Kalendar va uning tarixi



Yüklə 132 Kb.
səhifə3/5
tarix22.06.2023
ölçüsü132 Kb.
#134081
1   2   3   4   5
Замонавий календар

Shamsiy kalendarlar.
Shamsiy kalendarlardan hozirgi paytda dunyodagi deyarli barcha xalqlar foydalanmoqdalar. U uch kalendar tizimining biridir. Bu kalendar faqat Quyoshga, uning Yer atrofidagi harakatiga va bu harakat natijasida sodir bо`ladigan tabiiy xodisalarga- yil boshlarining, mavsumlarning ketma-ket takroriy о`zgarishigagina asoslangan bо`ladi. Shamsiy kalendar Oy bilan, uning harakati bilan bog`lanmagan bо`ladi.
Ma`lumki, kalendar yili kunlarning ma`lum butun sonidan iborat bо`lishi kerak. Bu son yo 365, yo 366 bо`lishi kerak. Astronomik yil esa kunlarning butun soniga ega emas, balki u vuqorida kо`rganimizdek, taxminan 365, 2422 shamsiy (365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniya) kunga tengdir. Shuning uchun kalendar yilini tropik yilga moslashtirib turish maqsadida 365 kunlik oddiy yillarning ma`lum mikdori orasida 366 kunlik kabisa yillarini kiritib borish talab etiladi.
Biroq kalendar yilining о`rtacha uzunligi tropik yil uzunligiga iloji boricha yaqinroq, teng bо`lishi uchun oddiy va kabisa yillarining о`zaro munosabatini qanday bо`lishini belgilash birmuncha murakkab vazifadir.
Tropik yilining uzunligini о`rtacha hisoblaganda 365, 2440 о`rtacha shamsiy kunga teng deb qabul etsak, unda 365 kunlik oddiy yil 0, 24220 kun qisqa bо`lib qoladi.
Bu murakkab vazifaning qanday xal etilganini navbatdagi mavzularda kо`ramiz.
Vaqtning kun, oy va yil kabi uchchala tabiiy о`lchov birliklarini bir-biriga moslashtirishga karatilgan urinishlar Kalendarning uchinchi turini – qamariy – shamsiy kalendarini keltirib chiqargan. Bunga misol qilib vavilonliklarning, yaxudiylarning , qadimgi yunonlarning, qadimgi xitoy, qadimgi rimliklar va boshqa Xalqlarning kalendarlarini keltirish mumkin. Bu kalendarning vazifasi kunlar va oyni yilga moslashtirishgan karatilgan bо`ladi.
Qamariy-shamsiy kalendar hozirgi paytda yaxudiylik dinida diniy bayramlarning qachon kelishini hisoblash uchun, shuningdek Isroil davlatida kо`llaniladi. Ularning dini ham, kalendari ham ancha murakkab kalendar hisoblanadi. Unda yil har biri 29 va 30 kunlik 12 qamariy oydan iborat bо`lsa-da, lekin quyoshning harakatini hisobga olish uchun unga vaqti-vaqti bilan qо`shimcha о`n uchinchi oyga ega bо`lgan kabisa yili qо`shib turiladi. Bu Kalendarning oddiy, ya`ni о`n ikki oylik yillari 353, 354 yoki 355 kundan, kabisa, ya`ni о`n uch oylik yillari esa 383, 384 yoki 385 kundan iborat bо`ladi. Shu yо`l bilan har oy boshlanishining yangi oy tugilishiga deyarli aniq tо`gri kelishiga erishib boriladi.

Yüklə 132 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin