jarayoni, ya’ni qisman oltingugurt atomi birikkan joylaridan, molekular
zanjirdan uning fazoviy strukturasi buzilishi sodir bo‘ladi.
Devulkanizatsiya natijasida kauchukning ko‘ndalang va asosiy
bog‘lari soni qisqaradi, buning oqibatida o ‘rtacha molekular massasi
6000—12000 boigan eruvchi fraksiyalar hosil bo‘ladi.
Regenerat olishning bir nechta usullari mavjud bo‘lib, ularga
quyidagilar kiradi: bug‘li usul, suvli neytral usul va termomexanik usul.
Amalda 15% regenerat bug‘li usul yordamida, 40% regenerat suvli
neytral usulda, 45% regenerat termomexanik usulda olinadi.
Bug'li usulda m e’yorlangan miqdordagi maydalangan rezina
bo‘laklari yumshatgichlari bilan aralashtiriladi va devulkanizatsiyalash
qozonida 0,8—1,0 MPa bosim ostida 175—185°C temperatura 7—8 soat
mobaynida (shina rezinasi uchun) issiq bug‘ bilan ishlov beriladi.
Aralashmani gomogenizatsiyalash va plastifikatsiyalash maqsadida hosil
qilingan devulkanizatga jo ‘valar yordamida ishlov beriladi va filtr-
pressdan o‘tkaziladi.
Bug‘li usulning asosiy kamchiligi devulkanizatsiya qilinuvchi
massaning aralashmasligi natijasida plastiklik darajasi bo‘yicha bir xil
bo‘lmagan regenerat hosil qilinishi.
Suvli neytral usulda bug‘li usulga nisbatan sifatliroq regenerat olinadi.
Bu usulda aralashm a uzluksiz aralashtirib tu rilish i hisobiga
yumshatgichlarda yaxshi bo‘kishni ta’minlab beradi.
Termomexanik usul bilan regenerat olish qismi texnik jihatdan
eng mukammal usul hisoblanadi va bu usul texnologik jarayonni
tezlashtirish va regenerat tannarxini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Regeneratni termomexanik usul bilan ishlab chiqarishda (68-rasm)
qoldiq tola miqdori < 2 % gacha tozalangan rezinaning maydalangan
qismlarga bo‘laklashtiriladi va 4—12 daqiqa davomida, 140—210°C
temperaturada korpusi uzaytirilgan chervyakli devulkanizator, chervyakli
filtr-press orqali o‘tkaziladi. Pressdan chiqayotgan devulkanizatga
tozalovchi jo ‘valarda ishlov bergandan so‘ng regenerat olinadi. Bunday
usulda ishlab chiqariladigan regenerat suvli neytral usulda olingan
regeneratga nisbatan ancha bir jinsli va plastikdir.
Dostları ilə paylaş: