Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan turli a’zolarning ahamiyati



Yüklə 280,55 Kb.
səhifə19/22
tarix29.06.2023
ölçüsü280,55 Kb.
#135544
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta

Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan turli a’zolarning ahamiyati
1. Nafas apparati:
2. Bo’g’iz (hiqildoq) bo’shlig’i:
3. Og’iz bo’shlig’i (til, tanglay, kichiktil, tish, va lablar):
4. Burun bo’shlig’i (tovush ohangiga alohida tus berishda ishtirok etadi).
Diksiya – talaffuz tarzi, talaffuzni aniq ravshanligi darajasi. O’qituvchi uchun to’g’ri talaffuz eng kerakli qurol. Chunki eshitayotganlar tushunishi uchun – talaffuz ravon, har bir bo’g’in, so’z va tovushlarni aniq aytishi kerak.
Ritmika – ovoz maromi yoki vazni. Ba’zi bir so’zlarning bo’g’inlarning talaffuzi, ularning tezligini nutq suratini tashkil etadi.
Ovoz tezligi har bir o’qituvchining fazilati. Nutq mazmuni muomala vaziyatiga bog’liq.
Pauza – temp va nutqning yoqimli bo’lishi nutq ohangini tashkil etadi. Monotonnost (bir ohangda nutq zerikarli bo’lib qiziqish va diqqatni pasaytiradi).
Ohang, tembr, pauza, urg’ulashning turli xillari tovush ifodaliligining muhim vositalari hisoblanadi.
Tilni amalda o’zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bo’g’in – ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni to’g’ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.
Bolaga intonatsiyadan to’g’ri foydalanishni, bildirilayotgan fikrning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o’rgatish juda muhim. Shu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda, talaffuz tempi, past-balandligini to’g’ri qo’llash, tovushlar, so’zlar, iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllantirish ishlari ham olib borilishi lozim.
Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni tarbiyalar ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o’ziga xos bo’lgan sifati) va vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgusida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir ko’rsatadi.
Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalarning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda, ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matnga mantiqiy va emotsional urg’u berish orqali o’z munosabatini bildirishni o’rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli topshiriqlardan ko’proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyatlar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi ravon fikrlarni tuzish – hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish uchun zarur bo’ladi.
Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga fikrlarning predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos kelishini hisobga olishni o’rgatishi lozim.
Nutqning past-balandligi o’rinli bo’lishi, tezligi esa atrofdagi muhitga va fikrning maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to’g’ri nutqning muhim ko’rsatkichi bo’lib uning ravonligi hisoblanadi.
Artikulyatsion va intonatsion qobiliyatning uzviy bog’liqligi keng ma’nodagi tinglash va artikulyatsion-talaffuz ko’nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so’zning tovush tarkibini, so’zdagi urg’u o’rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vaznni his qilish tuyg’usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so’zlar, iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanishi zarur.
Bu murakkab nutqiy ko’nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishda o’tkazishni talab qiladi.
Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo’nalishlarini ajratar ekanmiz, ularning barchasi o’zaro bog’liqlikda va yaqin o’zaro hamkorlikda ishtirok etishini ta’kidlash lozim.


Yüklə 280,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin