Reja: Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida


JAVOBLAR: 1. Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi



Yüklə 210,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix30.04.2023
ölçüsü210,56 Kb.
#104952
1   2   3   4   5   6
2-Topshiriq Abduqahharov Diyorbek

JAVOBLAR:
1. Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi
O‘rta asr insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot jarayonining eng uzoq davom 
etgan bosqichidir. O‘rta asr falsafasining shakllanish jarayoni Evropada xristian 
dinining vujudga kelishi va uning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lsa, Osiyo, Afrika 
mamlakatlarida, xususan Markaziy Osiyoda islom dinining kirib kelishi va uning 
rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Xristian dini eramizning I-II asrlarida Rim 
imperiyasining Sharqiy viloyati Falastinda paydo bo‘lib, O‘rta yer dengizi atrofiga 
yoyildi. Islom dini eramizni VII-VIII asrlarida uchta qit’a (Afrika, Osiyo va 


Evropa)ni qamrab oldi. Antik dunyoda ko‘p xudolilik dinlari hukmron bo‘lgan 
bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib yakka xudolik dinlari hukmron bo‘lib oldi. Shuning 
uchun o‘rta asr falsafasining ildizlari iudaizm, xristianlik va islom dinlariga borib 
taqaladi. Xristian falsafasi insonda xudoga o‘xshash fazilatlar, xislatlar mavjud 
ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat qildi. Xususan, xristian 
cherkovining buyuk namoyondalaridan biri Grigoriy Niskiyning tushuntirishicha, 
xudo podshohdir, butun koinotning jamiki mavjudotning egasidir. Xudoning 
insonni yaratishdan muddaosi, uni butun olamning xo‘jayini, chinakam podshoh 
qilish edi. Xristianlik dinigacha hech qaerda, hech qachon xudo bilan inson 
qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi deb tasvirlanmagan. Bu ikki asos: inson va xudo, 
hech qachon bir-birlari bilan qo‘shilib ketmagan edi.
Xristianlik dini o‘zining transsendental xususiyatiga ko‘ra, xudo bilan koinotga 
hukmronlik da’vosini qildi. Xuddi o‘sha hukmdor xudoni inson tanasiga o‘rnashib 
olishi ajablanarli holat edi. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, jon tanadan tashqarida 
yashay olmaydi degan aqida o‘rta asr xristian falsafasida, jon va tana 
muammosining asosini tashkil etadi. Inson to‘g‘risida ta’limot yaratishga uringan 
o‘rta asr xristian faylasuflaridan biri Origendir. Uning fikricha, inson degan tirik 
mavjudot jon, qalb va tanadan iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq emas, chunki u 
xudo tomonidan in’om etiladi. O‘rta asr xristian falsafasi qadimgi Yunon 
antropologiyasiga xos antik ratsionalizmni qayta ko‘rib chiqdi. Qadimgi Yunon 
antropologiyasining butun diqqat e’tibori, inson axloqi, bilimini ulug‘lashga 
qaratilgan bo‘lsa, o‘rta asr falsafasida esa, eng muhim insoniy fazilat, e’tiqod, 
ishonchga asoslangan inson erki hisoblanadi. Ya’ni, o‘rta asr sharoitida insonning 
aql-idroki o‘rniga, erki e’zozlandi. Inson ichki olamini har tomonlama o‘rgangan 
mashhur xristian faylasufi Avgustinning tushuntirishicha, inson yaxshilikni biladi, 
biroq undagi erk o‘ziga bo‘ysunmaydi, oqibatida u qilishi kerak bo‘lmagan 
narsalarni qiladi. Uningcha, Xristianlikka qadar bo‘lgan falsafiy ta’limotlarning 
hammasiga bir illat, bid’at yuqqan; ularning hammasi ham tafakkurni insonning 
eng oliy kuch-qudrati deb ko‘klarga ko‘tarib kelgan. Aqlning o‘zi ham dunyodagi 
eng shubhali va noaniq narsa bo‘lib, vahiy kelmaguncha bizni noma’lumlikdan 
yorug‘lik tomon olib chiqa olmaydi. O‘rta asr falsafiy fikr-mulohazalarida 
insonning oliy voqelikka munosabati ham o‘zgacha bo‘ldi. Antik falsafa 
ta’kidlaganidek, har bir kishining shaxsi, xudosi, o‘ziga nisbatan bo‘ladigan barcha 
munosabatlarni ham belgilab berar edi.
Musulmon madaniyati – ma’naviyatining nazariy-uslubiy asoslarini shubhasiz, 
islom dinining ikki yirik muqaddas manbasi: Qur’oni karim va Hadisi sharif 


tashkil etadi. Musulmon falsafasida hadisshunoslik o‘ziga xos o‘rin tutadi. Buyuk 
hadisshunoslardan Imom Buxoriy 7275 ta sahih hadislarni to‘pladi. Bu hadislarda 
umuminsoniy axloq to‘g‘risida batafsil gapiriladi. Buxoriyni shogirdi Iso at 
Termiziy musulmon hadislarni to‘plashda va uni har tomonlama tahlil etishda o‘ta 
fidoiylik qildi. Ayniqsa, hadislar to‘g‘riligi, ishonchliligining darajasini aniqlashda 
o‘z ustozi Imom Buxoriydan ham o‘tib ketdi. Bunday nozik ishni bajarishda, u 
ichki ezoterik uslubdan foydalandi. 

Yüklə 210,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin