Reja: Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida


Jamiyat va uning asosiy belgilari



Yüklə 210,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix30.04.2023
ölçüsü210,56 Kb.
#104952
1   2   3   4   5   6
2-Topshiriq Abduqahharov Diyorbek

Jamiyat va uning asosiy belgilari
Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga 
nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug’ mutafakkirlar 
e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo bilan 


bog’lab izohlashdir.Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va 
ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib 
birlashishga ko’nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat 
bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro 
munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, 
yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri 
bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish imkonini 
bergan.Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni 
uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shaxar) vujudga 
kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy,xuquqiy, 
iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy 
munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy 
extiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular moxiyatan inson va jamiyat 
mavjudligining zarur sharti xisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, 
maxalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z moxiyatini yo’qotadi.
Insonning moddiy extiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport 
vositalari, o’zini ximoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy 
extiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka 
intilish, bilim, san’at, oya, mafkura go’zallik bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi 
intilishlar kiradi. Insonning asl moxiyati moddiy extiyojlarni madaniy shakllarda 
qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladiMamlakatimizda ma’naviyat masalalariga 
aloxida e’tibor berilayotganining sababi xam ana shunda. Jamiyatning moddiy va 
ma’naviy xayoti kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari bilan uzviy boliq 
xolda vujudga keldi.
Jamiyatning moddiy xayotiga quyidagilar kiradi:
-kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy 
shart-sharoitlar;
-oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqili, kommunikasiya vositalari;
-moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
-ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida amal qiladigan iqtisodiy 
munosabatlar majmui;
-moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.


Jamiyatning ma’naviy xayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to’risidagi 
qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-
tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, 
tashkilotlar, turli uyushmalar) muxim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning 
siyosiy-xuquqiy jixatlari xam muximdir. Kishilar tamonidan siyosiy va xuquqiy 
bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida 
muxim axamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari qondirilishida mexnat, 
mulk va mexnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos axamiyatga ega. Mexnatning 
kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor 
bilan shuullanadigan toifalar, gurux, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular 
jamiyat strukturasida o’ziga xos o’rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan 
xissa qo’shadi.Jamiyat xayotiga barqarorlik va beqarorlik xam xos. Xar bir inson 
o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj 
bo’lgani kabi, jamiyat xam o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun 
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka extiyoj sezadi.Ijtimoiy tizim - murakkab ichki 
tuzilishga ega bo'lib, tartibli, bir butun, o'ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli 
ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi.har qanday ijtimoiy tizim tarkibiy 
tizimlar, masalan, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, ma'naviy, ijtimoiy turmush, fan va 
shu kabi sohalarda to alohida olingan insongacha bo'lgan ijtimoiy tizimlar shular 
jumlasidandir.
2. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi.
Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan bog’liq. 
Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi Yevropa fani va 
adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk tushunchalar ancha ilgari 
yuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar o’zlarining dunyolarini o’zgalar 
dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik davrda sivilizatsiya so’zi bilan 
belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga varvarlikni qarama-qarshi qo’yganlar. 


Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli 
ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan 
tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya 
tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. 
Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan, 
ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi. Masalan, nemis 
faylasufi I.Kant bu tushunchalar o’rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini 
ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning 
moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy 
qadriyatlarini tushunishgan. XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi 
O.Shpengler “Yevropa quyoshining so’nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya 
tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya 
madaniyatning eng yuqori bosqichi bo’lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin 
inqirozga yuz o’giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik 
jarayonlar majmuini nazarda tutgan.
Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri 
bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. 
Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu 
jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali 
hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-
sharoit yaratadi.
Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko’p serma’noligi tufayli unga 
aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud 
bo’lib, har bir o’ziga xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga 
alohida urg’u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi 
mohiyatini to’laroq anglab etishga xizmat qiladi. 
Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning 
birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy-texnik hamda ma’naviy 
yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning 
ma’lum darajasiga erishish bilan bog’liq bosqichini ham anglatadi. 
Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va makonda 
chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). 
Sivilizatsiya madaniyatso’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat 
ma’nosida ham qo’llaniladi. 
Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya 
tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-1789 yy) 


o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik 
ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda 
ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan. Sivilizatsiya 
ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va o’rta asrlarga qarama-qarshi 
qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida 
“madaniyatning o’zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, 
sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz 
to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib 
yuruvchi, ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya.
Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi 
taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi. Fransuz faylasuf 
ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat 
deb bilganlar. 
Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi va XVIII 
asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug’atidan mustahkam o’rin oldi. Shu 
davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. XIX asr 
boshlaridayoq sivilizatsiyalar to’g’risida ko’plikda fikr yuritila boshlandi, bu esa 
xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni anglatardi. 
O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va 
rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa to’la qamrab olgan 
dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) 
o’zining “Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan 
risolasida jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan tarixiy aylanma 
harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga ko’ra, barcha 
xalqlar o’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o’tadi: ibtidoiy varvarlik (“xudolar 
asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”) orqali demokratik respublika yoki 
konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi. Har bir tsikl 
mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl 
yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin 
yuqoriroq darajada o’tadi. Vikoning g’oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning 
rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos 
bo’lgan. 
Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus 
tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-
alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar 
“asosi” - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon 


bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari 
surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri 
bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va 
halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi.
Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald Shpengler (1880-1936 yy) ning 
fikricha, “sivilizatsiya” har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal 
bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida tushunish 
madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir. 
O.Shpengler “Yevropa quyoshning so’nishi” asarida G’arbiy Yevropa 
tarixiga xos evropotsentrizm, panlogizm, istorizm, to’g’ri chiziqli progressizm 
printsiplarini tanqid qildi va madaniy - tarixiy jarayonning aylanma harakati 
nazariyasini yaratdi. Bu nazariya sivilizatsiyaning tsiklli rivojlanishi, ya’ni 
takrorlanib turishi haqidagi konsepsiyaga olib keldi.
Shpengler ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevroposentristik sxemasiga 
tanqidiy yondashgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, 
Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. 
Shpengler fikriga ko’ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati 
(taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo’ladi, shundan so’ng u sivilizatsiyaga 
aylanadi va halok bo’ladi. Har bir madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va 
tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. 
Ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975) sivilizatsiyani 
yaxlit ijtimoiy tizim sifatida ifodalagan. U o’zining o’n ikki tomlik “Tarixni 
anglash” asarida keltirgan o’zaro o’rin almashuvchi lokal sivilizatsiyalar 
konsepsiyasida sivilizatsion taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida 
chaqiriq va javob nazariyasini ilgari surdi. 
Toynbining fikricha din har qanday sivilizatsiyaning o’zagi va tayanchidir. 
Sivilizatsiyalarni bir – biridan farqlash va tasnif qilishda u yoki bu jahon dinlarini 
asos qilib olinishi bejiz emasdir: musulmon sivilizatsiyasi, xristian sivilizatsiyasi 
va hokazo.
U dastlab 21, keyinchalik 37 ta sivilizatsini sanab o’tib, tarixiy jarayonning 
to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanishi haqidagi qarashlarga qarshi chiqdi va 
sivilizatsiyaning bosqichli-tsiklik rivojlanishini ta’kidladi. Toynbi Arab, Xitoy, 
Shumer, Mayya, Hind, Ellin, G’arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va 
Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa sivilizatsiyalarni tadqiq 


etish natijasida “...tabiiy muhitdagi va odamlar tegrasidagi yashash sharoitlarining 
og’irligi sivilizatsiyaning vujudga kelishiga sabab bo’ladi”, -degan xulosaga 
keladi. Toynbi sivilizatsiyalarga “evolyutsion tipdagi faol tuzilmalar” sifatida 
yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga 
kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy 
bosqichlardan o’tgach, sivilizatsiya, odatda, halok bo’ladi va uning o’rnini boshqa 
sivilizatsiya egallaydi.
Shunday qilib, sivilizatsion taraqqiyot xususida bugungi kunda ham 
yangidan-yangi g’oyalar yaratilmoqda, yangicha modellar taklif etilmoqda. Bu 
jarayonda globallashuv ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. 
3. “Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari Sharq va 
G‘arb madaniyatlarining o‘zaro bir-biriga ta’siri.
Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratigan moddiy va ma’naviy 
boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda bu jamiyat taraqqiyotining 
darajasini ham ifodalaydi ya’ni, jamiyatdagi bilim, ma’zon va qadriyatlarning 
yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda obyektiv 
qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi ma’naviy tasavvurlardan 
foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali 
yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o’ziga xos 
xususiyatlari bo’lib emas balki ularni yaxlit tasavvur etish imkoniyatini beradi. 
Sistemali yondashuv taraqqiyotining juda ko’p imkoniyatlaridan foydalanishga 
imkon yaratadi. Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o’ziga xos shaklda 
munosabat bildirgan kishilar hayot faoliyati sohalari, madaniyat institutlari tashkil 
topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy 
munosabatlar tamoyili, komunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib 
madaniyat tizimini belgilaydi.
Madaniyatni ilmiy izohlab uning tarixiy mazmuni va ma’nosi ijtimoiy, tarixiy 
bilimlar tizimidagi o’rni va mavqeyini asoslab beradi. “Madaniyat’’ atamasi 
hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. 
”Madaniyat” va “kultura” atamalari mutaxasislar fikriga ko’ra ayni ma’noni 
anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan. 


Keyinchalik “ma’rifatli bo’lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo’lish” mazmunida 
ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha 
“madaniy” – “shaharlik” dagan ma’noni bildiradi. Agar Amerikalik 
madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klakxonlarning 1952-yildagi 
ma’lumotlarga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa so’nggi 
adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.
Qadimi Rim “madaniyat” - tushunchasi hayotni ma’naviy jihatdan yanada 
yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g’amxurlik degan ma’noda ham 
foydalanilgan. Ko’rinib turibdiki ”Madaniyat” tushunchasi xilma-xil talqiniga 
qaramay qadimdan hozirgi kungacha o’z mohiyatini o’zgartirmagan.
-Hozirgi davrdagi madaniyaning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan 
yaratilga va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatining uziga 
xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyatning ”Tabiiy” turmush 
tarzi shaklida yashagan davrda : ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq 
tutish, chorvadorlik va dehqonchilik bilan shug’ullangan vaqtlarida madaniyat 
to’g’risidagi fikrning tug’ulishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda 
rivojlanuvchi jamiyatda inson o’z madaniyati bilan “qo’shilib” yashagan. Urf-
odatlar, e’tiqodlar hayotning moddiy va ijtimoiy shakillari undan farq qiladi. 
Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo’lishi bilan muayyan darajada 
texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi. 
Shu asosida madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko’proq 
mustaqqil bo’lib boradi. Insonning esa madaniyatga tobeliga ortadi.
Insoniyat jamiyati doimiy rivojida bo’lib, u o’zgarib takomillasib boradi. Turli 
tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o’zgacha 
anglaydilar va qabul qiladilar, o’zlariga xos ravishda tasavvurlari va bilimlarini 
hosil qiladilar.
-Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning keng jabhalaridan biridir. 
Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida 
mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqeylik sifatida madaniyatning o’ziga 
xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga 
singdirib oladi, saqlayda va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy 
hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga 
yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi.
Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o’rni, 
jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning 


xususiyatlariga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon kishilarning hatti-harakati, ya’ni 
sotsial faoliyati madaniy idiallarini, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi 
yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va 
shaxsiy munosabatlarining shaxslar aro va guruhlar aro aloqalari shakli 
vasifasini ham bajaradi.
Ijtimoiy taraqqiyot faoliyati bilan madaniyatning o’zaro munosabatlarida 
o’zgarishlarga olib keladi. An’anaviy va industrial jamiyatlarida informatsion 
faoliyat mustaqil sohani tashkil etgan bo’lsa, “kompyuter inqilobi” sharoitida 
informatsiyalar bilimlar ishlab chiqarilishi, ya’ni texnalogiyalar yaratish alohida 
turdagi faoliyat sifatida shakillanadi. Informatsiya qimmatbaho tavarga 
aylanadi. Jamiyat taraqqiyotida tarixiy inertsiya katta ta’sirini hisobga olish 
kerak. Inertsiyaning ta’sirida insoniyat bajarishi lozim bo’lgan vazifalardan 
tamoman boshqa narsalar bilan mashg’ul bo’ladi. Chunki jamoa tafakkuri 
qiyinchiliklari bilan qayta quriladi. Bu hozirgi davrdagi mavjud muammolarga 
o’xshash bo’lgan to’siqlarni o’tmishda odamlar qanday qilib yengib o’tganlarini 
o’rgana borib o’tmishga savollar bilan murojaat qilamiz, o’tmish bizga javob 
qaytaradi va shu bilan o’tmish, hozirgi zamon va kelajak o’rtasida doimiy 
muloqot bo’lib turadi.
Madaniyat kishilarga tana azolari, instinktlar yoki tug’ma iste’dod kabi 
tabiatdan berilmaydi, har bir individ o’zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil 
ravishda bevosita tevarak atrofidagi kishilarning, jamiyatning va o’tgan 
avlodlarning to’plagan tajribalarini o’zlashtiradi. Shaxsning shakillanishi 
jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek inson 
madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki 
shaxsiy “tabiat”ni ham o’zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi 
mazmuniga, “ikkinchi tabiati”ga aylanadi.
4.Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.
Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri. Qadriyatlar to'g'risidagi fan 
— «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta'limot ma'nosini anglatadi) 
falsafaning shu masalani o'rganadigan va u bilan shug'ullanadigan sohasi 
hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu to'g'rida nihoyatda kam ma'lumotlar bor edi. 
Istiqlol tufayli qadriyatlar to'g'risidagi qarashlarimiz shitob bilan o'zgardi. Sobiq 
ittifoqning ilgari ulug'langan partiyaviysinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona 


realliklari talablariga javob bera olmay, o'tgan o'n yilliklardan iborat tarix sahifalari 
bilan birga yopilib ketdi. O'zbekistonda qadriyatlarga e'tibor kuchaydi, uning turli 
qirralari olim va mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — 
aksiologiyaning ko'pdan ko'p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlarida 
o'ziga xos o'rin tutmoqtsa. «Moziyga qaytib ish ko'rmoq xayrlidir», — deb yozgan 
edi Abdulla Qodiriy «O'tgan kunlar» romanida. Xuddi shunday, «Qadriyat o'zi 
nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo'lsa-da, 
o'rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib 
bo'lmaydi. Qadriyatlar mavzuining tarixi. Qadriyatlar mavzuining tarixi, ildizlari 
va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o'tmishga ega. 
MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
REJA:
1. Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi.
2. Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari.
3. Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va 
sotsiologizatorlik konsepsiyalari.
4. Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi.

Yüklə 210,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin