Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1Tuproq profilining tuzilishi


Tuproq profilining tuzilishi



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə2/11
tarix16.12.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#181549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3 seminar

2.1Tuproq profilining tuzilishi
Tuproq paydo bo’lish jarayonlari natijasida tuproqning ona jinslardan farq qiladigan muhim qator tarkibiy qismlari, xossalari va belgilari yuzaga keladi. Tuproq profilini tashkil etuvchi genetik gorizontlar o’ziga xos tashqi morfologik belgilari bilan ajralib turadi. Tuproqlar, sodir bo’ladigan ichki jarayonlarni, ularning paydo bo’lishi (genezisi) ni va rivojlanish tarixini namoyon etadigan, morfologik belgilar deb ataladigan, tashqi ko’rinishga ega. Ana shu belgilar asosida tuproqlarni ona jinslaridan va bir-biridan farqlab ajratish hamda tuproq paydo bo’lish jarayonlarining borishi, uning jadalligi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish mumkin. Tuproqning morfologiyasi haqidagi asosiy fikrlar V.V.Dokuchayev tomonidan aytilgan bo’lib, S.A.Zaxarov uni takomillashtirdi.
Tuproqning asosiy morfologik belgilariga: tuproq profilining tuzilishi, tuproq va uning alohida gorizontlarining qalinligi, rangi (tusi); mexanik tarkibi; strukturasi; qovushmasi; yangi yaralmasi va qo’shilmasi singarilar kiradi. Bularni o’rganish maqsadida tuproq chuqur (razrez) lari kovlanadi (4-rasm).


Tuproqning rangi (tusi) ko’zga yaqqol tashlanib turadigan eng muhim morfologik belgilardan biridir. Tuproqning rangi (tusi) unda kechadigan jarayonlarni ifodalab, tuproqlarni muayyan tiplarga kiritish imkonini beradi. Shuning uchun ham aksariyat tuproqlar uning rangi, tusiga ko’ra nomlanadi (podzol, qizil va sariq, qora, bo’z tuproqlar va h.k.)
Tuproqning rangi va tuslarida tuproq paydo bo’lish jarayonlari yaqqol aks etgan bo’ladi. Shuning uchun ham bu belgi tuproqda kechadigan ko’plab jarayonlarni va tuproqning kelib chiqish mohiyatini tushunishda alohida ahamiyatga ega. Tuproqning rangi uni tashkil etgan moddalar tusi hamda tuproqning fizik holati va namlik darajasi bilan aniqlanadi. Tuproq rangini belgilovchi eng muhim moddalar jumlasiga: 1) gumus, 2) temir birikmalari, 3) kremnezem birikmalari va ohak moddalari singarilar kiradi(7– rasm).
Tuproqda organik modda, gumus qancha ko’p bo’lsa, uning tusi shuncha qoramtir bo’ladi. Tuproq tarkibidagi temir oksidi birikmalari tuproqqa qizil, to’qsariq va sariq tus, temirning to’liq oksidlanmagan birikmasi (zakisi) - ko’kimtir, zangori, yashil tusni beradi. Masalan botqoq tuproqlarida uchraydigan vivianit (Fe3(PO4)2 ∙ 8H2O) tuproqqa yashilsimon ko’k tus beradi. Kremnezem (SiO2), kalsiy karbonati (CaCO3) va kaolinit (H2Al2Si6 O8 ∙ 2H2O) oq va oqish tus beradi, ba’zan oqish tus gips (CaSO4 ∙ 2H2O) va suvda oson eruvchi tuzlar (NaCl, Na2SO4 ∙ 10H2O va boshqa) ishtirokida ham yuzaga keladi.

Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin