Referati mavzu: Sharq mutaffakkirlarining borliq haqidagi qarashlari. Bajardi: Boratov B


Aziziddin Nasafiyning ontologik qarashlari



Yüklə 48,13 Kb.
səhifə4/7
tarix27.04.2023
ölçüsü48,13 Kb.
#103225
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Falsafa. REFERAT

5.Aziziddin Nasafiyning ontologik qarashlari. Nasafiy borliqni «Zubdat ul – Haqoyiq» «Haqiqatlar qaymog‘i» asarida Olami Kubro (katta, ulug‘ Olam, yunon falsafasidagi Makrokosm) va Olami sug‘ro (Kichik Olam, inson borlig‘i, yunon falsafasidagi Mikrokosm) ga ajratadi hamda ular orasidagi uzviylikni ko‘rsatadi. Asarning birinchi bobi Olami Kubro, (makrokosm, kosmos) uning kelib chiqishi, strukturasi va boshqa ontologik muammolarni yoritishga bag‘ishlangan.
Yangi davrda borliq masalasi. Yangi davrda borliqning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki tabiat qonunlariga bog‘lanadi. Tabiat borliqning butun yashirin ma’nosini qamrab oladi, shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini sinab ko‘rish muhimdir. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Yuzaga kelayotgan kapitalizm ta’sirida tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni shakllantiradi.
XVII-XVIII asrlarning faylasuflari Golbax, Gelvesiy, Lametri borliq tushunchasini fizik borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni «naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan.
XX asrda borliqqa munosabat. XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yo‘nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Noklassik borliq. Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar umuman ontologiyani yaratishdan bosh tortdilar. Irratsionalizm, marksizm va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida noklassik falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz.

Yüklə 48,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin