Kalendar va uning tarixi


Qamariy va qamariy – shamsiy kalendarlar



Yüklə 132 Kb.
səhifə4/5
tarix22.06.2023
ölçüsü132 Kb.
#134081
1   2   3   4   5
Замонавий календар

Qamariy va qamariy – shamsiy kalendarlar.
Buyuk olim Abu Rayxon Beruniy: “Ilm-fan Kishilarning hayotiy extiyojlarini kondirish zaruriyatidan paydo bо`ldi”,- deb yozganidek, jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida Kishilarda vaqtning kun va tunga nisbatan yirikroq о`lchov birligini yaratishga extiyoj tugiladi. Kishilar bunday о`lchov birligini Oy fazalarining о`zgarishidan, Oyning kо`rinma harakatidan topganlar. Shuning uchun ham qadimgi xalqlar orasida paydo bо`lgan kalendarlar avvaliga faqat Oyga asoslanib tuzilgan. Bunday kalendarlar qamariy kalendarlar bо`lib, ular qadimgi xalqlar dinida, ayniqsa sharq xalqlarining dinlarida katta ahamiyat kasb etgan. Bu kalendar islom diniga e`tiqod qiluvchi xalqlarda doimo amal qilib keladi.
Astronomiya faniga ham dastlabki tamal toshi sharqda vujudga kelib, bu yerlik munajjimlar Oyni о`rganishda, ayniqsa uning ikkita bir xil fazalari о`rtasidagi vaqtni aniqlashda katta yutuklarga erishganlar. Oyning yer atrofida quyoshga nisbatan bir marta tо`lik aylanib chiqishh vaqti sinodik oy deb nomlanadi. Sinodik oy davrining birmuncha aniqroq belgilanadigan payti uning oy boshiga (yangi oyga) tо`gri keladigan paytidir. Biroq yangi boshini, yangi oy tugilishini quyosh tutilgan paytlardagina aniqlash mumkin.
Quyoshning tutilishi esa juda kam kuzatiladigan xodisadir. Shuning uchun oyning yangi oy fazasiga eng yaqin bо`lgan boshqa fazasini tanlab olishga, ya`ni yangi oy tug`ilganidan keyin uning ingichka о`roq shaklida birinchi marta kо`rinishini kuzatishga tо`gri kelgan. Oyning harakatidagi, о`zgarishidagi bunday xolatini qadimgi yunonlar neomeniya deb atashgan. Buni biz hozir shartli ravishda yosh oy deylik.
Yosh oyni biz oqshom paytlarida botib ulgurmasidan bir necha daqiqa ilgari kо`ra olamiz. U bizga alfavitimizdagi teskari “S” harfiga о`xshab kо`rinadi. Qamariy kalendar bо`yicha vaqt hisobi olib boruvchi barcha xalqlar kalendar oyining boshlanishi deb yosh Oy birinchi marta kо`ringan kunni hisoblashadi. Yangi oy tug`ilishidan yosh oy kо`ringuncha (neomeniyagacha) о`tgan vaqtning qancha bо`lishi ham astronomik, ham ob-xavo sharoitlariga bog`liqdir. Bu vaqt xronologiyada о`rtacha 36 soatga teng deb hisoblanadi.
Bir necha ming yillar mukaddam ikkita quyosh oy oralig`ida 29 yoki 30 kun о`tadi deb aniqlanilgan. Shuning uchun sinodik oyning uzunligini avvaliga 29,5 kundan iborat deb hisoblashgan va qamariy kalendar yilining oylari esa navbatma-navbat 29 va 30 kundan almashib turgan. Lekin har bir yangi qamariy oyning birinchi kuni osmonda yosh Oy birinchi marta kо`ringan kundan boshlanishi albatta shart bо`lgan.
Vaqtning oyga nisbatan yirikroq birligiga bо`lgan extiyoj qamariy yilni keltirib chiqargan. Qamariy yil 12 qamariy oydan iborat bо`lib, u taxminan 354 kunga tengdir. Kalendarning barcha toq oylari 30 kundan, barcha juft oylari esa 29 kundan iborat. (“Hijriy qamariy kalendar oylari” jadvaliga karang). Shunday qilib, qamariy kalendar yili ham qamariy yil singari 354 kundan iborat bо`ladi. (6x30+6x29=354)
Biroq, biz sinodik oyning haqiqatda 29,5 kunga teng bо`lmay, balki 29,53059 kundan (yoki 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2,8 soniyadan) iboratligini bilamiz. Shuning uchun oylarni 29 va 30 kundan hisoblaganda kalendar oyidagi 29,5 kundan ortiqcha vaqt asta-sekin tо`planib borib, natijada u ham qamariy oyning, ham qamariy yilning boshlanishi – birinchi kunini Oyning yangi oy fazasidan (yoki neomeniya xolatidan) uzoqlashtirib yuboradi. Bu xatto 10 yilda deyarli 3,67 kunni Tashkil etadi va yangi kalendar yilining yoki oyning boshlanishi yangi oy tugilishidan ancha orqada qoladi. Bunday noqulayliklardan kutilish uchun vaqti-vaqti bilan kalendarni tuzatib turishga qaror qilingan. Buning uchun ayrim qamariy yillarga kо`shimcha 1 kun qо`shib turiladi. (Zulxijja oyig`a). Yil 355 kunni tashkil etadi. Bunday yillarni shamsiy Kalendarning 366 kunlik yillari singari kabisa yillar deb ataymiz. Shunga kо`ra qamariy kalendar yillari gox 354 kundan, gox 355 kundan iborat bо`ladi. Shu yо`l bilan oylar hamda qamariy yillarning boshlanishi osmonda yangi Oy kо`ringan kunga tо`gri kelishiga erishilgan.
Kabisa tizimini tanlash, ya`ni qaysi qamariy yillarni 355 kundan hisoblash zarurligini aniqlash kerak bо`lgan. Hozir ishlatilayotgan barcha qamariy kalendarlar 8 yillik davrga ega bо`lgan “turk sikli” ga yoki 30 yillik davrga ega bо`lgan “arab sikli” ga asoslanadi.
“Turk sikli” ga asoslangan qamariy kalendar bо`yicha 354, 36706 kunlik 8 ta qamariy yil taxminan 2835 kundan iborat bо`ladi. Lekin 354 kunlik 8 ta oddiy qamariy yil esa 2832 kunni Tashkil etadi, xolos. (ya`ni u 3 kuncha ozdir). Shunga kо`ra, oradan sakkiz yil vaqt о`tganda qamariy kalendar yilining boshlanishi oy boshiga yoki xech bо`lmasa neomeniyaga tо`gri kelishi uchun unga yana uch kun kо`shish kerak bо`ladi.
(354 x 5 + 353 x 3 = 2835 kun). Sikl doirasida kabisa yillarining 2,5 va 7 yillarga tо`gri kelishi ma`qul topilgan. Chunki har yil oxiridagi xatolik yarim kundan oshmasligi kerak.
“Arab sikli” ga asoslangan qamariy kalendar bо`yicha 354, 36706 kunlik 30 ta qamariy yil taxminan 10631 kunni tashkil etadi. Biroq har biri 354 kundan bо`lgan 30 ta oddiy qamariy yil esa faqat 10620 kunga ega. Shuning uchun har 30 yilda oy boshi deyarli aniq 11 kun kechiqadi. Demak, 30 yillik siklning 11 yiliga bittadan kun kо`shish kerak bо`ladi. Unga bu siklning 19 ta oddiy yili 354 kunga va 11 ta kabisa yili 355 kunga ega bо`ladi.
Bu kalendar siklida ham qaysi yillarni kabisa yili deb hisoblash masalasida “turk sikli” dagi kabisa yillarini aniqlash qoidasiga amal qilingan: agar sikl boshida xatolikni nolga teng deb hisoblansa, har kalendar yilining oxiridagi xatolik 0,5 kundan oshmasligi kerak. Shuning uchun bu 30 yillik sikl ichida 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26 va 29 yillarni kabisa yili deb hisoblash ma`qul topilgan. Kabisa yillarini vuqoridagi tartibda belgilashda, shuningdek har kalendar oyining birinchi kuni va yangi yilning boshlanishi neomeniyaga, ya`ni osmonda yangi Oyning birinchi kuniga tо`gri kelish qoidasiga ham albatta rioya qilinadi.
30 yillik davrga asoslangan Kalendarning aniqligi juda vuqori. Bunda xatoliklar yig`ilib bir kunga yetishi uchun, taxminan, 3 ming yil kerak bо`ladi.

Musulmon va Grigoriy kalendarlari sanalarining mos tushishi.



Hijriy yillar



Yilning 30 yillik


davridagi tartib raqami

Yildagi kunlar soni



Muharram oyining birinchi kuniga tо`gri keluvchi Grigoryan kalendaridagi sana



1371*

21

355

02. X. 1951. seshanba

1372

22

354

21. IX. 1952* yakshanba

1373

23

354

10. IX. 1953 payshanba

1374*

24

355

30. VIII. 1954 dushanba

1375

25

354

20. VIII. 1955 shanba

1376*

26

355

08. VIII. 1956* chorshanba

1377

27

354

29. VII. 1957 dushanba

1378

28

354

18. VII. 1958 juma

1379*

29

355

07. VII. 1959 seshanba

1380

30

354

26. VI. 1960* yakshanba

1381

1

354

15. VI. 1961 payshanba

1382*

2

355

04. VI. 1962 dushanba

1383

3

354

25. V. 1963 shanba

1384

4

354

13. V. 1964* chorshanba

1385*

5

355

02. V. 1965 yakshanba

1386

6

354

22. IV. 1966 juma

1387*

7

355

11. IV. 1967 seshanba

1388

8

354

31. III. 1968* yakshanba

1389

9

354

20. III. 1969 payshanba

1390*

10

355

09. III. 1970 yakshanba

1391

11

354

27.II. 1971 shanba

1392

12

354

16. II. 1972* chorshanba

1393*

13

355

04. II. 1973 yakshanba

1394

14

354

25. I. 1974 juma

1395

15

354

14. I. 1975 seshanba

1396*

16

355

03. I. 1976* shanba

1397

17

354

23. XII. 1976 payshanba

1398*

18

355

12. XII. 1977 dushanba

1399

19

354

02. XII. 1978 seshanba

1400

20

354

21. XI. 1979 chorshanba

1401*

21

355

09. XI. 1980* yakshanba

1402

22

354

30. X. 1981 juma

1403

23

354

19. X. 1982 seshanba

1404*

24

355

08. X. 1983 shanba

1405

25

354

27. IX. 1984* payshanba

1406*

26

355

16. IX. 1985 dushanba

1407

27

354

06. IX. 1986 seshanba

1408

28

354

26. VIII. 1987 chorshanba

1409*

29

355

14. VIII. 1988* juma

1410

30

354

04. VIII. 1989 seshanba

1411

1

354

24. VII. 1990 shanba

1412*

2

355

13. VII. 1991 payshanba

1413

3

354

02. VII. 1992* dushanba

1414

4

354

21. VI. 1993 juma

1415*

5

355

10. VI. 1994 chorshanba

1416

6

354

31. V. 1995 yakshanba

1417*

7

355

19. V. 1996* juma

1418

8

354

09. V. 1997 seshanba

1419

9

354

28. IV. 1998 shanba

1420*

10

355

17. IV. 1999 payshanba

1421

11

354

06. IV. 2000* chorshanba

1422

12

354

26. III. 2001 dushanba

1423*

13

355

15. III. 2002 juma

1424

14

354

04. III. 2003 seshanba

1425

15

354

22. II. 2004 yakshanba

1426*

16

355

10. II. 2005 payshanba

1427

17

354

31. I. 2006 seshanba

1428*

18

355

20. I. 2007 chorshanba

1429

19

354

10. I. 2008 payshanba

1430

20

354

29. XII. 2008 dushanba

1431*

21

355

18. XII. 2009 juma

1432

22

354

08. XII. 2010 chorshanba

1433

23

354

27. XI. 2011 yakshanba

1434*

24

355

15. XI. 2012 payshanba

1435

25

354

05. XI. 2013 seshanba

1436*

26

355

25. X. 2014 shanba

1437

27

354

15. X. 2015* payshanba

1438

28

354

04. X. 2016 dushanba

1439*

29

355

24. IX. 2017 juma

1440

30

354

14. IX. 2018 seshanba

Adabiyotlar ro`yxati:




  1. Yüklə 132 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin