Reja: Ishqalanish detallarini uchun materiallar



Yüklə 26,05 Kb.
səhifə1/9
tarix25.12.2023
ölçüsü26,05 Kb.
#194845
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja Ishqalanish detallarini uchun materiallar-fayllar.org


Reja: Ishqalanish detallarini uchun materiallar

Mavzu:Tribologiya asoslari bo’limlari bo’yicha glossariy tayyorlash
Reja:
1.Ishqalanish detallarini uchun materiallar.
2.Detallarni yeyilishga bardoshliligini oshirishning konstruktiv usullari.
3.Mashina detallarini moylash.
4.Mashinalarni ishqalanish uzellarini ishlatishdagi yeyilishga bardoshliligi.
5.Tribotexnikani istiqboldagi taraqqiyoti.
6.Xulosa.

Ishqalanish - bir-biriga tegishib turuvchi qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarning nisbiy ko'chishiga qarshilik qilish hodisasi. Ichki va tashqi xillari bo'ladi.Tashqi ishqalanish — bir-biriga tegib turgan qattiq jismlar yoki biror jismning o'zaro tegib turgan boʻlakchalari harakatlanib, bir-biriga nisbatan siljiganda mexanik qarshilikning vujudga kelish jarayoni. Ikki jismning bir-biriga tegib turgan sirtlarining o'zaro taʼsir kuchi — tashqi ishqalanish.Biron jismning boshqa jism sirti bo'ylab qanday harakat qilishiga qarab, statik ishqalanish yoki tinchlikdagi ishqalanish va kinetik ishqalanish xillari mavjud.
Gorizontal tekislikda ixtiyoriy yotgan jismga ishqalanish kuchi taʼsir qilmaydi. Agar jismni siljitish uchun unga kuch qoʻyilsa, ishqalanish vujudga keladi. Bir-biriga nisbatan qo'zg'almas bo'lgan sirtlar orasidagi ishqalanish tinchlikdagi ishqalanish deyiladi. Tinchlikdagi ishqalanish kuchi har doim jismga uning boshqa jism tegib turgan sirtiga parallel yoʻnalishda qoʻyilgan kuch G ga moduli boʻyicha teng va unga qara-maqarshi yoʻnalgan boʻladi:Qattiq jismlarda sirpanib ishqalanish va du-malab ishqalanish yuz beradi. Bir jism boshqa jism sirtida harakatlanganda hosil boʻladigan ishqalanish kuchiga sirpanib ishqalanish kuchi deyiladi; sirpanib ishqalanish kuchi jismning tegib turgan boshqa jismga nisbatan koʻchishiga qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Qattiq jismlarning sirpanishida ishqalanish kuchi faqat sirtlarning xossalariga va bosim kuchigagina emas, balki harakat tezligiga ham bogʻliq boʻladi.

Yüklə 26,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin