Reja: Korxona avtomatlashtirilgan boshqaruv obyekti sifatida 2 Menejmentning axborot texnologiyalari Katta hajmli kalendar rejali axborot texnologiyalari Materiallarga



Yüklə 86,5 Kb.
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü86,5 Kb.
#163549
  1   2   3   4   5   6
Menejment Tizimida Axborot Taminoti


Menejment Tizimida Axborot Taminoti


Reja:
1. Korxona avtomatlashtirilgan boshqaruv obyekti sifatida
2 Menejmentning axborot texnologiyalari

  1. Katta hajmli kalendar rejali axborot texnologiyalari

  2. Materiallarga bo‘lgan talabni rejalashtirish (MRP I)

  3. Xom-ashyo resurslarini rejalashtirishning yopiq davri (CL MRP)

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Korxona avtomatlashtirilgan boshqaruv obyekti sifatida
Har bir davlatning asosiy iqtisodini korxonalar tashkil etadi1, ular iqtisodning biznes faolligini belgilaydi, aholi bandligini ta’minlaydi, soliq tizimi orqali mamlakat byudjetini shakllantiradi. Korxona iste’molchilar talabini qondiradi, ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanadi (asosiy kapital, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari, informatsionniye texnologii menejmentning). Muvaffaqiyatli iqtisodiy faoliyat uchun korxona bozordagi holat strategiyasi va taktikasini ishlab chiqadi, mahsulot raqobatbardoshliligini, ish va xizmatlarni ta’minlaydi, imij va biznes obro‘sini saqlab turadi, doimiy ravishda ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni takomillashtiradi; fan va texnikaning yangi yutuqlarini, jumladan menejmentning axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishda qo‘llaydi.
Ishlovchilar soni va ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqib korxonalar kichik, oilaviy, o‘rta va yirik, savdo va savdo bo‘lmagan (savdo bo‘lmagan korxonalar uchun foyda olish faoliyatning asosiy maqsadi hisoblanmaydi) korxonalarga bo‘linadi.
Quyida korxonalarning tashkiliy shallari sanab o‘tilgan:
 individual korxonalar (oliy ma’lumoti bo‘lmagan yuridik shaxs);

  • hamkorlik (sherikchilik va jamoatchilik xo‘jaligi);

  • korporatsiya (aksionerlik jamiyati, davlat korporatsiyasi).

Korxona uchun uning javobgarligi, bo‘limlarning korxonaga bo‘ysunishi va bajarish funksiyalarini belgilaydigan tashkiliy strukturasi juda muhim. Quyidagi tashkiliy strukturalar mavjud:

  1. Iyerarxikmehnat taqsimotiga asoslangan; quyi bo‘limlarning yuqoridagilar tomonidan nazorati. Eng ko‘p boshqaruvning chiziqli-funksional tashkiliy strukturasi tarqalgan. Har bir boshqaruv funksiyasi uchun bo‘lim iyerxaxiyasi yaratilgan, javobgarlikning yagona boshlanishi amalga oshirilgan. O‘xshash tashkiliy ishlarning kamchiligi samaradorlik mezonlari va bo‘limlar ishi sifati hamda umumiy tashkiliy ishlarning farqi, boshqaruv qarorlarini kechikib qabul qilish, innovatsiyalarni va menejment tizimi sifatini joriy etishdagi qiyinchililar hisoblanadi.

  2. Divizion struktura diversifitsiyalangan faoliyatni amalga oshiruvchi, murakkab texnologik jarayonlardan foydalanuvchi yirik korxonlarda shakllangan. Bu boshqaruvni markazlashmagan tizimga o‘tish va korxona bo‘limlari – divizionlarga tezkor masalalarni yechishda mustaqil bo‘lish zaruriyatiga olib keladi. Divizionlarga boshqaruv qarorlarini amalga oshirish uchun muayyan resurslar beriladi, biroq strategi boshqaruv, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, moliyaviy boshqaruv korxona ko‘lamida markazlashgan holda qoladi.

  3. Matritsaviy struktura funksional bzlimlarning to‘liq yo‘qligi, boshqaruv apparatining qisqarishi, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda samarali usullarni qo‘llash imkoniyatini taqdim etadi. Matritsaviy strukturada bajaruvchilar funksional xizmat rahbariga va loyiha rahbariga bo‘ysunishlari mumkin. Matritsaviy strukturaning afzalligi loyihaviy maqsadlar va mijoz talablariga yo‘naltirilganlik, tezkor qaror qabul qilish, personning yakuniy natija – loyiha maqsadini tasavvur qilishdan iborat.

4.Strukturaviy bo‘limlarga muvofiq biznes jarayonlarni asosida tashkillashtiriladigan sxema; Har qanday darajadagi rahbar uchun bo‘ysunadiganlar soni chegaralanadi (5tadan ko‘p emas), bosh bo‘limlardan tashkil topuvchi qo‘mitalar tuziladi va ular har hafta biznes jarayonlarni har bosqichda uyg‘unlashtiradi va muvofiqlashtiradi, korxona faoliyatini yaxshilash va rivojlantirish bo‘yicha rahbariyatga reja va taliflar kiritadi. Ushbu tashkiliy struktura ichki va tashki omillar o‘zgarishiga tezda javob qaytarishga imkon beradi.
5.Ishlab chiqarish strukturasi – ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirishning keng tarqalgan shakli, mehnatni ixtisoslashtirish va bo‘lish bilan bog‘liq ishlab chiqarish bo‘limlarining tarkibi va o‘zaro aloqalarini belgilaydi. Ishlab chiqarish bo‘limlarining tarkibi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishi (texnologik operatsiyalarni takrorlamasdan) shart, bo‘lish ratsional ko‘rinishda joylashtirilishi shart.
Bo‘limlarning ishlab chiqarish kuchi o‘zaro mos bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish bo‘limlarining ixtisosligi va kooperatsiyasi bo‘lishi mumkin, bo‘limlarning iqtisodiy faoliyatida bozorning ahvoli hisobga olinishi shart. Ishlab chiqarish strukturasining birinchi elementi ishlab chiqarish jarayonining texnologik operatsiyalari bajarilishini ta’minlovchi ish o‘rni hisoblanadi (15.1-rasm). Texnologik jihatdan mahsulotlarning bir-ikki turini tayyorlash bo‘yicha ish o‘rinlari ishlab chiqarin hududini tashkil etadi. Hududlar texnologik (kam seriyali va yagona ishlab chiqarish), yopiq (yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish) bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish hududlari mahsulotning muayyan turini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan yoi chiqarilayotgan mahsulotning tayyorlanish jarayonini muayyan ishlab chiqarish bosqichini bajarishga ixtisoslashtirilgan sexlarga birlashadi. Sexlar ishlab chiqarishda birlashadi, ular turli geografik hududlarda joylashgan bo‘lishi mumkin.

Yüklə 86,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin