Bo'g'in dastlab ikki belgi asosida tasniflanadi



Yüklə 13,02 Kb.
tarix16.04.2023
ölçüsü13,02 Kb.
#98837
Bo


Bo‘g‘in. Sonning bir nafas zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovush birikmasidan iborat qismi bo‘g‘in deyiladi. Masalan, otamiz so zida
uch bo‘g‘in bor: o-ta-miz. Birinchi bo'g'in tovushdan, qolgan ikkitasi tovush
birikmasidan iborat. O'zbek tilida bo‘g‘in unlisiz tuzilmaydi. So'zda qancha
unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi. Bo'g'in sonini aniqlash uchun unlini sanab
chiqish kifoya.
Bo'g'in dastlab ikki belgi asosida tasniflanadi:
I. Unli yoki undosh bilan tugashiga qarab: a) ochiq bo'g'in; b) yopiq
bo'g'in farqlanadi.
Unli bilan tugagan bo'g'in ochiq bo£g‘in deyiladi: ona, ota, opa.
Undosh bilan tugagan bo'g'in yopiq bo‘g‘in deyiladi: mak-tab, rah-bar,
shax-mat.
Bir bo'g'in bittadan to'rttagacha, o'zlashma so'zda beshtagacha tovushdan
Iborat boladi: ona, bosh, tekst.
O'zbek tilida bo'g'inning quyidagi tipi mavjud:
1. Bir unlidan iborat: u (oimosh), e, о (undov so‘z).
2. Bir unli va bir undosh: un, uch.
3. Bir unli va ikki undosh: bur, daf-tar.
4. Bir unli va uch undosh: do‘st, mard.
5. Bir unli va to‘rt undosh: tekst, punkt.
Esiatma
Sof o'zbekcha so‘z o ‘zagida uchtagacha bo‘g‘in boiishi mumkin, Boshqa
bo'g'in tipi o'zlashma so'zga xos.
O'zbek tilida bo‘g‘in ajratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Undan
savod o'rgatishda, she’riy vazn o'lchovini belgiiashda hamda yozuvda bir
satrdan ikkinchi satrga ko'chirishda foydalaniladi.
Tilshunoslikdagi bo‘g‘in adabiyotshunoslikdagi hijo tushunchasiga har
doim ham to'g'ri kelmaydi. Hijo ham arabcha bo'g'in demakdir. She’rdagi
so'zning bir nafas zarbi bilan talaffuz etiladigan qismi, ya’ni she’r o'lchovidagi
dastlabgi ritmik biriik hijodir. Hijo ba’zan bo'g'indan farqli o'laroq undosh
tovushning o‘zidan ham tuzilishi mumkin.
Vasl bog'i ichra sendek shohi zolim ko'rmadim,
Ishq kuyida o'zimdek notavone topmadim.
(Navoiy)
Yüklə 13,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin