Reja: Ishqalanish detallarini uchun materiallar



Yüklə 26,05 Kb.
səhifə6/9
tarix25.12.2023
ölçüsü26,05 Kb.
#194845
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja Ishqalanish detallarini uchun materiallar-fayllar.org

Yeyilish — buyumlar sirtining oʻzaro ishqalanishi, tashqi muhitning bevosita taʼsiri tufayli ularning oʻlchamlari, shakli, massasi yoki sirtqi holatining asta-sekin oʻzgarishi. Mashina detallari, inshootlarning qismlari, kiyimlar va boshqa uchun yeyilish ishqalanish sharoitiga, materialning xossasiga va buyumning tuzilishiga bogʻliq boʻladi. Tashqi taʼsirlarning tabiatiga koʻra buyumlarning sirtqi qatlamlari abraziv, mexanikaviy, kimyoviy oksidlanib, termik yeyilish xillariga boʻlinadi. Abraziv yeyilishga asosan ishqalanish sabab boʻladi. Mexanikaviy yeyilishda ishqalanish, ezilish, toliqish natijasida buyum oʻlchamlari va massasi yoki ish sirtining holati oʻzgaradi. Kimyoviy, oksidlanib va termik yeyilishda buyum ob-havo (yogʻingarchilik, haroratning keskin oʻzgarishi, chang) va emiruvchi (oksidli va ishqorli) muhitlar taʼsirida korroziyalanib (metallda), eskirib yeyiladi. Yeyilish buyumlarning sifatini pasaytirishga, isteʼmol (ishlatish) qiymatini yoʻqotishga olib keladi. Mashina detallarining yeyilishini kamaytirish uchun maxsus moylar va surkov moylarini ishlatish, zanglashga chidamli materiallardan foydalanish va boshqa tavsiya etiladi. Buyumlar (mashina detallari va boshqa ishqalanuvchi buyumlar) materialining yeyilishga karshilik koʻrsata olish xususiyati eyilishga chidamlilik deb ataladi. U ishlash jarayonida buyumning massasi kamayishi va oʻlchami kichrayib borishi bilan baholanadi.
DVIGATEL- biror turdagi energiyani (masalan, suv, shamol energiyasini) mexanik energiyaga aylantirib beradigan mashina. Tabiiy energetika resurslari (yonilgʻi, suv energiyasi, shamol energiyasi va boshqalar) ni toʻgʻridan-toʻgʻri mexanik energiyaga aylantiruvchi Dvigatel birlamch ishchi Dvigatel deb ataladi (masalan, bugʻ mashinasi, bugʻ turbinasi va b.). Birlamchi Dvigatel hosil qilgan energiyani boshqa turga oʻzgartiruvchi dvigatel ikkilamchi dvigatel deb ataladi (masalan, elektr yoki pnevmatik dvigatel). Tabiiy energetika resurslari turiga qarab, issiqlik, gidravlik (suv), shamol va boshqa dvigatellar boʻladi. Issiqlik dvigateli oʻz navbatida bugʻ dvigateli va gaz dvigateliga boʻlinadi. Gaz dvigatel ichki yonuv dvigateli deb ham ataladi. Issiqlik dvigateli yadro kuch qurilmalarining tarkibiy elementlari sifatida ishlatilishi mumkin. Dvigatel statsionar (muqim), koʻchma va transport xillariga ham ajratiladi. Statsionar dvigatel bir joyga oʻrnatib ishlatiladi. Ko’chma va transport dvigatel traktor, avtomobil va samolyotlarga oʻrnatiladi. dvigatel asosiy ish organi harakati tarziga qarab, porshenli, parrakli (rotorli) va reaktiv xillarga boʻlinadi (bular quyidagilar; Aviatsiya dvigateli, Avtomobil dvigateli, Reaktiv dvigatel).

Yüklə 26,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin