Materiallarga bo‘lgan talabni rejalashtirish (MRP I) Material Requirement Planning (MRP I) standarti XX asrning 70 yillarida paydo bo‘lgan, u materiallarga (tovar) bo‘lgan talabni rejalashtirish vazifalarini yechishga, ishlab chiqarish zahiralarini boshqarishga imkon berdi, xususan:
komplekt mahsulotlar, ashyo va materiallar, detallar, yig‘ma birliklarga bo‘lgan talab grafigini hisobga olish;
material (tovar) va komplektlar yetkazilishiga tashqi buyurtmalarni shakllantirish;
ishlab chiqarish va savdo rejalarinimaterial va hokazolarga bo‘lgan talabni qondirishni hisobga olib yaxshilash.
Material (tovar) va komplektlarga bo‘lgan “aniq” talabni hisoblash mavjud zahiralarni, tugatilmagan ishlab chiqarish hajmi, ochiq buyurtmalar, ishlab chiqarish ritmi va tayyor mahsulotni sotishni ta’minlash uchun zahira mahsulotlarni saqlash darajasini inobatga olib amalga oshiriladi. Odatda, MRP sinfi axborot tizimlari ma’lumotlarni markazlashtirib qayta ishlashdan foydalanadi. MRP sinfi axborot tizimining sxematik ishlashi 15.2-rasmda tasvirlangan.
MRP axborot texnologiyasining asosiy kamchiligi ishlab chiqarish kuchini hisobga olmasligidir.
Ishlab chiqarish kuchiga bo‘lgan talabni rejalashtirish (CRP) Capacity Resource Planning (CRP) usuli tayyor mahsulotni chiqarish rejasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish kuchiga bo‘lgan talabni rejalashtirish maqsadida taqdim etilgan. Sxematichno funksionalnost informatsionnix sistem klassa CRP sinfi axborot texnologiyalarining sxemali ishlashini 15.3.- rasmda tasvirlangan kabi qo‘llash kerak. Hisob-kitobda ishchi markazlarning rejali yuklanishini balanslash (optimalllashtirmasdan) amalga oshiriladi.
Xom-ashyo resurslarini rejalashtirishning yopiq davri (CL MRP) Ishlab chiqarish va zahiralarni boshqarish Amerika jamiyatining American Production and Inventory Control Society (APICS) belgilashicha, xom-ashyo resurslari va ishlab chiqarish kuchini rejalashtirishning yopiq davri tizimi — Closed Loop MPR ishlab chiqarishning asosiy kalendar rejasini (MPS) mustahkam rejalashtirish va ishlab chiqishni ta’minlash bilan xomashyoga bo‘lgan talabni rejalashtirish atrofida sig‘imga bo‘lgan talabni hisobga olib qurilgan (CRP). CL MRP axborot texnologiyalari “ta’minot-ishlab chiqarish - sotish”ning yopiq zanjirida qarorlarni qo‘llab quvvatlaydi, biroq xo‘jalik bozor mexanizmlariga yo‘naltirilmagan.