M vzu a:’’Eng ulug’ fazilat’’. Darsning maqsadi: Ta’limiy



Yüklə 21,76 Kb.
tarix01.11.2022
ölçüsü21,76 Kb.
#67100
ochiq dars oqish


M vzu a:’’Eng ulug’ fazilat’’.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:o’quvchilarga yaxshilikka yaxshilik,yomonlikka yomonlik qaytishi haqida ma’lumot berish,’’Eng ulug’ fazilat’’ ertagi bilan tanishtirish. O’quvchilarda to’g’ri va ifodali o’qish ko’nikmalarini shakillantirish.
FK1: o’qilgan ertakning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy:O’quvchilarni o’zgalarga yaxshilik qilishga undash axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
TK5:yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi:o’quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini , bog’lanishli nutqlarini rivojlantirish.
TK3:ertak kitoblarni o’qib-o’rganib borish.
FK2:O’rganilgan asarlarning nomi,qahramonlar ining mazmunini ajrata olish.
Dars turi:yangi tushuncha va bilimlarni shakillantiruvchi.
Dars metodlari:suhbat,savol-javob,tushuntirish,”O’yla-izla top’’ ta’limiy o’yini.
Dars jihozlari:mavzuga oid resurslar,multimediya ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish.o’quvchilarni darsga hozirlash.
I.Uy vazifasini so’rash va o’tilgan mavzuni mustaIhkamlash
‘’Odamdan nima qoladi?’’ matni o’qitiladi.Mazmuni o’quvchilarga hikoya qildiriladi.

-Odamdan nima qoladi?


-Odam qachon obro’ topadi?
O’quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
III.Yangi mavzu bayoni.
-Bolajonlar ,siz yaxshilik haqida qanday ertaklar bilasiz?
O’quvchilarning javoblari tinglanib,yangi mavzu e’lon qilinadi.
-Bugun biz sizlar bilan’’Eng ulug’ fazilat”ertagi bilan tanishamiz.O’quvchilar bilan yaxshilik va yomonlik haqida suhbatlashiladi.Ularning fikrlari tinglanib ,to’ldiriladi.
O’qituvchi “Eng ulug’ fazilat ‘’ertagini ifodali o’qib beriladi.
Lug’at ishi:
Huzuriga-oldiga
Taqdirnoma-maqtov yorlig’i
Ma’murlar-ma’muriyatga doir boshqarish ijro bilan shug’ullanadigan kishilar.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Eng ulug’ fazil’’ ertagi o’quvchilarg jjjja navbat bilan o’qitiladi.
O’yla izla top’’o’yini . O’quvchilar darslikdagi savollarni o’qib ularga javob berishadi:
-Ota o’g’illarini qanday sinab ko’rdi?
-Nima uchun kenja o’g’ilning ishi otasiga juda ma’qul keldi?
V.Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash. O’quvchilarning javoblari to’ldirilib , Darsda o’rganilganlar yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
Dars xulosalanib,faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa berish.”Eng ulug’ fazilat” ertagini o’qish.
umumlashtiriladi.
Yüklə 21,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin