qayta ishlab berish ancha istiqbollidir. Nordon gudronlardan oltingugurt
(IV) — oksidini olish maqsadida juda ko‘p miqdorda hosil bo‘ladigan
ishlatib bo‘lingan sulfat kislotasidan iborat eritmalar (350 ming t/yiliga)
qo‘shimcha shaklida qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan aralashmani bir joydan
ikkinchi joyga olib borish va purkash ancha osondir. Aralashma 800—
1200°C da yoqish pechlarda termik parchalanadi. Bunday sharoitda
organik moddalar to‘liq yonib, oltingugurt (IV) — oksidi hosil bo‘ladi.
Bir qancha davlatlarda mana shu texnologiya bilan ishlaydigan quwati
700—800 t/sut. moslamalar mavjuddir. Nordon bitumning organik qismi
tarkibiga oltingugurtli birikmalar, smolalar, qattiq asfalt shaklidagi
moddalar — asfaltenlar, karbenlar, karbondlar va boshqa komponentlar
kirganligi tufayli ulardan yo‘l qurilishi materiali sifatida qo‘llaniladigan
bitum olish mumkindir.
Nordon gudronlar qizdirilganda uning tarkibida bor bo'lgan sulfat
birikmalar va erkin sulfat kislotasi parchalanadi va organik qismini
oksidlashi hisobiga tarkibida ko‘p miqdorda karbondlar bor bo'lgan
zichlangan geterogen massa hosil bo'lishiga olib keladi. Gomogen butun
massasini hosil qilish maqsadida nordon gudronlarni to ‘g‘ri haydab
olingan gudronlar (neft yoqilg‘isi va yog‘li fraksiyalarni haydab
olingandan keyin hosil bo'ladigan smola holatidagi massa) bilan
aralashmasiga qayta ishlov beriladi, bunda zichlashtirish reaksiyalari
(oltingugurtli birikmalar parchalanishini hisobiga hosil bo‘layotgan erkin
radikallar va oksidlovchining konsentratsiyasi kamayishi hisobiga)
smolalar va asfaltenlar hosil qilish yo‘li bilan ancha sayoz holda boradi.
Ushbu jarayonning oddiy texnologik sxemasi 62-rasmda keltirilgan.
Nordon gudronlar 160-350°C da oson parchalanib oltingugurt (IV)
oksidi va yuqori oltingugurtli koksni hosil qilishi tufayli ulardan sanoatda
foydalaniladi.
Sanoatda ayniqsa nordon gudronlarni koksli issiqlik eltuvchilarda
past tem peraturada parchalash m oslam alari keng qo'llaniladi.
Shuningdek, nordon gudronlar bilan birga bu moslamalarda naftenli
qoldiqlar va organik m oddalarga boy nordon gudronlar bilan
aralashtirilgan. Ishlatib bo‘lingan sulfat kislotasi eritmasini ham parchalash
mumkin. 63-rasmda ana shunday sxemalardan biri keltirilgan.
Boshlang‘ich ashyo — kislotaliligi 50% bo‘lgan aralashmani tayyorlash
maqsadida 1,2 sovitgich va nasoslardan iborat tizimda nordon gudron
va ishlatib bo‘lgan sulfat kislotasi aralashtiriladi. Agar H 2S 0 4 50%
bo‘lgandagina nordon gudron reaksiyasi kirishish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: