Kb.
#98885
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Е.М. Рузаева. Соотношение понятия «инвалид» в российском и международном праве. //Юридические науки. 2009 г. –242 с.

  • Bekmurodov M. Oliy ma`lumotli ijtimoiy xodimlarni tayyorlashda ta`lim muassasalarining roli.T.:2008 y.

  • Xusanova X. O’zbekistonda aholini ijtimoiy muhofazalashda o’zini-o’zi boshqarish organlarini o’rni. 2008 y.

  • Kim L. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida kadrlar masalalarini hal qilish yo’lida.T.2008 y.

  • G’aniyeva M.X. Ijtimoiy ish asoslari.T.: 2010 y.

  • Normurodov B. Sotsiologiya tarixi. T.:2010 y.

  • Tadjieva S. Bolalarni patranat oilalarga berishning xorij tajribasi.T.:2010 y.



    9-MAVZU KEKSA KISHILARGA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH (4 soat)
    9.1. Aholining keksayish muammolari.
    9.2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining keksa kishilarga munosabat prinsiplari.
    9.3. Keksalar bilan ijtimoiy ish.
    Aholining keksayish muammosi. (populationageing)
    Keksalik inson umrining eng so’nggi bosqichi hisoblanib, u kishida
    namoyon bo’lgach, surunkali kasalliklarga tez-tez yo’liqadigan aholi guruhini
    tashkil etadi. Chunki, inson organizmining jismonan qarishi oqibatida kishining
    tashqi o’zgarishlar va noqulay holatlarga moslashishi susayadi va tez-tez
    kasalliklarga chalinadigan bo’lib qoladi. Keksa kishi mehnatga layoqatsiz va
    o’zgalar yordamiga muhtoj bo’ladi.
    Inson organizmida ro’y beradigan o’zgarishlar: jismoniy quvvatning
    zaiflashuvi, ish qobiliyatining susayishi, tashqi ta’sirlarga moslashish va javob
    reaksiyalarining sekinlashuvi va boshqalar 55-60 yosh chegarasidan yuzaga
    chiqadi. Demak, keksalik davrining boshlanishiga shartli ravishda mehnatga
    layoqatli yoshdan katta bo’lgan aholi – 55 va undan yuqori yoshdagi ayollar, 60 va
    undan yuqori yoshdagi erkaklarni qariyalar guruhiga kiritish mumkin.So’nggi yillarda inson umrining keksalik davrini tasniflash bo’yicha xilma-xil
    yondoshuvlar paydo bo’ldi. Masalan, gerontologlar tasnifiga ko’ra, 60-74
    yoshdagilar – qariyalar, 75-84 yoshdagilar – keksalar, 85 va undan yuqori
    yoshdagilar – juda keksalardir, Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti
    tasnificha, 60-74 yoshdagilar – qariyalar, 75-89 yoshdagilar – keksalar, 90 va
    undan yuqori yoshdagilar – uzoq umr ko’ruvchilar, deb hisoblanadi.
    Bu mezonlarni dunyodagi barcha mamlakatlar aholisi uchun tadbiq etib
    bo’lmaydi. Chunki, har bir davlatdagi tug’ilganda kutilayotgan hayot davomiyligi
    har xildir. Masalan, dunyoda o’rtacha umr davomiyligi 67 yil bo’lsa, Mozambikda
    – 40 yil, Afg’onistonda – 43 yil, Zambiyada – 35 yil, O’zbekistonda – 71,8 yil,
    Norvegiyada – 80 yil, Yaponiyada – 82 yildan iboratdir12. O’zbekistonda o’rtacha
    umr davomiyligi ko’rsatkichining nisbatan yuqoriligini hisobga olgan holda,
    qarilik davrini uch bosqichga ajratish mumkin (1.1 -jadval).

    Yüklə 459,2 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin