Reja: Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida


 Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va



Yüklə 210,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix30.04.2023
ölçüsü210,56 Kb.
#104952
1   2   3   4   5   6
2-Topshiriq Abduqahharov Diyorbek

3. Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va 
sotsiologizatorlik konsepsiyalari.
Insonni o‘rganishga nisbatan «introvertiv» va «ekstrovertiv» yondashuvlar, 
ayniqsa, ajralib turadi.
Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar 
kabi muhim xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab etishni 
nazarda tutadi. Bunda insonning jismoniy va ma’naviy mohiyati haqidagi falsafiy 
mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy fanlarning empirik ma’lumotlariga, 
avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi, lekin, ba’zan mistika, 
ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Bunday yondashuvlar, ayniqsa, nemis 
antropologlari M.SHeler (1874–1928) va A.Gelen (1904–1976), avstriyalik 
faylasuf K.Lorens (1903–1989) ijodiga xosdir.
Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish 
go‘yoki «sirtdan» amalga oshiriladiki, buning natijasida diqqat markazidan uning 
ijtimoiy va tabiiy mohiyati o‘rin oladi; tegishli mo‘ljallarga muvofiq insonning 
Xudo, kosmos, universum va shu kabilar bilan aloqasi tahlil qilinadi. Bu erda 
falsafa ko‘pincha tarix, sotsiologiya, ekologiya, teologiya bilan ittifoq tuzadiki, bu 
hol diniy falsafa vakillari N.A.Berdyaev, S.N.Bulgakov, S.L.Frank, N.O.Losskiy 
kabi vakillariga ko‘proq xosdir. Shunday qilib, insonni falsafiy tushunish uchun 
yagona asos mavjud emas.
Biologizatorlik konsepsiyalari. Biologizatorlik konsepsiyalarining tarafdorlari, 
insonni uning tabiiy, biologik asosidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladi
XVIII asr oxirida jamiyat hayotiga ayrim odamlarning o‘z mavjudligi uchun 
kurash maydoni sifatida qarashni taklif qilgan T.Maltus nazariyasini bunday 
tushuntirishga bo‘lgan birinchi jiddiy urinish, deb hisoblash mumkin. Maltus 
fikricha, bu kurashda kuchlilar g‘olib chiqadi, kuchsizlar esa halok bo‘lishga 
mahkumdir. Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan, aholi soni 
geometrik progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik vositalari taklifi esa, 


faqat arifmetik progressiya bo‘yicha o‘sadi, bu esa muqarrar tarzda ocharchilik
epidemiyalar, urushlar va boshqa ijtimoiy tangliklarga olib keladi. Mazkur 
omillarga Maltus kuchlilarning yashab qolishini ta’minlovchi ijtimoiy 
munosabatlarning «tabiiy», muqarrar va hatto zarur tartibga solish vositalari 
sifatida qaraydi.
Biologizatorlik yondashuvlari XIX va XX asrlar chegarasida Darvinning tabiiy 
tanlanish haqidagi ta’limotini mutlaqlashtirib, nafaqat insonning kelib chiqishi, 
balki uning mohiyatini, pirovard natijada esa – butun ijtimoiy munosabatlar 
tabiatini tushuntirishga harakat qilgan sotsial-darvinistlarga ham xosdir. Hozirgi 
vaqtda bu yo‘nalishni odamlarga ham, hayvonlarga ham teng darajada xos bo‘lgan 
irsiyatga urg‘u beruvchi sotsiobiologiya davom ettirmoqda. Sotsiobiologlar fikriga 
ko‘ra, inson xulq-atvori ham, hayvon xulq-atvori ham irsiy omillar bilan 
belgilanadi va hech kim o‘z irsiyati ta’sirini – u xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon – 
engishga qodir emas.

Yüklə 210,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin