guruhga esa fosfatlarni parchalash usuli kirib, natijada termik va
ekstraksion fosforli kislotalar olinadi.
Masalan, to ‘g‘ri sulfat kislota yordamida fosfatlarga ishlov berish
yo‘li bilan oddiy superfosfat olinadi.Uning tarkibida R20 5ning miqdori
20%dan ko‘p bo'lmaydi. Shuning uchun u past konsentraksiyali fosforli
o ‘g‘it hisoblanadi. Sanoat miqyosida asosan fosfatlardan sulfat kislotali
(ekstraksion yoki ho‘llash) va eklektrotermik usullar bilan olinadi.
Organik moddalar tarkibida marganets, molibden, kobalt, rux, mis,
nodir va boshqa elementlarning birikmalari bor.
Hozirgi kunda hosil bolayotgan fosfogips tashlab yuboriladi. Uni
tashlab yuborish uchun transport xarajatlari va uni saqlash asosiy ishlab
chiqarish jihozlarining narxi va foydalanish uchun sarflanadigan
xarajatlarning 40% ni tashkil qiladi. Shuning uchun allaqachon uyulib
borayotgan fosfogips tog‘larini xalq xo'jaligida foydali maqsadlarda
ishlatish yo'llarini topish zaruriyati tug‘ilgan. Quyida fosfogipsdan
foydalanish uchun qo‘llaniladigan usullar ko‘rib chiqiladi.
0 ‘simliklar uchun ozuqa elem entlar qatorida agrokimyoviy
ahamiyati bo‘yicha oltingugurt 4-o‘rinni egallaydi. Shu nuqtayi nazardan
fosfogips tarkibida 22,l%gacha oltingugurt va 0,5%gacha yuvilmay
qolgan fosfor kislotasi bo‘lganligi uchun, qishloq xo‘jaligida oltingugurt
va fosforli mineral o‘g‘it sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Fotogipsni sement ishlab chiqarishda (kuydirishda minelizator
sifatida va sement klinkeriga qo'shimcha sifatida); sho‘rlangan yerlarni
kimyoviy melioratsiya qilish uchun; ammoniy sulfat, sement va sulfat
kislotasi, elementli oltingugurt, ohak va sulfat kislotasi, gipsli bog‘lovchi
ashyolar va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llash mumkin.
Sement ishlab chiqarishda qo‘llash uchun fosfogips granulalab 5%
namlikka ega bo‘lguncha barabanli quritgichlarda quritiladi. Fosfogipsni
bu ishlab chiqarishda qo'llash hisobiga yoqilg'i sarfi kamayadi, pechlar
quw ati oshadi va sement klinkeri sifati yaxshilanadi, pechlarning
futerovkasi xizmat muddati uzaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: