Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1Tuproq profilining tuzilishi


Tuproqning mexanik tarkibi



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə3/11
tarix16.12.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#181549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3 seminar

Tuproqning mexanik tarkibi. Dala sharoitida o’rganilayotganda mexanik tarkibi tashqi belgilari asosida va barmoqlar orasida ezgilab taxminan qancha qum va loy zarrachalari borligiga qarab aniqlanadi. Shu maqsadda loyli halqalar qilib qum, qumloq, qumoq yokisoz tuproq ekanligini o’rganish ham mumkin. Mexanik tarkibiga doir aniq ma’lumotlar laboratoriya analizlari asosida olinadi.
Tuproq strukturasi. Tuproqning alohida agregat bo’laklar (donachalar) ga ajralib ketishiga tuproq strukturasi deyiladi. Bu agregatlar turli mexanik elementlarning bir-biriga birikishidan hosil bo’ladi. Struktura bo’lakchalarining shakli, o’lchami va sifat tarkibi turli tuproqlar hamda ularning alohida gorizontlarida har xil bo’lib, S.A.Zaxarov bo’yicha asosan: kubsimon, prizmasimon va plitasimon kabi 3 tipga va o’z navbatida turlar hamda xillarga ajratiladi (3-jadval va 8 -rasm).

1. J u d a z i ch q o v u h m a - tuproq chuqurini belkurak bilan kavlashning deyarli imkoni yo’q, misrang yoki metindan foydalanishga to’g’ri keladi.


2. Z i ch q o v u sh m a - chuqur ketmon yoki belkurak yordamida ancha qiyinlik bilan kavlanadi. Bunday zichlik og’ir qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqning illyuvial gorizonti uchun xarakterli.
3. G’ o v a k q o v u sh m a - chuqur oson kovlanadi, belkurak bilan tashlangan tuproq mayda bo’laklarga sochilib ketadi. Uvoqli donador, strukturali qumoq vasoz tuproqlar hamda yetiltirib ishlov berilgan tuproqlarning haydalma qatlami uchun xos.
4. S o ch i l m a q o v u sh m a - qumli va qumloq tarkibli tuproqlarning quruq haydalma gorizontlari uchun xarakterli.
Qovushma - tuproqni agronomik jihatdan baholashning muhim ko’rsatkichidir.
Tuproqning yangi yaralmasi va qo’shilmasi. Tuproq paydo bo’lish jarayonlarida vujudga keladigan va tuproq gorizontlarida to’planadigan turli shakl va kimyoviy tarkibli moddalarga ya n g i ya r a l m a deb ataladi. Tuproqda boradigan fizikaviy, kimyoviy hamda biologik jarayonlar natijasida o’simlik va hayvonot olamining bevosita ta’siridan hosil

8- rasm. Tuproq strukturasining turlari va shakllari (S.A.Zaxarov bo’yicha)


I kubsimon tip: 1- yirik uvoqli; 2- yong’oqsimon; 3- donador;
4- changsimon.
II prizmasimon tip: 5- ustunsimon; 6 -yirik prizmatik.
III plitasimon tip: 7- yassi qatlamsimon; 8- yaproqsimon.

bo’lishiga ko’ra k i m yo v i y va b i o l o g i k ya n g i ya r a l a m a l a r ajratiladi. Kimyoviy yangi yaralma tuproqdagi turli kimyoviy jarayonlar tufayli hosil bo’ladigan har xil birikmalardan iborat. Tarkibiga ko’ra yangi yaralmalar: suvda oson eriydigan tuzlardan, asosan natriy xlorid, natriy sulfat, kalsiy va magniy oksid va gidrooksidlari (odatda fosfor kislotasi bilan birga), temirning oksid birikmalari va chirindi moddalardan iborat bo’lishi mumkin.


Tuproq jonivorlarining hayot-faoliyati va o’simliklar ildizining rivojlanishi davrida paydo bo’lgan joylarda har xil organik birikmalar hamda ayrim jonivorlar organizmi orqali chiqarilgan moddalar biologik yangi yaralma deb ataladi. Bularga kaprolitlar – yomg’ir chuvalchanglari chiqindilari; krotovinalar - yer kavlaydigan hayvonlar (ko’rsichqon, yumronqoziq, sug’urlar kabilar) ning bo’sh yoki chiqindilar bilan to’ldirilgan yo’llari; yirik ildizlar chirishidan to’planadigan ildiz qoldiqlari; struktura bo’laklari ustida qoldirilgan nozik ildiz yo’llari - dendritlar singarilar kiradi.
Tuproqdagi yangi yaralmalar xarakteriga ko’ra tuproq genezisi va uning agronomik xossalari haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin. Jumladan, tuproqning yuqori gorizontlarida ko’kimtir va qo’ng’ir zang dog’larining bo’lishi, bu tuproqlarning botqoqlanish sharoitida vujudga kelganini ifodalaydi. Agar bu alomat hozirgi vaqtda paydo bo’layotgan bo’lsa, qishloq xo’jalik ekinlari uchun juda noqulay sharoit hisoblanadi.

3- jadval


Tuproq strukturasi bo’laklarining klassifikasiyasi



Turlar

Xillar

Bo’laklarning kattaligi





Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin