Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 280,55 Kb.
səhifə8/22
tarix29.06.2023
ölçüsü280,55 Kb.
#135544
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta

Maqsadi: 1. Nomlari bir xil bo‘lgan ikkita buyumni bir- biriga taqqoslashga, buyumlarni taqqoslash jarayonida ulaming eng muhim belgilarini aytishga o’lgatish; kuzatuvchanligini rivojlantirish.
2. Buyumlarning detallari va qismlarning nomlarini bildiruvchi otlar, rangi va shaklini belgilovchi sifatlar, ravish va qo'shimchalar hisobiga bolalarning lug‘atini boyitish. Buyumlarning sifatlarini va eng xarakterli tomonlarini bildiruvchi so‘zlardan aniq foydalanishga o‘rgatish.
O‘yin uchun inaterial. Bir-birlaridan bir nechta belgilari va detallari bilan farq qiluvchi buyumlarni tasvirlovchi suratlar jufti:

  1. rangi, kattaligi, shakli, teshiklari soni bilan farq qiluvchi 2 ta tugmacha;

  2. rangi, shakli va chizilgan rasmi bilan farq qiluvchi 2 ta likopcha (tarelka);

  3. gavdasining shakli, uzunligi qano’lining, demining rangi bilan bir-biridan farq qiluvchi ikkita baliq;

  4. yo‘l-yo‘l va katakli, yenglari uzun va qisqa, bittasidagi cho‘ntak bitta va yuqori qismiga, ikkinchisining cho‘ntagi ikkita va pastki qismiga o‘rnatilgan 2 ta ko‘ylak;

  5. andazasi va tikilgan gullari bilan farq qiluvchi 2 ta fartuk;

  6. shakli va rangi bilan farq qiluvchi 2 ta chelakcha va boshqa buyumlar: ip kalavalari, sharflar, tuflilar, qayiqlar, yengil mashinalar va hokazo.

O‘yin mashqining borishi. Tarbiyachi bolalar oldiga 2-3 juft buyumlar tasviri tushirilgan suratlami qo‘yib chiqadi va shunday tushuntiradi: ‘‘Har bir juft suratda bir xil nomdagi buyumlar tasvirlangan: ko‘ylaklar, baliq, fartuklar va boshqalar. Ammo bu buyumlar bir-biridan nimasi bilandir farq qiladi. Hozir shular haqida gaplashamiz. Bitta buyum haqida men gapirib beraman, xuddi shunday ikkinchi buyum haqida men kimni chaqirsam, shu bola gapirib beradi. Buyumlar haqida navbatma- navbat shunday gapirib beramiz. Agar men o‘zimdagi buyumning rangini aytsam, siz ham oldingizdagi buyumning rangini aytasiz, agarda men buyumning qanday shaklda ekanligini aytsam, siz ham buyumingizning shaklini aniqlab aytishingiz kerak”. Bir bolani chaqirib, unga ko‘ylak haqida gapirib berishni taklif etadi.
Tarbiyachi. Mening qo‘limdagi suratda ko‘ylak tasvirlangan.
Bo1a. Mendagi suratda ham ko‘ylak tasvirlangan.
Tarbiyachi, Mendagi ko’ylakning yenglai uzun.U qish, kuz fasllari uchun mo‘ljallangan.
Bo1a. Mendagi ko'ylakning yenglari katta, bahor va yoz fasllari uchun moljallangan.
Tarbiyachi. Mendagi ko‘ylak katak-katak matodan.
Bo1a . Meniki yo‘l-yo‘l.
Tarbiyachi. Ko‘ylakning bitta cho‘ntagi bor, u ko‘krakning chap tomoniga o‘rnatilgan va h.k.
O‘yindan o‘rta guruh bolalarni hikoya qilishga o‘rgatishda, bola bilan yakkama-yakka ishlashda ham foydalaniladi.
Tarbiyachi boshqa bir bolaga birgalikda baliq haqida gapirib berishni taklif etadi.
Tarbiyachi. Mening balig‘im qizil rangda.
B o 1 a . Mening balig‘im ko‘k rangda.
Tarbiyachi. Mening balig‘imning dumi uzun.
B o 1 a . Mening balig‘imning dumi kalta.
Shu tariqa boshqa buyumlar ham taqqoslanadi. Yuqorida bayon etilgan ta’limiy o‘yinlardan tashqari bolalar lug‘atini faollashtirishga yordam beruvchi buyum yoki suratlar bilan tashkil etiladigan juda ko‘p o‘yinlar mavjud. Masalan, “Nima bir xil, nima har xil?”, “Kimga nima kerak?”, “Do‘konda”, “Sayohat” va hokazo. Ta’limiy o‘yinlardan tashqari ko‘rgazmali qurolsiz o‘tkaziladigan so‘zli mashq va o‘yinlar o‘tkaziladi. So‘zli o'yin mashqlarining maqsadi boshlovchining (o‘yinni olib boruvchining) javobiga tez va aniq so‘z topib aytishdir. Bu mashq va o‘yin katta guruhlarda o‘tkaziladi. Mashqlar qisqa muddatli (5 - 10 daqiqali) bo‘lib, nutq o‘stirish mashg‘ulotining bir qismi sifatida rejalashtiriladi. Dastlabki mashg‘ulotda o‘yin sekinlashgan sur’atda o‘tkaziladi, chunki tarbiyachi bolalar javobini tez-tez to‘g‘irlashiga to‘g‘ri keladi, kerakli so‘zlarni aytib beradi, tushuntiradi.
Keyinchalik bu mashq o‘yin shaklini oladi, bunda endi o‘yinchilar xato qilganlari uchun o'yindan chetlashtiriladi, aksincha, yaxshi javoblari uchun rag'batlantiriladi. Bunday o‘yinlarda o‘yin boshlovchi koptok yoki ro‘molchadan foydalanib, o‘yin ishtirokchilaridan biriga javob berish uchun uni o’ladi. O‘yin boshlovchi rolini avval tarbiyachi bajaradi, o‘yin

Yüklə 280,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin