Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi


II-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN LUG’AT ISHINI OLIB BORISH TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 280,55 Kb.
səhifə11/22
tarix29.06.2023
ölçüsü280,55 Kb.
#135544
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta

II-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN LUG’AT ISHINI OLIB BORISH TEXNOLOGIYALARI.
2.1. Rusiyzabon bolalami o‘zga tilga o‘rgatishning talablari
Bolalami o‘zga tilga o’rgatishda tilni o‘zlashtirishga ehtiyoj va qiziqish, intilish uyg‘otish lozim. Nutq faoliyati qaysi tilda bajarilishidan qat’iy nazar, til o‘rganishning muvaffaqiyati - bolalaming ichki faolligi, ulaming o‘z fikrini o‘zbek tilida ifoda etishga intilishi va qiziqishidir.
Muloqotga ehtiyojning borligi yangi o‘quv materialini tushunib olish va eslab qolishda katta ahamiyatga ega. Shunday ekan, bolalaming kattalar va tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyatjarayonida ularda bunday ehtiyoj paydo bo’lishiga harakat qilish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalami o‘zbek tiliga o’gatishda ma’lumdan noma’lumga, o‘zlashtirishda material qaytarilishini va mustahkamlanishini ta’minlash, ta’lim va tarbiyani uzviy bog‘lash kabi umumdidaktik talablarga ham amal qilish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha tarbriya konsepsiyasida ta’kidlanishicha, maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim va tarbiya bolaning asosiy faoliyati bo‘lgan o‘yin tarzida olib borilishi zarur. Shu bois rusiyzabon bolalami o‘zbek tiliga o‘rgatishda o‘yinning ahamiyati kattadir.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi natijasida respublikamizning boshqa tillarda so‘zlashuvchi aholisiga bu tilni o‘rgatish muammolari tug‘ildi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan konsepsiya asosida rusiyzabon bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatishni maktabgacha yoshdan boshlandi. O’zbek tilini bolalaming o‘z ona tilidagi nutqi asosan shakllanib bodgan vaqtda, ya’ni besh yoshdan boshlab odgatishga modjallangan. Bunda o’zbek tili mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi - rusiyzabon bolalami og’zaki o‘zbekcha nutqni tushunishga va o‘zbek tilidagi so‘zlami to’g’ri talaffuz etishga odgatishdir.
O’zbek tiliga odgatish, asosan, mashg‘ulotlar shaklida haftada 2 marta, iloji boricha kunning birinchi yarmida odkaziladi. Har bir mashg‘ulot katta guruhda 25 - 30 daqiqa davom etadi. O’zbek tili mashg‘ulotlari samarali bodishi uchun har bir guruhdagi bolalar soni 12-15 tadan oshmagani ma’qul. Mashg‘ulot uchun tavsiya etiladigan topshiriqlar mazkur yoshdagi bolalaming aniq imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Mashg‘ulotlami odkazishda bolalami yarim doira shaklida joylashtirilsa yaxshi bodadi. Mashg‘ulotlar uchun tanlangan manbalaming mazkur yoshdagi bolalar uchun qiziqarli bodishi bilan bir qatorda ulaming kundalik muloqoti uchun zarurligi hisobga olinadi.
Nutq faoliyatining turlari bo’yicha mashg‘ulotlar mazmuni quyidagichadir:



Yüklə 280,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin