Retsepsiya, retseptorlar hujayralar, tuzilishi va faoliyati Reja



Yüklə 26,66 Kb.
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü26,66 Kb.
#185262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Retsepsiya, retseptorlar hujayralar, tuzilishi va faoliyati Reja-fayllar.org

Zaif ko‘radigan bolalar. Bu guruhga odatda ko‘rish qobiliyati biroz saqlanganlar (0,04 -0,2 kiritiladi). Ular ko‘pincha maxsus yoritgichlar, lupalar va shunga o‘xshash moslamalar yordamida ko‘rib mashg‘ulotlarga faol qatnasha oladilar. Ko‘ra olmaslik ya’ni ko‘rlik ko‘rlarning asab faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Chunki ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi tashqi muhitga moslashishini murakkablashtiradi, lekin shuni ham yoddan chiqarmaslik lozimki, ko‘ra olmaslik umuman mehnat layoqatini yo‘qotish degani emas. Hayotda har kungi turmushimizda ko‘rlar o‘z ojizligini yengib hayotga imkon qadar moslasha oladilar. Ayniqsa, irodasi kuchli ko‘rlar bunday ojizlikka juda tez ko‘nikma hosil qilib, sog‘lom insonlardek o‘qiydi, o‘rganadi. Ma’lum bir kasb egasi bo‘ladi va jamiyatda o‘z o‘rnini juda tez topadi. Qanday kuch, qanday iroda, qanday chidamlilik bunday odamlarni o‘z ojizligini yengib o‘tishga undaydi? Bu masal juda ko‘p olimlar, pedagoglar uchun ko‘p yillar davomida muammo bo‘lib kelgan, har turli tajribalar ham o‘tkazib turilgan. Ba’zi olimlar agar inson organizmi a’zolaridan birirtasi o‘z funksiyasini bajara olmay qolsa, shuning hisobiga boshqa a’zolar faolroq ishlaydi, degan taxminga ham borganlar. Boshqa guruh olimlar esa ko‘rlarning sog‘lom odamlarga nisbatan teri sezgirligi va eshitish sezgirligi kuchliroq bo‘lganligi sababli ko‘rlikka ko‘nikib qoladilar degan fikrlar bildirishgan.
E.A.Asatiryan, P.K.Anoxin, A.R.Lauriya, M.I.Zemsova, S.I.Zilkina, V.S.Serlov, I.A.Skalyanskiy kabi olimlar keyinroq bu muammoni I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati haqidagi nazariyasiga asolanib organizmning doimo o‘zgarib turuvchi muhitga moslashish mexanizmi bilan isbotladilar. Masalan, normal ko‘ra oldigan odam doimo o‘zining ko‘rish qobiliyatiga tayanib turli harakatlarni bajaradi. Bunda eshitish teri orqali sezish funksiyalari unchalik ishtirok etmaydi. Ammo uning ko‘zlari bog‘lab qo‘yilgan holda yurmoqchi bo‘lsa oyoqlari bilan yerni paypaslab, har qanday tovush yoki ovozlargi hatto hidlarga ham e’tibor berib harakatlanadi va x.k. Demak, ko‘rlarda esa ko‘rish qobiliyati yo‘qligi sababli asosan eshitish va sezish analizatorlariga tayangan holda harakatlanadi.

Yüklə 26,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin