Mavzu: Metodik adabiyotlardan foydalangan holda imlo ustida ishlash imkoniyati mavjud mashq material



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix29.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#104813
Mavzu Metodik adabiyotlardan foydalangan holda imlo ustida ishl



Mavzu: Metodik adabiyotlardan foydalangan holda 
imlo ustida ishlash imkoniyati mavjud mashq material-
lari ustida ishlash. (1-4-sinf) 
Reja:
1. Imlo qoidasi ustida ishlash metodikasi.
2. Imloga oid mashqlar.
3. Metodik adabiyotlardan foydalangan holda imlo 
ustida ishlash imkoniyati mavjud mashq materiallari us-
tida ishlash. (1-4-sinf)
4. 1-4-sinf Ona tili darsligida berilgan imloga oid 
mashq materiallari ustida ishlash.
5. Mavzuga doir dars ishlanma tayyorlash.
6.Dars ishlanma muhokamasi.
1 . O'qituvchi imloviy malakaning psixologik tabi-
atidan kelib chiqib, kichik yoshdagi o'quvchilarda imloga oid 
malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini belgi-
laydi.
Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To'g'ri 
yozuv - maxsus nutq faoliyati; yozuv ham murakkab ha-


rakat bo'lib, uning asosida nutq yotadi. Imloviy malaka 
nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni sintaktik ji-
hatdan to'g'ri tuzish, so'zni uslubiy aniq qo'llashni ham 
o'z ichiga oladi.
Imloviy malaka murakkab malaka bo'lib, uzoq davom 
etadigan mashqlar jarayonida yaratiladi va so'zni fonetik 
tomondan tahlil qilish, uning morfemik tarkibini aniq-
lash ko'nikmasi kabilarga asoslanadi. Psixologiya malakani 
avtomatik harakat, ya'ni mashqlar natijasida asta-sekin 
avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. Avtomat-
la-shish o'rganilgan imlo qoidasining oson yoki qiyinligi-
ga bog'liq. Imloviy malaka o'z tabiati bilan avtomatik 
hisoblanmaydi. Malaka asosiga qo'yilgan ko'nikma mus-
tahkamlanadi, takomillashadi, yaxshi-lanadi (harakat 
tezlashadi, aniq va to'g'ri bo'la boshlaydi, ishonarli va te-
jamli bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning tuzil-
masi qayta quriladi: mayda birlik bilan ishlash kengroq, 
butun, qo^shilgan birliklar bilan ishlashga o'tadi (masa-
lan, so'zni harflab ko'chirish, bo'g'inlab ko'chirish bilan, ke-


yin so'zni yaxlit ko'chirish bilan, so'ngra u gapni ko'chirish 
bilan almashadi). Bir imlo malakasi avtomatlashadi, 
imloga oid boshqa hodisa o'rganiladi va asta-sekin so'zni 
to'g'ri yozish malakasi hosil bo'ladi. Umuman olganda
yozuv murakkab harakat sifatida ongli jarayonligicha qo-
ladi.
To'g'ri yozuv malakasining shakllanishi uchun 
o'quvchidan fikr-lash faoliyati talab etiladi. Biror to'g'ri 
yozuv hodisasini o'zlashtirish uchun o'quv va yodda saq-
lashgina emas, balki analiz va sintez ham tatbiq etiladi. 
Bunda grammatik va imloviy hodisalarning o'xshash va 
farqli tomonlarini aniqlash uchiin taqqoslash usulidan 
foydalanish hamda so'z va so'z shakllarini ma'lum gram-
matik yoki grafik gu-nihlarga ajratish, muayyan tizimga 
solish, tushuntirish va isbotlash mashqlaridan foydala-
nish muhim o'rin tutadi.
Shunday qilib, orfografiyani o'rgcitishda, grammati-
kani o'rgatish kabi, o'quvchilarning analitik-sintetik faoli-
yatini asta takomillashtira borish talab etiladi.


2 . Imloga oid mashqlar. Imloviy malaka ongli 
nutq faoliyatining avtomatlashgan komponentidir. Faoli-
yat avtomatlashishi uchun uzoq vaqt davomida maqsad-
ga qaratilgan mashqlar bajarib boriladi. Imloga oid 
mashqlar imloviy ziyraklik ko’nikmasini shakllantirishga, 
tegishli o’rinda qoidani tatbiq qilishga, mashqlarning 
qismlari o’rtasidagi bog‘lanishni belgilash, ularni umu-
miy va yagona faoliyat tizimiga kiritishga, o’quvchilar 
uchun qoidaning mohiyatini aniqlash va uni shakllanti-
rishga qaratiladi. Qoidani tatbiq qilish davridagina uning 
mazmuni chuqurroq o’zlashtiriladi. Metodikada imloga oid 
mashqlarga: 1) grammatik-orfografik tahlil; 2) ko’chirib 
yozuv: 3) diktantlar; 4) leksik-grammatik tahlil; 5) bayon-
lar kiradi. Grammatik-orfografik va leksik-orfografik tah-
lilda orfografiyaning grammatika va leksika bilan bog‘la-
nishi, ko’chirib yozuv va diktantda o’quvchilar faoliyatini 
belgilaydigan omillar, xususan, ko’chirib yozuvda ko’ruv va 
qo’l harakati uquvi, diktantda eshituv uquvi hisobga oli-
nadi.


3 . Imlo (arab. — to g ri yozish), orfografiya — so z 
va gaplarning, so z qismlarining fafika vositalari yorda-
mida to g ri yozilishi; muayyan tildagi to g ri yozish qo-
idalari majmui. Bu qoidalar so zlarning tovush tarkibi 
hamda so z va uning morfologik tarkibining yozilishi, 
so zlarni qo shib yoki alohida yozish, bosh harflarni to g ri 
qo llash, bo g in ko chirish va boshqa bevosita yozuv bilan 
bog liq bo ladi. Shu bois I. qoidalari vaziyatga ko ra o zga-
rib ham turadi. Kirill yozuvidagi o zbek adabiy tilining 
Imlo qoidalari 1940 yildan shakllana boshlagan bo lsa, 1956 
yilda mukammal qoidalar to plami qabul qilingan. O zbek 
adabiy tilida fonetik, morfologik, tarixiy-etimologik I. qo-
idalari amal qiladi. Fonetik yozuv I. qoidalariga muvofiq 
ayrim so zlarning o zak va qo shimchalaridagi o zgarish-
lar hisobga olinib, talaffuzga muvofiq yoziladi 
(ko k+ga=ko kka, bog +ga=boqqa, buloq + ga=buloqqa va 
boshqalar). Morfologik Imlo qoidasiga ko ra, aytilishi va 
eshi-tilishidan qat iy nazar, aynan o z holicha yoziladi 
(ichdi, tushdi, boribdi; bunda qo shimchalar — ti — ipti 


tarzida talaffuz qilinsa ham, di, — ibdi shaklida yoziladi). 
Tarixiy-etimologik qoidaga amal qilinganda esa suzlar uz 
holicha yoziladi (kitob, Muhammad, kimyo, tovar, geografi-
ya, Koreya, Fransiya va boshqalar). O zbek tilining lotin 
grafikasi asosidagi (1995 yil da qabul qilingan) alifbosi 
bo yicha asosiy imlo qoidalari O zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avg . qarori bilan 
qabul qilingan
4 . 
O`ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI
HARFLAR IMLOSI
UNLILAR IMLOSI
1.A a harfi:
1)aka, alanga, aloqa, og`a; sentabr, noyabr kabi 
so`zlarda old qator keng unumli ifodalash uchun yoziladi;
2)bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so`zlar-
ning oldingi bo`g`inda,vaqt,vahm kabi so`zlarda a aytiladi 
va yoziladi.
2. O o harfi:


1)ona, oton, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, 
mahorat kabi so`zlarda orqa keng unli ifodalash uchun 
yoziladi; 2)boks, poyezd, tonna, talon; argonom ,mikrofon, 
derektor, termos, kabi so`zlshanma so`zlardagi unlini ifoda-
lash uchun yoziladi.
3.Ii harfi:
1)ish, iz, qil; xirot,ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; vo-
lida, piramida; bilan, biroq, sira,qishloq, chiroy kabi 
so`zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2)o`tin, o`rik, bo`lim kabi oldingi bo`g`inida o` unlisi ke-
ladigan so`zlarning keyingi bo`g`inida i aytiladi va yoziladi.
4.Uu harfi:
1)uy, kun, buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq,usul,yul-
duz; mafkura; ko`zgu, uyqu;
aluminiy, yubiley kabi so`zlarda orqa qator unlini ifo-
dalash uchun yoziladi;
2)qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg`ovul, chirmovuq 
kabi so`zlarning oldgi bo`g`inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq 
bo`in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.


5.O`o` harfi : o`t, o`q, o`zbek, o`simlik, do`ppi; bo`tako`z, 
semizo`t, gulko`rpa, noo`rin kabi so`zlarda orqa qator 
o`rta-keng unlini ifodalashuchun yoziladi.
6.E e harfli: erkin, esla, evara, erkin, eksport; kel, 
zehn;kecha, behi; telefon, teatr; poezd, atelye; e`lon,ne`mat, 
she`r kabi so`zlarda old qator o`rta-keng unlini ifodalash 
uchun yoziladi.
7.Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
1)unlilar orasiga ba`zan y undishi qo`shib aytilsa 
ham, yozilmaydi:
a)ia:material, milliard, radiator; tabiat, shariat 
kabi;
b)io:biologiya, million, stadion, radio kabi;
e)ai:alkoloid, ellipsoid, doim,shoir, oila kabi;
f)ea:teatr, okean, laureat kabi;
2) ae,oe unlilari so`z ichida kelganda ikinchi unli y 
aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema 
kabi.
Boshqa hollarda yonma-yon keladigan unlilar odada 


aynan aytiladi va yoziladi:manfaat, kauchuk, aorta, sa-
odat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat,vacuum, muammo, 
matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin