Referati mavzu: Sharq mutaffakkirlarining borliq haqidagi qarashlari. Bajardi: Boratov B



Yüklə 48,13 Kb.
səhifə1/7
tarix27.04.2023
ölçüsü48,13 Kb.
#103225
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Falsafa. REFERAT



Islom Karimov nomidagi TDTU Qo’qon filiali
Elektronika va Elektr texnikasi fakulteti
11-20 “E.A” guruhi talabasi
Boratov Bunyodjonning
FALSAFA fanidan


REFERATI




Mavzu: Sharq mutaffakkirlarining borliq haqidagi qarashlari.
Bajardi: Boratov B.
Qabul qildi: Xolmirzayev N.


Qo’qon 2023.


Sharq mutaffakkirlarining borliq haqidagi qarashlari.


Reja:


1. Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari.
2. Abu Nasr ForobFozil odamlar shahri asaridagi ijtimoiy qarashlar.
3. Abu Ali ibn Sinoning satsialogik qarashlari.
4. Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari.
5. Aziziddin Nasafiyning ontologik qarashlari.
6. Xulosa va takliflar.

Sharq mutaffakkirlarining borliq haqidagi qarashlari.
Sotsial-gumanitar bilimlarni egallash jarayonlarida muhim orinni sotsiologik talimotlar egallaydi. Sotsiologik talimning muhim funksiyalaridan biri – bu sotsial tafakkurni shakllantirish, sotsiologik muammolarni tushunish, ularning kelib chiqish manbalarini aniqlash va bartaraf etish yollari va imkoniyatlarini qidirib topishdan ham iboratdir. Hayot bir joyda turgun bolmaganidek, sotsiologiya fani ham rivojlanishdan toxtab qolgani yoq. Sotsiologiya fanini umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan organish, pirovard amaliy maqsadga erishish, yani totalitar tartibotlar tizimini inkor etish va xalqchillik, adolat hamda keng jamoatchilik fikri, intilishi, maqsadlari asosida ijtimoiy faoliyat yuritish imkonini beradi. Sotsiologaya boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida oziga xos oringa ega bolib, jamiyatni bir butun tizim sifatida hamda ijtimoiy mu-nosabatlarni va shaxs xulq-atvorini aniq shart-sharoit bilan bogliqlikda organuvchi yagona fandir. Sotsiologiya insonni ijtimoiy guruh vakili sifa-tida, ijtimoiy maqom va muayyan ijtimoiy rolni ifodalovchi sifatida orga-nadi. Kirish

Mavzuning dozartligi: Sotsiologiya kursi shaxsning fuqarolik va professional jihatlarini, uning intelekti va ijodiy qobiliyatlarini, yalpi umumgumanitar madaniyatini shakllantirishga komaklashadi shuni korsatish maqsada bajardik. Ayniqsa, sotsiologiyani organish bolajak oqituvchi kadrlar uchun juda muhimdir. Chunki har bir psixologiya-pedagogikaga oid masala sotsial rivojlanishning oziga xosligi bilan chambarchas bogliq. Sotsiologiyani pedagogik oliy oquv yurtlarida oqitilishining aktualligi yana shu narsa bilan bogliqki, xalq talimi rivojlanishi, ravnaqi sotsial taraqqiyotning muhim dalilidir. Shaxs yoki guruh oldida turgan muammolar u yoki bu darajada insoniy munosabatlar xarakteri, atrofdagilar bilan hamkorlikda yashay olish, qad-riyatlarga va axloqiy meyorlarga tayanish, ularni saqlab qolish, murosaga kirishish yoki murakkab nizoli vaziyatlarni hal qilish bilan uzviy bogliq boladi. Inson oldida turgan muammolar qanchalik murakkab bolsa, ularni hal qilishda shaxsning ozini anglab yetishi, ozi yashayotgan jamiyatni chuqur va atroflicha bilishi shunchalik katta ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislar oz sohalarini bilishlari bilan bir qatorda odamlarning qi-ziqishlari, manfaat va intilishlarini, ijtimoiy munosabatlar bilan yaqindan tanish bolishi kerak. Chunki ular asosida ijtimoiy guruhlar, jamiyat va umuman, butun dunyo hamjamiyati shakllanadi. Sotsiologiyani bilish mu-rakkab ijtimoiy tizimlarni, ijtimoiy institutlarni tahlil qilishga tajriba va bilim bilan qurollanib, hayotni organishga yordam beradi. Sotsiologik ta-fakkur orqali esa ijtimoiy hayotni ilmiy baholash va obyektiv axborot olish mumkin.


1. Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari osha davr allomalari ijtimoiy hayotning turli sohalarini ilmiy asosda tadqiq qilganlar va ozlarining ijtimoiy qarashlarini oz asarlarida yozib qoldirganlar. Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy ozining «Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob», «Siyosat al- Madaniya» kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida oz fikr mulohazalarini bayon qilgan. U ozi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, uning ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga oringan. Davlat va jamiyat masalasida davlatni ijtimoiy tuzumini boshqaruvchi tashkilot deb, uni muvaffaqiyatli boshqaruv esa kop jihatdan davlat boshligi, hokimning xarakteriga, fazilatlariga bogliq deb bilgan. K.Yunusov.Sotsiologiya oquv qollanma.. А й 20-бет.


«Fozillar shahrining birinchi boshligi, - deb ta'kidlagan Forobiy, shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bolib, u tabiatan un ikkita xislat – fazilatni ozida birlashtirgan bolishi zarur». U madaniy jamiyat va madaniy shahar shunday boladiki, shu mamlakatning aholisi ijtimoiy jixatlarini shaxsiy kuzatishlari, ilmiy jixatdan namunali, har bir odam kasb hunarda ozod, hamma barobar boladi, kishilar ortasida farq bolmaydi, har kim ozi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shugullanadi. Odamlar chin ma'nosida ozod boladilar – degan fikrlari Forobiyning jamiyat hayotini chuqur tahlil qilganligidan dalolat beradi. Forobiy olamni anglashda vorisiylik omilini ham aloxida ta'kidlab otadi. Uning fikricha, inson barcha haqiqatlarni ozini qisqa umri davomida anglashga, tabiat va jamiyatning barcha sir- asrorlarini tushunib, idrok eta olishga qodir emas. Shuning uchun u uzidan oldingi allomalarning fikr-xulosalarini hech ikkilanmay ozlashtirish lozim deb ta'kidlaydi. Forobiy bolardan tashqari ijtimoiy fikr masalalariga ham katta axamiyat beradi.


Abu Rayxon Beruniy ozining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mineralogiya», «Hindiston» kabi asarlarida ijtimoiy xayot masalalari yoritilgan. «Mineralogiya» asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy ahvoli, erdagi burchi, oliyjanobligi, shuningdek jamiyat xayoti, ijtimoiy adolat tugrisidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan. Beruniy tom ma'noda oz davri etnosotsiologi ham edi. «Etnosotsiologiya – etnos – millat, logos - ta'limot». «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yaxudiylar, arablar, turklar tugrisida, «Hindiston» kitobida esa hind jamiyatining ichki tuzilishi haqida ma'lumotlar yozib qoldirgan. Beruniy xindlarning bayramlari, nikoh masalasini organgan. Beruniy sotsilogiyasidagi muhim soha ijtimoiy tabaqalashuv haqida ham fikr yuritib, «Tillarning turlicha bulishiga sabab bolgan odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli hohishlarni ifodalash uchun zarur bolgan sozlarga ehtiyoj tugilishidir. Uzoq zamonlar utishi bilan haligi iboralar kopayib, yodda saqlanishi va takrorlanishi natijasida tarkib topib, tartibga tushgan»2. Beruniy ilmiy ijodida, jamiyat hayotini organishda ilmiy kuzatish, taqqoslash, tavsiflash kabi Sotsiologiyaning emperik usullaridan keng va oqilona foydalangan.


Forobiyning shogirdi Ibn Sino ( ) ham ijtimoiy hayotni organish va tadqiq qilishga harakat qilgan. Uning aksariyat asarlari ahloqiy qarashlardan iborat bolgan. U oz asarlarida bir qancha ahloqiy fazilatlarga ta'rif beradi. chunonchi, iffat, himmat, adolat, saxiylik, qanoat, sadoqat va boshqalar shular jumlasidandir. Alloma tasavvuf falsafasi va tasavvufiy axloqshunoslikka doir asarlar ham yozgan. U shuning uchun ham «Shayx-ur-Rais» ya'ni shayxlarning raisi degan nom olgani bejiz emas. Ibn Sino tabiat va jamiyat haqida fikr yurita turib, oz-ozini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga tushishi va harakatlanishi deb ta'kidlaydi. Jamiyat a'zolarining erkin yashashlari uchun osha jamiyat, davlat va odamlar birgalikda faoliyat korsatishi shartligini asoslaydi. Yanada oddiyroq qilib aytganda, dunyo kamoloti uchun jamiyatdagi yashaydigan odamlar erkin faoliyat qilishlari lozim. Ana shundagina ijtimoiy xayot oz orniga tushishi mumkin. Jamiyat hodisalarini organish, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy guruhlar muammolari ham Ibn Sinoning diqqat markazida turgan. «Ibn Sino dunyoning abadiyligi har bir yuz beruvchi narsaning albatta bir kun kelib yaratilishi mumkinligi bilan izohlanishini, dunyoda gayritabiiy narsalarning yoqligini ham ta'kidlaydi». Ibn Sino sotsiologiya tegrasida ancha samarali ishlar olib borgan. Buyuk vatandoshimiz savob va jazo masalasida ham mohiyatan tasavvufiy yonalishda fikr yuritadi. U yana inson taqdiri masalasi bilan ham qiziqqan.





Yüklə 48,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin