Kalendar va uning tarixi



Yüklə 132 Kb.
səhifə1/5
tarix22.06.2023
ölçüsü132 Kb.
#134081
  1   2   3   4   5
Замонавий календар


Reja:

  1. Kalendar va uning tarixi

  2. Kalendar turlari

  3. Shamsiy kalendarlar

  4. Qamariy va qamariy – shamsiy kalendarlar

  5. Musulmon va Grigoriy kalendarlari sanalarining mos tushishi

Bizni о`rab turgan dunyo doimo harakatda, rivojlanishda. Unda xech narsa abadiy va о`zgarmas emas, hammasi harakatlanadi va о`zgaradi. Barcha о`zgarishlar ma`lum vaqtda rо`y beradi. vaqtning muxim xususiyati uning ortga qaytmasligidadir. Insoniyat jamiyatining butun hayoti vaqt bilan bog`liqdir. Tabiat qonunlari asosida kun va tun, yil vaqtlari doimiy almashinib turadi. Oyning Yer atrofidagi harakatida, shuningdek, Yerning Quyosh atrofidagi harakatida sodir bо`ladi. Bu xodisalar vaqtning ma`lum о`lchov birliklari – sutka, oy va yil, turli kalendarlar tizimiga asos soldi.


Kalendar bizning doimiy yordamchimizdir. Unga hammamiz deyarli har kuni va har qadamda murojaat qilamiz. Albatta, insoniyat tarixida kalendar bо`lmagan davrlar ham bо`lgan. Ammo endilikda hayotimizni kalendarsiz tasavvur etishimiz qiyin. U bizga kunlar hisobini olib borishga yordamlashadi; hafta, oy va yil boshidan beri qancha vaqt о`tganligini yoki ularning oxirigacha yana qancha vaqt qolganligini ma`lum qilib beradi. Shuningdek, u quyoshning chiqishh va botish vaqtlarini hamda oy fazalarini ham kо`rsatib turadi.
Kalendarda muxim sanalar, dam olish kunlari aloxida ranglar bilan belgilanadi. Yil, oy va kunlar fuqarolarning shaxsiy hamda davlat xujjatlarida qayd etiladi.
Kun davomida vaqtni bir necha bor esga olamiz. Uni bizga gazeta, radio va televizor ham eslatib turadi. Kalendar bizning kundalik hayotimizda eng zarur, eng muxim narsalardan, eng yaqin yordamchilarimizdan biri hisoblanadi. Kalendarlarsiz har qadamda turli qiyinchiliklarga duch kelishimiz tabiiy.
Kalendarsiz har qanday davlatda ulkan va murakkab xо`jalikni boshqarish mumkin emas, albatta. Kalendarning yordamiga suyanmay turib mamlakatdagi va turli о`kuv yurtlaridagi о`kuv mashgulotlari jadvalini, temir yо`llaridagi poyezdlarning, dengizdagi va oqeanlardagi kemalarning hamda samolyotlarning katnash grafigi tuziladi. Kalendar asosida gazetalar, kitob va jurnallar chop etiladi. Qishloq xо`jalik ekinlari eqish ham bevosita kalendar asosida amalga oshiriladi.
Kalendar turli davlatlar, mamlakatlar va Xalqlar о`rtasidagi munosabatlarda ham katta rol о`ynaydi.
Bu kalendarlarning hammasi bitta tartib qoidaga asoslanadi. Yil grigorian kalendari bо`yicha qishning о`rtasida 1 yanvarda, Hijriy kalendar amal qilayotgan islom diniga e`tikod qilinadigan mamlakatlarda 21 martdan boshlanib, 365 kun 6 soatdan iborat bо`ladi. Har tо`rt yilning tо`rtinchi yili, ya`ni soni tо`rtga bо`linadigan yil kо`shimcha 366 kunga ega bо`ladi va bu yil kabisa yili deb ataladi. (Kabisa sо`zi haqida boshqa mavzuda ma`lumot beramiz). Oddiy va kabisa yillarining almashish tartibi doimo bir xil. Lekin asriy yillar bu qoidadan mustasnodir. Ular uchun maxsus tartib о`rnatilgan. 2100, 2200 hamda 2300 yillar hisobda tashlab о`tiladi va ular oddiy yil hisoblanadi. 2000 va 2400 yillar esa kabisa yillari bо`ladi. Demak, asriy yillarning almashish qoidasi quyidagicha: yuz yilliklarning soni tо`rtga bо`linadigan asriy yillargina kabisa yil hisoblanadi.
Yil о`n ikki oyga bо`lingan. Lekin oy kunlarining mikdori bir xil emas. Yildagi eng qisqa oy fevral hisoblanadi. U 28 yoki 29 (kabisa yiliga; 366 kun shu oyda) kundan iborat. Boshqa qolgan oylar esa 30 va 31 kundan iborat.
Oylar ham о`z vaqtida yetti kunlik haftalarga bо`lingan. Har bir oy tо`rt yoki tо`rt yarim haftadan iborat. Har bir yil esa ellik ikki haftayu va yana bir yoki ikki kunni о`z ichiga oladi. U ana shu bir yoki ikki kunni о`zidan keyin keladigan yilning birinchi haftasidan “qarzga” oladi.
Hozirgi bizning davrimizda Kishilar foydalanayotgan kalendar tartibi qisqacha shunday. U hali unchalik mukammal emas. Bu kalendar uzoq о`tmishda yaratilgandan buyon ham turli davrlarda turli olimlar, shu soha mutaxassislari, davlat va diniy asboblarning takror-takror “hujumi”ga uchragan, islox etilgan. Oylarning nomlanishi ham ma`qul emas. (A.D.)
Kalendar deganda biz Hozir vaqtning asr (yuz yil) lar, yillar, oylar va kunlardan iborat uzoq muddatli bо`laklarini hisoblovchi har qanday sistemani tushunamiz. Demak, kalendar vaqtning tabiat xodisalarining takrorlanishida yaqqol seziladigan uzoq muddatli bо`laklarini hisoblash tizimidir. Bu tizimda yil kunlarini hisoblash uchun ma`lum bir tartib belgilangan va yil hisobi boshlangan davr albatta kо`rsatilgan bо`ladi.
“Kalendar” termini lotincha “kalendarium” hamda “kaleng” sо`zlaridan olingan bо`lib, “qarz kitobi” ma`nosini anglatadi. Qadimgi Rimda qarzdor kishilar о`z qarzlarini ma`lum foizini odatda har oyning birinchi kunida tо`lashar edi, shuning uchun har oyning birinchi kuni kalend deb atalgan. Rimliklar, masalan, 1 yanvarni “yanvar kalendi”, 1 fevralni “fevral kalendi” va xoqazo deb atashgan. Demak, bu sо`z bizga qadimgi rimliklardan yetib kelgan. Lekin kalendar turli mamlakatlarda turlicha paydo bо`lgan. Kalendarning yaratilish tarixi ancha ilgari boshlangan.

Yüklə 132 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin