Retsepsiya, retseptorlar hujayralar, tuzilishi va faoliyati Reja



Yüklə 26,66 Kb.
səhifə6/9
tarix19.12.2023
ölçüsü26,66 Kb.
#185262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Retsepsiya, retseptorlar hujayralar, tuzilishi va faoliyati Reja-fayllar.org

Og‘iz praksiyasini tekshirish. Buning uchun bemordan tilini chiqarish, uni yuqori va pastki lablar ustiga qo‘yish, chaynash va hushtak chalish harakatlarinn qilib ko‘rsatish so‘raladi. Apraksiyada bemor har bir harakatni boshlashidan avval uzoq o‘ylaydi va shunga qaramasdan kerakli natijaga erisha olmaydi, u o‘rinsiz harakatlar qiladi yoki bir xil hara-katdan ikkinchisiga o‘ta olmaydi. Bemorda ovkatni chaynash faoliyati saqlanishiga qaramasdan, u shu harakatni iltimosga ko‘ra bajara olmaydi. Og‘iz apraksiyasi sensomotor zonasnning pastki qismi zararlanishi natijasida kelib chiqadi
Gnozis, uning buzilishi va tekshirish usullari. Bola tug‘ilgandan keyin o‘z otasi yokn onasini birinchi marta tanib olishi, so‘ngra o‘ziga boqib turgan bir qancha chehralar orasidan o‘z onasini tanib olib, ko‘lib qo‘yishi, birinchi shiqildok ovozinn eshitib, o‘nga boqishi , shu shiqildoq ovozi ikkinchi marta qaytarilganda har tomonga alanglab, uni qidirishi – ko‘ruv va eshituv jarayonlari shakllanayotganidan dalolat beradi.
Kishi o‘z hayotida yuzlab, minglab kishilar qiyofasini va yuzlab, minglab buyumlarni tanib oladi, ularning nomlarini eslab qoladi. Shuningdek, inson musiqa ohanglarini, turli xil tovushlarni bir-biridan farq qilgani holda, eslab qoladi. Mana shularga gnoziya, ya’ni ko‘rish, tanish va bilish jarayoni deyiladi.Gnozisning buzilishi agnoziya deyiladi.
Agnoziyaning quyidagi turlari uchraydi: Astereognoz. Astereognoz bo‘lganda bemorning ko‘zi yumuk holatda qo‘liga berilgan narsaning nima ekanligini aytib berolmaydi, lekin uning hajmini, qanday materialdan yasalganligini, tashqi belgilarini aytib berishi mumkin. Shunday qilib, asteriyeognozda buyumlarning ayrim belgilarini aniqlash qobiliyati saqlanib qolsada, buyum to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘lmaydi. Astereognoz bosh miyaning tepa qismida patologik jarayonlar ro‘y berishi natijasida kelib chiqadi.
Eshitish agnoziyasi. Eshitish agnoziyasi deb, tovushlarni aniqlay olish qobiliyatiniig buzilishiga aytilali. Masalan, bemor ovoz yoki tovushlar qanday hayvon yoki buyumga tegishli ekanini ajrata olmaydi. Garchi bemor tovush yoki ovozni eshitsada, ammo bu tovush va ovozlarni bir-biridan ajratib olish qobiliyati yo‘qoladi. Masalan, it uvillashi, sigir marashi, soat chiqillashini bir-biridan ajrata olmaydi. Patologik jarayon miya po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan vaqtda eshitish agnoziyasi yuz beradi.

Yüklə 26,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin