Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi


I-BOB MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARDA O‘YINNING ROLI



Yüklə 280,55 Kb.
səhifə4/22
tarix29.06.2023
ölçüsü280,55 Kb.
#135544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta

I-BOB MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARDA O‘YINNING ROLI.
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug'at ishini olib
borishning nazariy asoslari

Tevarak-atrof bilan tanishtirishning ahamiyati, bolalar tomonidan lug‘atni o'zlashtirish xususiyatlari. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug‘at ustida ishlash maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayo’lga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so‘z boyliklari juda tez o'sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayo’l hodisalari) tanishtirar, ulaming bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to'plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o‘zini qurshab turgan olamni bilishga bo‘lgan qiziqishini o‘stiradi.
Bola nutqining taraqqiyo’li uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayo’l hodisalarini kuzatishiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan bizga ma’lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari mavzusida bayon etilgan fikrlar), yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yig‘lash orqali tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, biror joyning og‘rishi yoki issiqlash va hokazolarga) javob beradi. Bola 2-3 oylik bo‘lganda katta kishilarning gaplariga, tevarak-atrofdagi g‘ala-g‘ovurlarga diqqat bilan quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi.
Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan bola nutqining xarakterli belgisi shundaki, bola aytadigan so‘zlar miqdori juda kam bo‘ladi, ya’ni uning faol lug‘ati juda tez o‘sib boradi. Bu yoshda bola lug‘atining boyib borishi tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi. Bola o‘ziga aytilgan so‘zlarni yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi. Uning sust lug‘ati o‘sib boradi, o‘zi yaxshi gapirmaydi, ammo boshqalarning so‘zini ko‘proq eshitib, eshitgan so‘z va jumlalarni o‘ziga singdirib boradi va shuning zamirida keyinchalik o‘z nutqini yuzaga keltiradi va boyitib boradi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan pedagog-tarbiyachi bolalar idrok qiladigan nutq, so‘z va gaplarning mumkin qadar boy, rang- barang va to‘g‘ri bo‘lishiga harakat qilishi kerakki, bu ularda og‘zaki-mantiqiy fikrlash qobiliyatining paydo bo‘lishiga ta’sir etishi lozim. Bolada og'zaki-mantiqiy fikrning paydo bolishi esa ularning elementar tushunchalarni (balandlik, yaxshi, yomon va hokazolar) o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi.
Bola bir yoshga to‘lganda faol lug‘ati tez o‘sadi. Bola aytadigan so‘zlarning miqdori birdaniga ortib ketadi. Bolaning kattalar nutqiga taqlid qilishi yangi so‘zlarni bilib olishida katta ahamiyat kasb etadi. Endi u kattalarning so‘zlariga ongli ravishda, uning ma’nosiga tushunib taqlid qila boshlaydi. Ikki yoshga kirganda uning nutqi ma’noli bo‘la boshlaydi. Narsalarni o‘z nomi bilan atay boshlaydi. Chunonchi, vov-vov-kuchuk, miyov-miyov- mushuk, chiq-chiq- soat va hokazolar. Endi bola «Bu nima?, Nomi nima?» degan savollar bera boshlaydi. Bu savollar uning o‘ta sinchkovligi, miyasida narsa bilan uning nomi (ya’ni so‘z) o'rtasida yangi bog‘lanishlar paydo bo'lganligidan dalolatdir.
Dastlabki paytda bola narsalarni bildiruvchi so‘zlarni ko‘proq ishlatsa, keyinchalik ish-harakatning nomini bildiruvchi so‘zlarni ham ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to‘lgan bolaning so‘z boyligi 250-300 taga yetadi. Uch yoshga qadam qo‘yishi bilan uning lug‘atida fazoviy munosabatlarni bildiruvchi orqada, yuqorida, pastda, yonda kabi ba’zi so‘zlar paydo bo‘la boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-atrofidagi kishilaming nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo'ladi, ularning aytib bergan hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi so‘zlami o‘zlashtirib boradi. Kattalarga: Buning nomi nima? Nima uchun? Nega shunday? Qayerda? Qayerga ketdi? Qayerdan kelgan? Nimadan yasalgan? kabi savollarni beradi. Shular asosida uch yoshga to‘lgan bolaning lug‘at boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, olti yashar bolaning so‘z miqdori 3-3,5 ming’lagacha yetadi. Demak, bog‘cha yoshidagi davrda uning so‘z boyligi juda tez ortadi. Bog‘cha yoshida bolaning nutqi miqdor jihatidangina yangi so‘zlar hisobiga boyib qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan, yasli yoshidagi bolalar juda kam so‘z boyligiga ega bo‘lib, ayrim tovushlarni (r-1, sh-s, j-z kabi) yaxshi farqlay olmaydilar. Bog'cha yoshidagi bolalar esa bunday tovushlarning ko‘pchiligini aniq va ravshan talaffuz eta oladilar, so‘zlarni gaplar tarkibida to‘g‘ri qo‘llab, to‘g‘ri jumlalar tuza oladilar. Ammo bog‘cha yoshidagi bolalaming hammasida ham so‘z boyliklari miqdor jihatidan bir xil bo‘lmaydi. So‘z to‘plamining bir xil miqdorda bo‘lishi bola tarbiyalanayo’lgan oila sharoitiga, oila a’zolarining madaniy saviyasiga, tashqi muhit ta'siriga bog‘liqdir.
Ba’zi oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus shug‘ullanadilar, ya’ni ularga yangi-yangi buyumlarni ko‘rsatadilar, ularning nomlarini aytadilar, u bilan turli ish- harakatlarni bajarib ko‘rsatadilar, bolaning sanoqsiz savollariga erinmay javob beradilar, o‘zlari bilan ko‘chaga aylangani olib chiqadilar, tevarak-atrof, muhit bilan tanishtiradilar. Kitobdagi illustratsiyalar yuzasidan suhbatlashadilar, kichik-kichik she’rlar, hikoya va ertaklar o‘qib beradilar va hokazo. Bunday sharoitda tarbiyalanayo’lgan bolalar lug‘ati talab etilgan so‘z miqdoriga ega bo‘ladi. Ular kelgusi faoliyatga (maktab va undan keyingi faoliyatga) tayyor bo‘lishadi, ya’ni yetarli so‘z miqdoriga, nutqning sifat jihatdan takomillashgan darajasiga ega bo‘lishadi. Ba’zi oilalarda esa bola nutqining o‘sishiga e’tibor berilmaydi. Ana shuning natijasida bog'cha yoshidagi bolalar so‘z boyligi o‘rtasida sezilarli farq ko‘zgayaqqol tashlanadi.


Yüklə 280,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin