bilan flotatsiya qilib olingan) ajratib olingan qurumdan yoqilg‘i sifatida
foydalanishi mumkin. Qurum pulpasiga kerosin (lm 35% li shlamga
140 L) qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan qurumli konsentratlardan
briketlash yoki granulalash yo‘li bilan tarkibida 25% qurum, 70% kerosin
va 5% namlik bo‘lgan yoqilg‘i olish mumkindir. Qurumli chiqindilarni
saqlash imkoniyati yo‘q bo‘lgan hollarda, ularni yoqib yuboriladi. 28-
rasmda suyuq yoqilg‘idan sintez-gaz olish jarayonida hosil bo‘layotgan
qurumni yoqish sxemasi keltirilgan.
Tarkibida 5—7% qurumi bor bo‘lgan suvli-qurumli suspenziya ichki
devori o ‘tga chidamli qoplamali pechning yoqish kamerasiga forsunka
orqali beriladi. Pechda 900°C temperaturada namlik bugManadi va
qurumni yopadi. Qurum yonishi natijasida hosil bo‘layotgan issiqlik
yetarli bo‘lmagani uchun pechga qo‘shimcha suyuq yoki gaz holatidagi
yoqilg‘i beriladi.
Dostları ilə paylaş: