Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 280,55 Kb.
səhifə12/22
tarix29.06.2023
ölçüsü280,55 Kb.
#135544
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta

Bolalami talaffuzga o‘rgatish
Maktabgacha yoshdagi bolalami o‘zbekcha nutqqa o‘rgatishda o‘zbekcha tovush va tovush birikmalarini to‘g‘ri eshitish orqali ajrata bilish va talaffuz qilishga o‘rgatish asosiy maqsadlardan biridir.
Mashg‘ulotlar jarayonida hamda mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda bolalarda o‘zbek tiliga xos tovushlami ham alohida, ham so‘z tarkibida bilish, ulami rus tilidagi shunga o‘xshash tovushlardan farqlay olishi, o’zbekcha talaffuz qilish ko‘nikmalarini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Bu ish maxsus o‘yinlar orqali turli hayvon va parrandalaming ovozlariga, qo’ng’iroq. transport vositalarining, tabiat hodisalarining tovushlariga taqlid qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oyinlar jarayonida bolalar e’tiborini har bir tovushni talaffuz qilishda lab, til, og‘iz harakatiga tortish lozim. Kichkintoylar so‘z va gapning ma’nosiga urg‘u va ohangning ta’sirini ham tushunib borishlari kerak.
O’zbekcha tovushlar talaffuzi ustida ishlashda q, o, g‘, h, j tovushlari mashqiga alohida e’tibor berish zarur. Masalan, q tovushining to’g’ri talaffuzi ustida ishlash mashg‘ulotini quyidagicha tashkil etish mumkin:

  1. Q tovushi ishtirok etgan so‘zlar bilan tanishtirish.

  2. Tanlangan so‘zlaming talaffuzini mashq qilish.

  3. Q va к tovushlarining bir-biridan farqini aniqlash.

  4. Q va к tovushlari ishtirok etgan so‘zlami talaffuz qilish.

Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi talaffuzi bo‘yicha ishlar muntazam olib boriladi. Bunda ushbu tovush yangi o‘rganilayotgan so’z tarkibiga kiritiladi. Shunday qilib, tovush va tovushlar birikmasini to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish bilan birga so‘z boyligini oshirish ishi ham olib boriladi.
Lug‘at boyligini oshirish
Bolalaming so‘z boyligini oshirish, asosan, maxsus tizimdagi mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. Ikki yil mobaynida bolalar jami 500 ga yaqin so‘zni o‘zlashtiradilar. Bu so‘zlar amaliy zaruriyat, nutqda takrorlanish, ehtiyoj, qiziqish va muloqot mavzulariga mos ravishda tanlangan. Ushbu so‘zlar mavzular bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: birinchi o‘quv yilida - "Tanishuv". "O’yinchoqlar bilan harakat”, "O’yinchoqlar". "Bosh kiyim va poyabzal". "Oila". "Ranglar". "Hayvonlar va parrandalar". "Birdan o‘ngacha sanoq". "Meva va sabzavotlar”, "Idishlar". "Oziq-ovqatlar": ikkinchi o’qnv yilida - "Tana qismlari". "Bizning uy”, "Mcning kun tartibim”, "O’ndan yigirmagacha sanoq". "Maktab". "Bizning shahar” (qishloq), "Yil f'asllari". "Bayramlar". "Bizning vatan" mavzulari bo’yicha so’z va iboralami o‘zlashtiradilar.
Birinchi o’qnv yilidagi mavzular bo‘yicha 250 tacha so‘z, ikkinchi yilda ham shuncha so‘zni o‘zlashtirishlari mo’ljallangan.
Maktabgacha yoshdagi bolalami ikkinchi tilga o‘rgatishda har bir mashg‘ulotda o‘rta hisobda to‘rtta yangi so‘z bilan tanishtiriladi. Bu miqdor turli omillar tufayli o‘zgarishi mumkin. Avvalo, so‘zlami esda saqlab qolishni tashkil etish metodikasi hamda o‘rganilayotgan yangi so‘zlaming ma’no jihatdan o‘zaro farqlarini o‘zlashtirish zarur.
Yangi so‘zlar ustida ish olib borish bir necha bosqichdan iborat: yangi so‘zlami Ing’at tarkibiga kiritish; ulami faollashtirish; qancha so‘zlaming o‘zlashtirilganini aniqlash; bog’lanishli nutqda ishlata olish; turli nutq qurilmalarida so‘zlaming qoTlanishini faollashtirish.
Yangi so‘zlar ko’rgazmali qurollar, atrofdagi aniq predmetlar, buyumlar, suratlardan keng foydalanish asosida o‘rgatiladi. Ulami namoyish qilish jarayonida nomlari bir necha marta aniq qilib aytiladi. Oqituvchidan so’ng bolalar ham ikki- uch marta qaytaradilar. Shunday qilib, o‘zga tildagi yangi so’zni eshitib qaytarish bilan birga shu so’z orqali ifodalangan narsa- buyumni ko‘radilar. Bola narsa-buyum bilan uning nomi orasidagi bog’lanishni aniqlaydi. Ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘zlashtirib bo‘lmaydigan so‘zlar (chiroyli, issiq, sovuq, mazali, yaxshi, toza) ona tilidagi tarjimasi orqali o‘zlashtiriladi.
Yangi so‘zlar o‘yin jarayonida bolaning kundalik hayotida qiladigan harakatlari, buyumlar bilan harakatlami bildiruvchi so‘zlari, o‘qituvchining bolalarga, bolalaming bir-biriga qilgan iltimos, buyruqlari orqali o‘zlashtiriladi va lug’atiga kiritiladi.
Bolalaming topshiriq va buyruqlami tushunib, ulami bajarish bilan bogdiq bodgan, tinglangan ertak va hikoyalar, topishmoqlar, yodlangan she’r, ashula va qo‘shiqlar, tomosha qilingan multfilmlar vositasida tanishgan so‘zlari ulaming passiv lug’atini tashkil etadi. Bu lug‘atning hajmi faol lug‘atga nisbatan ancha katta bodadi.
Yangi so‘zlami o‘rganish jarayonida bolalaming nutq tajribasida uchramagan, ko‘pincha o‘zbekcha turmush tarziga oid bodgan narsa va hodisalar haqida tushuncha va tasavvurlar shakllanadi (masalan, xontaxta, nimcha, sumalak, navro’z kabi).
So‘z ustida ishlash jarayonida yana quyidagilarga e’tibor berish zarur:
- har xil ish turlarini tashkil etishda ma’no jihatdan o’zaro bogdiq bodgan bir guruh so’zlardan kerakli so‘zni tanlashga odgatish;
- yangi so‘zlami eshitib tushunib, faol qodlashni muayyan izchillikda amalga oshirish;
- bolada o’zbekcha so‘zlami tushunish, shuningdek, o’z fikrini, niyatini bildirish maqsadida ushbu so‘zlami turli vaziyatda qodlash ehtiyojini uyg‘otish.

2.2. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda rusiyzabon


bolalar bilan ish olib borish

Bolalar o’zbek tilini muomala vositasi sifatida o‘zlashtirishlari uchun o‘qituvchi mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda (kundalik muloqotda, sayr-sayohatlarda, ovqatlanish paytida, yuvinish vaqtida, bayramlarga tayyorlanishda, o‘yin va mehnat faoliyatlarida) ham ish olib borishi kerak.
Mashg‘ulotlardan tashqari olib boriladigan ish ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bodishi lozim.
Mashg‘ulotlardan tashqari paytlarda bolalami o‘zbekcha nutqqa o’rgatish vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Bolalarda o‘zbek tilini odganishga bodgan qiziqishni shakllantirish. Bu tilning respublika xalqlari va bolalar hayotida tutgan o’rni hamda ahamiyatini tushuntirish.

  2. Bolalar so‘z boyligini oshirish hamda nutqiy malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlash va faollashtirish.

  3. Kichkintoylami o‘z yoshiga va bilim doirasiga mos o‘zbekcha she’r, qo’shiq va ertaklar bilan tanishtirish, shu yo‘l bilan ulaming passiv lug’atini boyitib borish.

  4. Bolalar bilan yakkama-yakka ishlab, ulaming nutqini takomillashtirishda har birining layoqatiga qarab ish tutish.

Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda bolalami o’zbek tilidagi radio va televidenie eshittirishlari-kodsatuvlarini, jumladan, bolalar uchun namoyish etiladigan "Oqshom ertaklari” kodsatuvi haqida suhbat uyushtirish mumkin. Masalan, o‘qituvchi bolalar bilan ular tinglagan ertakning qisqacha mazmuni haqida gaplashishi mumkin. Shunda bolalarda o‘zbek tilini odganish qiziqarli ekani va zarurligi xususida tushuncha hosil bodadi.
Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda odkaziladigan jismoniy daqiqalar va oddiy harakatli o‘yinlaming o‘zbek tilida olib borilishi ham bolalarda ushbu tilga bodgan qiziqishni oshiradi. Bunday ish turlari jarayonida bolalar o‘zbek tili bo‘yicha bilimlarini mashg‘ulotlardan tashqari muomala sharoitida sinab ko’rish imkoniyatiga ega bodadilar.
Shuni ham aytish kerakki, vaqti-vaqti bilan bolalarga qo‘g‘irchoq teatrini namoyish qildirish ham yaxshi natija beradi.
Bunda o’zbek tilidagi kichik-kichik ertaklar yoki ertaklardan parchalar sahnalashtiriladi. Bu ishni avval o‘qituvchi, keyinchalik esa bolalaming o‘zlari ham tarbiyachi rahbarligida sahnalashtirishlari mumkin. Bu ishda quyidagi asosiy mezonlami ko‘zda tutish lozim:

  • nutq material! bolalaming yosh xususiyatlariga va nutq layoqatiga mos bodishi kerak;

  • bolalarda qiziqish uyg‘otishi lozim;

  • modjallangan ish turlari mashg‘ulotlarda odilayotgan mavzular bo‘yicha odganilayotgan so‘z va nutq qurilmalari bilan bogdiq bodishini ko‘zda tutish darkor.

Shunday qilib, mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda o‘qituvchi bolalar bilan har xil ish turlaridan: o‘yinlar, jismoniy daqiqalar, ertak va topishmoqlar, she’r va qo’shiqlar ustida o’zbek tilida ish olib borib bolalaming o’zbekcha nutqini faollashtirish! mumkin.
Ertaklar
Rusiyzabon bolalami o‘zbekcha nutqqa odgatishda ertaklar ustida ishlash yaxshi vosita bo‘la oladi. Chunk! bola tabiatga yaqin, uni yangi olamga olib kiradi. Ertak tinglab, bolalar fikran undagi hamma voqea va hodisalami chuqur his etadilar, ertak qahramonlari bilan harakat qiladilar. Ertaklar orqali bolalar o‘zbek xalqining an’analari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishadilar.
Bolalarga o’zbek tilini odgatishda ertaklami rasmlar orqali yoki ekranda, qo‘g‘irchoq teatrida namoyish qilish ma’qul. Chunki bola ertak matnini nafaqat eshitishi, balki ko’rishi ham kerak. Ertaklar kichkintoylami o’yin vaziyatiga yaqinlashtirib, ulaming fikr va hislariga ta’sir qiladi.
Bolalami ertaklar yordamida o’zbekcha nutqqa odgatishda ertak matni yuzasidan quyidagi vazifalami berish mumkin: tinglangan ertak bo‘yicha savollarga javob berish; ertak mazmunini qisqacha hikoya qilish; ertak qahramonlari harakatini sharhlash; о’qiluvchi rahbarligida ertaklami sahnalashtirish va hokazo.
Ertaklar ustida ishlash jarayonida bolalaming lug’at boyligi ortib boradi hamda ertak asosida muloqot qilishga odganadilar.
Ertak matni ustida ishlashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
-ertak qahramonlarining o’zaro suhbatlarini eslab qolish va qaytarish;
-ertakni sahnalashtirish.
Ertak sahnalashtirilganda bolalar uning matnidagi nutq qurilmalarini o‘zlashtiradilar. Natijada muloqotga kirishish osonlashadi.
Tanlangan ertakni rasmlar yordamida gapirib berish bolalaming monologik nutqini rivojlantiradi.
Ertaklar matnida til materiallarining (so‘zlar, so‘z birikmalari, jumlalar, dialoglar...) berilishi ulaming bolalar tomonidan o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Masalan, "Bo’g’irsoq" ertagining matnida "Men buvimdan qochib ketdim, men buvamdam qochib ketdim" degan jumlaning ko’p marta takrorlanishi mazkur so‘z va so‘z birikmalarining bolalar lug‘atiga kirishiga hamda mustahkamlanib qolishiga yordam beradi.
Ota-onalar bilan ishlash
Bolalarda davlat tilini o‘rganishga qiziqish va intilishni tarbiyalash uchun bevosita ota-onalar yordami zarur. Binobarin, ota-ona maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga davlat tili bodgan o‘zbek tilini odgatish qanday olib borilayotgani haqida xabardor bodishi lozim. Buning uchun ota-onalar majlislari va maslahatlar tashkil qilinadigan mashg‘ulotlarga ota-onalami taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, quyidagicha mavzular bo‘yicha materiallar to‘plab, ulami ota-onalarga tavsiya etish mumkin:
“Bolalar bilan tomosha qiling" (O’zbek tilidagi jajji kitoblar tavsiya etiladi).
“Javobini toping" (Topishmoqlar beriladi.)
“Bolalar bilan yodlang" (Kichik-kichik she’rlar beriladi.)
“Bolalar bilan o’ynang" (O’zbekcha so‘z o‘yinlari tavsiya etiladi.)
“Bolalar bilan ko‘ring va eshiting" (O’zbek tilidagi telekodsatuvlar va radioeshittirishlar dasturi tavsiya etiladi).
Bundan tashqari, ota-onalar burchagi tashkil qilinib, unda "O’zbek tilini o’rganamiz" sarlavhasi ostida mashg‘ulotlar va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda bolalar tomonidan o‘zlashtirilayotgan materiallar, lug‘at, nutq qurilmalari, she’rlar, jismoniy daqiqalar matni, topishmoqlar hamda o’zbek tilida kichkintoylarga olib berish mumkin bodgan bolalar adabiyoti ro‘yxati beriladi.
O‘zga tilda talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish
Ta’limning fonetika sohasidagi vazifalari. Quloqni tovushlarga va yangi tildagi so‘zlarga odgatish, ikkinchi o‘zga til (rus tili) tovush qurilishining asosiy qonuniyatlarini farqlash zarurligi, to‘g‘ri adabiy talaffuz qoidalarini o‘zlashtirish, tilning tovush qurilishi asosiy qoidalari, yani undoshlaming qatiqqligi, yumshoqligi, jarangli vajarangsizligiga qarab, bir-biriga qarama - qarshi qo‘yishni o‘zlashtirib olish asosida sheva bilan gapirishning oldini olish milliy bolalar muassasalarida bolalarga ruscha so‘zlashuv nutqini o‘qitishning muhim vazifalaridan biri hisoblandi. Bolalaming o‘z ona tilidan boshqa tilni o‘rganishlari orfoepik(ifoda) qiyinchiliklaming yangi fonetik (tovush) qatlamga odishidan boshlanadi.
Shu bois, tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi:

  • bolalarda artikulyatsiya apparatining harakatchanligini rivojlantirish;

  • eshitish organlarini yangi til tovushlariga odgatish;

  • bo‘g‘inlardagi, so‘zlardagi tovushlami rus tilining orfoepik qoidalariga mos ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish;

  • bolalar nutqining ifodaviylagini, yaxshi talaffuzni shakllantirish.

To’g’ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlaming muhim qismi hisoblanadi. Bu ish lug’atni. ravon va grammatik to‘g‘ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. O‘z-o‘zidan pedagoglar har bir mashg‘ulotda quyida keltirilgan ish turlarini ko‘zda tutushlari lozim. Ya’ni, bular:

  • suhbatni eshitish va qaytarish;

  • leksiya va namunaviy gaplar ustida ishlash;

  • dialoglami o‘rganish va ijro etish;

  • qisqa she’r va qo’shiqlami yod olish;

  • hikoya, ertak tinglash;

  • talaffuz, urg’u va ohang ustida ishlash.

Olti yoshli bolalar rus tilidagi yumshoq undoshlami qattiq undoshlar bilan almashtiradilar, chunki o’zbek tilidagi undoshlar yumshoq va qattiq deb ajratilmaydi, lekin rus tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri undoshlaming qattiqligi va yumshoqligiga qarab bir-biriga fonetik jihatdan qarama-qarshi qo’yishdan iboratdir.
Talaffuzga o‘rgatish uch bosqichda amalga oshiriladi:

  • ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish-bu qattiq va yumshoq, jarangli vajarangsiz undoshlar talaffuzi ustida ishlashni ko‘zda tutadi;

  • ayrim so’zlar talaffuzini shakllantirish bu leksikani to’g’ri talaffuz qilish, urg’u berish, so‘zda urg’u bo’g’iuiui ajratishdan iborat;

  • namunaviy gaplar talaffuzini shakllantirish-bu ruscha gap ohanglari ustida maxsus ishlashni ko‘zda tutadi. To‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini ishlab chiqishda barcha uch turning o‘zaro uzviy yagonaligiga rioya qilish zarur.

Ruscha talaffuzni odgatishda rus tili tovushlarini uchta guruhga ajratish mumkin.
Rus tili va ona tilining tovush tizimlarini taqqoslash quyidagilami ajratib ko’rsatish imkonini beradi:

  1. oson o‘zlashtiriladigan va fonetik jihatdan anglashni talab etmaydigan o‘xshash tovushlar;

  2. talaffuzidagi farqi shunchalik ahamiyatsizki, maxsus mashqlarga ehtiyoji bo’lmagan tovushlar;

  3. faqat rus tiliga xos bodgan tovushlar, ulaming talaffuzini odganish maxsus tizimini tashkil etadi.

Bolalami o‘qitishda, eng avvalo, qattiq va yumshoq undoshlar talaffuzi odgatiladi. Bu boradagi ishlar taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Masalan,
школа, класс, кукла so‘zlaridagi qattiq undosh “л” ning talaffuz qilish ko‘nikmalarini ishlab chiqish uchun bolalardan ushbu tovushni tarbiyachiga taqlid qilgan holda aytish so‘raladi.
Agar bolalat uni ayta olishmasa, bu holda ushbu tovushning ona tilidagi artikulyatsiyasi tushuntirib beriladi. “Л” tovushini aytishda til uchi yuqori tishlarga jips yopishadi, - deb tushuntiriladi.
Tarbiyachi nutqi taqlid uchun haqiqiy bo’rishi lozim. Bolalar tarbiyachi to’g’ri talaffuz etilgan barcha tovushlami aniq eshitishlari darkor. Buning uchun har bir tovushni aniq ifoda qilish hamda bolalarga tarbiyachining nutq organlari harakatini kuzatish taklif qilinishi lozim, shunda tovush artikulyatsiyasini ilg‘ab olish oson boTadi.
Ruscha talaffuzni o’rgatishning dastlabki bosiqchida tarbiyachi imitatsiya (taklif qilish) usulidan foydalanadi. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda tarbiyachi o’rganilayotgan tovushni talaffuz qilish namunalarini namoyish qiladi, bolalar diqat bilan tinglaydilar. Keyin esa tarbiyachiga taklif qilgan holda takrorlaydilar. Mazkur usul bolalaming erta yoshdan boshlab taqlid qilishga moyilliklarini rivojlantiradi.
Ruscha to’g’ri talaffuzni o’rgatishda bolalarda fonematik tinglash qobiliyatini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Ba’zi bolalarda fonematik tinglash qobiliyati yaxshi rivojlangan va ular aralash tovushlar talaffuzidagi faqni tez ilg‘ab oladilar, boshqa bolalarda esa bu qobiliyat yaxshi rivojlnamagan va shuning uchun ular tovushdagi farqni darhol ilg‘ab ololmaydilar. Tarbiyach tinglash qobilayati sust boTgan bolalarga alohida e’tibor berishi va ular bilan yakka tartibda ish olib borishi zarur.
Biroq, ta’limda doimiy ravishda faqat shu usuldan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bolalarga qiyin tovushlar artikulyatsiyasini ko’rsatish va tushuntirib berish usulidan doimiy ravishda foydalanish lozim, bu esa talaffuzning ongli ravishda o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Tarbiyachiu yoki bu tovush tarkibida turli nutq ohanglari: lablar, tishlar va til ishtirok etayotganini ko’rsatadi hamda tushuntirib beradi. Bolalaming tovushlami ifoda etishda nutq ohanglari holatini ko‘rib olishlari ulaming to‘g‘ri talaffuzni o‘zlashtirib olishlarida yordam beradi. Bu boradagi ish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu yo‘nalishdagi mashqlar ijobiy natijalarga olib keladi. Amaliyotda bu metodik usullar ko‘pincha birgalikda qoTlaniladi va ular doimo bir-birini to’ldiradilar.
Endi “л” qattiq tovushining to’g’ri talaffuzini shakllantirishga qaytamiz.
Tarbiyachi tovush artikulyatsiyasini namoyish etadi va bolalarga tilning talaffuz chog’ldagi holatini ko’rishni taklif qiladi. So‘ngra u tovushni bir necha bor talaffuz qiladi, keyin esa bolalar uni takrorlaydilar. Keyinchalik “л” tovushi dastlab ochiq bo‘g‘inda talaffuz etiladi -ла-ла-ла, yopiq bo'g'inda - ол-ол-ол, so‘ngra esa o‘yin mashqlarida talaffuz etiladi, shu bilan birga so‘zlarda mustahkamlanadi, masalan, ла-ла-ла-лапа, ол-ол-ол стол.
Agar bolalar so‘zlardagi tovushni to’g’ri talaffuz eta olsalar, yangi gaplarga va to’rt qatorli kichik-kichik she’rlami yod olishga o‘tish mumkin.
Artikulyatsiya apparati tuzilishi va uning harakatchanligining ayrim xususiyatlarini bilib olish bolalarga nafaqat rus tili tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilishni tezroq egallab olishga, balki artikulyatsiya apparati faoliyati hamda tovushlaming ifoda qilishning aniqligi o‘trasidagi aloqa va bog’liqlikni aniqlashga yordam beradi.
Artikulyatsiya ko‘nikmalari va fonetik farqlami talaffuz qilish ko‘nikmalarini o‘yinli vaziyatlarga asoslangan alohida mashqlarda oTganish tavsiya etiladi. Bu yerda “угадай кто пришёл” (Kim kelganini top), “Узнай по голосу” (Ovoziga qarab aniqla), “Какой колоколчик звонит: болшой или маленкий” (Qaysi qo‘ng‘iroqcha jiringlamoqda: kattasimi yo kichigi) kabi topshiriqlami berish mumkin.
Ushbu ishni amalga oshirishda koTgazmaviylikka katta e’tibor berish lozim. Mashg‘ulot jarayonida tarbiyachi o’yinchoqlar. turli buyumlar, suratlardan foydalanadi. Xususan, “in” tovushini o‘rganishga doir ishlmi amalga oshirish chog‘ida tarbiyachi bolalarga qator savollarga javob berishni taklif qiladi. Oldindan flanelegrafda nomlarida “ш” tovushi uchraydigan suratlar tasodifiy tartibda terib chiqiladi: кошка, мышка, мишка.
Suratlar kerakli javobni topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. U yoki bu hayvonlar nomlarini aytishda bolalar so‘zlar va tovushlami aniq talaffuz qilishni mashq qiladilar.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, bolalar o‘zlarining yosh xususiyatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri ruscha talaffuz ko‘nikmalarini faqat bu mashg‘ulot o‘yin shaklida o‘tkazilgan taqdirdagina o‘zlashtiradilar.
O‘z-o‘zidan maxsus fonetik o‘yinlar bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Eng avvalo, tarbiyachi talaffuzdagi xatoliklami bartaraf etishga yordam beradigan o‘yinlami tanlab olishi lozim. Bu borada tovushlami bir - biriga qarama - qarshi qo‘yishga qaratilgan o‘yinlar keng qodlanilishi darkor. Masalan, o‘zbek bolalari “ы” va “и” tovushlarini farqlamaydilar, buning ustiga “ы” tovushini talaffuz qilishni bilmaydilar. Zarur ko‘nikmalarga erishish uchun bolalarga quyidagi fonetik o‘yinni taklif qilish mumkin. ” Toping - chi, bu nima ” deb ataladigan o‘yinning maqsadi bolalaming “ы” va “и” tovushlarini farqlashni o‘rganishidan iboratdir.
O‘yinjarayoni: bolalar yarim doira shaklida o‘tiradilar.
Tarbiyachi deydi: "Bolalar. eshiting, qayiq, qanday ovoz chiqaradi (qayiqning rasmini ko‘rsatadi): и - и. Endi eshiting, hozir nima ovoz chiqarmoqda?" (navbati bilan har ikkala tovushni aytadi, bolalar topadilar).
Olingan bilimni mustahkamlash maqsadida pedagog boshlagan mavzuni davom ettirib, fonetik o‘yin o‘tkazishi mumkin: "Poroxod yoki qayiq". "Kim nimada". Bunday o‘yinlar jarayonida nafaqat alohida o‘yinlar ishlab chiqariladi, balki tovush birikmalari ham mashq qilinadi. Masalan: лы-ли, ды-ди, зы-зи, ты-ти, сы-си, мы-ми, бы-би va hakazo. Bolalarda ruscha talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishda tez aytishlar ham katta yordam beradi.
Tarbiyachi tez aytishlardan foydalangan holda bolalarda rus tilining eng qiyin tovushlari, ya’ni: (e), (з), (н), (ж), (ф), (щ), (ч) tovushlari talaffuzini muvaffaqiyatli ravishda mustahkamlashi mumkin.
Tez aytishlardan tovush apparatini rivojlantirish mashqlarida ham foydalanish tavsiya etiladi (masalan, tez, o‘rta, sekin).
Masalan:
“C”, “C” tovushlari:
Ca-ca-ca - это рыжая лиса.
Co-co-co - у Сони колесо.
Су-су-су - вижу я опят лису.
Ус-ус-ус - это болшой белый гус.
“3”, “3” tovushlari:
За- за- за - белая коза
3- зу- зу - мыли Зулю в тазу.
«Ц» tovushi:
Цо- цо- цо - на руке колцо
Цы- цы- цы - зеленые огурцы
Ец- ец- ец - желтый огурец.
«Ш» tovushi:
Ша- ша- ша - мама моет малыша
Шу- шу- шу - я писмо пишу
Аш- аш- аш - красный карандаш
Тише, мыши, кот на крыше
А котята ещё выше.
На окошке крошку - мышку
Ловко ловит лапой кошка
Мышка сушек насушила
Мышка мышек пригласила
Мышки сушки кушат стали
Зубы сразу же сломали.
«И», «Ы» tovushlari:
Мама Милу мылом мила
Мила не любила
Миле в глаз папола мыло

Что - ты плачеш, Моя Мила? Я выплакиваю мыло.


Если руки мыли - вы
Если руки мыли - мы
Если руки вымыл - ты
Значит руки вы-мы-ты
Tez aytishlami qo’llashda koTgazmali qurollardan (o‘yinchoqlar, suratlar) foydalanish lozim, shundagina bolalar uni katta qiziqish bilan takrorlaydilar va aytadilar.

Yüklə 280,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin