Mavzu: Keksayishning ahamiyatli jihati biopsixo ijtimoiy jarayon sifatida Reja



Yüklə 79,31 Kb.
səhifə1/2
tarix19.05.2023
ölçüsü79,31 Kb.
#118091
  1   2
Sapaev Umid2


MAVZU: Keksayishning ahamiyatli jihati biopsixo ijtimoiy jarayon sifatida
Reja:
1. Aholining keksayish muammolari.
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining keksa kishilarga munosabat prinsiplari.
3. Keksalar bilan ijtimoiy ish.
Aholining keksayish muammosi. (populationageing)
Keksalik inson umrining eng so’nggi bosqichi hisoblanib, u kishida
namoyon bo’lgach, surunkali kasalliklarga tez-tez yo’liqadigan aholi guruhini tashkil etadi. Chunki, inson organizmining jismonan qarishi oqibatida kishining tashqi o’zgarishlar va noqulay holatlarga moslashishi susayadi va tez-tez kasalliklarga chalinadigan bo’lib qoladi. Keksa kishi mehnatga layoqatsiz va o’zgalar yordamiga muhtoj bo’ladi.
Inson organizmida ro’y beradigan o’zgarishlar: jismoniy quvvatning
zaiflashuvi, ish qobiliyatining susayishi, tashqi ta’sirlarga moslashish va javob reaksiyalarining sekinlashuvi va boshqalar 55-60 yosh chegarasidan yuzaga chiqadi. Demak, keksalik davrining boshlanishiga shartli ravishda mehnatga layoqatli yoshdan katta bo’lgan aholi – 55 va undan yuqori yoshdagi ayollar, 60 va undan yuqori yoshdagi erkaklarni qariyalar guruhiga kiritish mumkin.So’nggi yillarda inson umrining keksalik davrini tasniflash bo’yicha xilma-xil yondoshuvlar paydo bo’ldi. Masalan, gerontologlar tasnifiga ko’ra, 60-74 yoshdagilar – qariyalar, 75-84 yoshdagilar – keksalar, 85 va undan yuqori yoshdagilar – juda keksalardir, Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tasnificha, 60-74 yoshdagilar – qariyalar, 75-89 yoshdagilar – keksalar, 90 va
undan yuqori yoshdagilar – uzoq umr ko’ruvchilar, deb hisoblanadi.
Bu mezonlarni dunyodagi barcha mamlakatlar aholisi uchun tadbiq etib
bo’lmaydi. Chunki, har bir davlatdagi tug’ilganda kutilayotgan hayot davomiyligi har xildir. Masalan, dunyoda o’rtacha umr davomiyligi 67 yil bo’lsa, Mozambikda – 40 yil, Afg’onistonda – 43 yil, Zambiyada – 35 yil, O’zbekistonda – 71,8 yil, Norvegiyada – 80 yil, Yaponiyada – 82 yildan iboratdir12. O’zbekistonda o’rtacha umr davomiyligi ko’rsatkichining nisbatan yuqoriligini hisobga olgan holda, qarilik davrini uch bosqichga ajratish mumkin (1.1 -jadval).

Yüklə 79,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin