Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1Tuproq profilining tuzilishi


Tuproq morfologik belgilarini o’rganishning tuproqshunoslikdagi ahamiyati



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə5/11
tarix16.12.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#181549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3 seminar

Tuproq morfologik belgilarini o’rganishning tuproqshunoslikdagi ahamiyati. Tuproq morfologik belgilarini o’rganish tuproq paydo qiluvchi jarayonlarni hamda ayrim gorizontlarning tarkibi, xossalari, xarakteri asosida tuproq tiplari, tipchalari va turlarini aniqlash imkoniyatini beradi va tuproqlarni aniqlash uchun zarur. Tuproqlarni aniqlash uni u yoki bu tipga, tipchaga, xil va ayirmalarga mansub ekanligini aniqlashga imkon beradi.
Masalan, agarda tuproq qora tusli, donador yoki mayda kesakli strukturali, uning qora tusli chirindili qatlami 50-70-100 sm ga ega, va nihoyat chirindi osti qatlam xlorid kislotasi ta’sirida qaynasa (ya’ni karbonatliligining belgisi), bunday tuproqni biz ishonch bilan qora tuproqlar tipiga kiritishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilgan xususiyatlar qora tuproqlarni bildiradigan tip belgilari hisoblanadi. Tipga xos bo’lgan belgilarning qay darajada ifodalanishiga ko’ra o’z navbatida tipchalarga bo’linadi. Masalan, qora tuproqlar podzollangan, ishqorsizlangan, tipik, oddiy va janubiy tipchalarga bo’linadi. Ular bir-birlaridan qoramtir tusning namoyon bo’lish darajasi, chirindili qatlamining qalinligi (qalin - 1 m, o’rtacha 60-80 sm, kam < 60 sm va h.k.), strukturasining xarakteri va kislota ta’sirida qaynash chuqurligi kabi belgilari bilan farq qiladi. Tipchalar o’z navbatida avlodlarga, avlodlar turlarga, ular xillarga, xillar esa ayirmalarga bo’linadi.
Shunday qilib, tuproqlarning morfologik belgilarini o’rganishdan maqsad, ularni aniqlashda qaysi tip, tipcha, avlod, tur, xil va ayirmalardagi tuproq ekanligini aniqlashdan iboratdir. Bundan tashqari tuproqlarning morfologik belgilari ularning ichki xossalari bilan bog’liq bo’lib, kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalarini ham bildiradi va yaqincha aniqlashga yordam beradi.

2.2.Tuproq rangi va qalinligi

Qiyosiy-tarixiy usul asosida aktualizm prinsiplari yotadi va u hozirgi zamon tuproq hosil bo’lish jarayonlari va ularni hozirgi zamon tuproq hosil bo’lish omillari bilan bog’liqligini o’rganish asosida tuproqni relektov xossalarini tadqiqot qilishga imkon beradi. Qiyosiy-tarixiy usul bu tuproqlarni reliktiv xossalarini hozirgi zamon tuproq hosil bo’lish jarayonlari va omillarini o’rganish asosida modellashtirishdir. Qiyosiy – tarixiy usul aktualizm prinsiplariga asoslangan bo’lib, tuproq va tuproq qoplamlarini o’tmishini hozirgi vaziyatni o’rganish asosida tadqiqot qilish imkonini beradi. Ko’milgan tuproqlarni va tuproq gorizontlarini, tuproq reliktiv belgilarini batafsil o’rganish hamda ularni hozirgi jarayonlar bilan qiyoslashpaleotuproqshunoslikning asosini tashkil etadi. Paleotuproqshunoslik bu o’tgan zamon tuproqlari va hozirgi tuproq qoplamida oldingi zamon tuproqlari belgilari to’g’risidagi fan. Aktualizm prinsiplari oldingi epoxadagi tuproq sharoitlarini tuproqni hozirgi tuproq hosil bo’lish omillari yo’qotalmaydigan relikt xossalari bo’yicha rekonstruksiya qilishga imkon beradi.


Relikt bu qadimgi zamon (davr)dan qolib saqlanib kelinayotgan organizm, predmet, hodisa yoki belgi. Relikt so’zi rudiment, atavizm so’zlariga sinonim hisoblanadi va tuproqshunoslikda ishlatiladi. Hozirgi tuproqlarning hozirgi zamon tuproq hosil bo’lish sharoitlariga to’g’ri kelmaydigan barcha xossalari tuproqning relikt belgilari hisoblanadi. Masalan yaxshi aerasiyalanadigan tuproqlarda temir-marganesli konkresiyalarning mavjudligi, gumus zahirasini fitosenzning hozirgi zamon mahsuldorligiga mos kelmasligi, gumusning fraksion tarkibini hozirgi zamon tuproq jarayonlariga mos kelmasligi, hozirgi zamon tuproq jarayonlariga to’g’ri kelmaydigan temir, karbonat va boshqa akkumulyativ gorizontlarni mavjudligi, zamonaviy kelib chiqish imkonini bermaydigan sharoitda krotovinlarning mavjudligi.



Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin