Oʻrganish boʻyicha savolnoma Ijtimoiy-maʼnaviy muhit



Yüklə 16,04 Kb.
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü16,04 Kb.
#123138
  1   2

Oʻrganish boʻyicha savolnoma


Ijtimoiy-maʼnaviy muhit
Rahbar va xodimlarning yuqori kasbiy bilimga ega ekanligi, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetishi.
Rahbarlar va xodimlarning maʼnaviy yetukligi, keng dunyoqarashga
va mustaqil fikrlashga layoqatliligi hamda tashabbuskorligi.
Oliy ta'lim muassasasi rahbarlarining professor-oʻqituvchilar va xodimlar bilan oʻzaro munosabatlari oʻrtasidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitning holati.
Rahbar xodimlarning talabalar bilan ishlashda samarali ijtimoiy-maʼnaviy muhitning yaratilganligi.
Oliy ta'lim muassasasida taʼlim jarayonlarini tashkil etish va olib borish uchun talabalar va professor-oʻqituvchilarga yaratilgan sharoitlarning mavjudligi.
Rahbar va xodimlarning odob-axloq meʼyorlariga rioya etish holati.


Taʼlim sifatini taʼminlash
Oliy ta'lim muassasasida oʻquv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida toʻgʻri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligi (jumladan, axborot tizimiga maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi).
Malaka talabalari, oʻquv reja va dasturlarning mehnat bozori talablariga mos boʻlgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligi.
Oʻquv mashgʻulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlar sifatini nazoratini talab darajasida yoʻlga qoʻyilganligi.
Taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ijobiy ishlar
va ularning natijadorligi.
Dars oʻtish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligi.
Oliy ta'lim muassasasi talabalarining fanlarni oʻzlashtirish darajasi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni taʼminlanganligi boʻyicha koʻrilgan choralar samaradorligi.
Professor-oʻqituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligi.
Professor-oʻqituvchilarni ishga olish jarayonlarini shaffofligi, ularga oʻquv yuklamasini adolatli taqsimlanganligi.
Axbort-resurs markazining holati, fanlar boʻyicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoit.
Oliy ta'lim muassasasini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilganligi (eng soʻnggisi).
Oliy ta'lim muassasasi bitiruvchilarini soʻnggi 2 yilda oʻzining mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashganlik darajasi, bitiruvchilarni davlat xizmatiga jalb etilishi.
Oliy ta'lim muassasasida mustaqil taʼlimni talab darajasida tashkil etilganligi (yoʻriqnoma yoki uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqilganligi, mustaqil taʼlimni tashkil etish uchun talablarni qoʻyilganligi, talabalar yuklamasini shakllantirilganligi).
Oliy ta'lim muassasasida plagiatga qarshi dasturlarni joriy etilganligi (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etilganligi va koʻchirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etilganligi)
Professor-oʻqituvchilar va bitiruvchi kurs talabalarining bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha sertifikatga egaligi* (mazkur band xorijiy tillar boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalariga tegishli).



Yüklə 16,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin