Referat mavzu: jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari bajardi: Pulatov u toshkent 2012


pariteti» yoki «valyutaning oltin tarkibi»



Yüklə 94,61 Kb.
səhifə5/16
tarix25.12.2023
ölçüsü94,61 Kb.
#195798
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org

pariteti» yoki «valyutaning oltin tarkibi» deb nom oldi. Oltin tanga andozasi
davrida, oltin hisobiga ikkiyoqlama funktsiya amalga oshirilgan. Mazkur 
funktsiyalar: xalqaro hisob-kitoblarda tan olingan to`lov vositasi sifatida hamda
bir vaqtning o`zida, ichki bozorda yagona qabul qilingan almashuv va to`lov 
vositasi edi.

Oltin ushbu funktsiyalarni ta`minlashi uchun, quyidagi shartlar 

bajarilishi shart bo`lgan:
1) Markaziy bank oltinni, belgilangan kurs bo`yicha, chegaralangan 
miqdorda sotishni va sotib olishni kafolatlashi.
2) Oltin egasiga, davlat zarbxonasida tayyorlangan oltinni tanga va quyma 
shaklida har qanday miqdorda saqlashi. Oltin zahiralarni saqlash jarayoni esa,
tezavratsiya degan nom olgan. 
3) Oltinning import va eksporti chegaralanmaganligi.
Ushbu shartlarning bajarilishi, tangani metall qiymati va nominali har doim 
bir xilda bo`lishi ta`minlangan. O`z-o`zidan, oltin tanga andozasi sharoitida,
likvidlilik - sanoat maqsadlari uchun zarur bo`lgan oltinni ishlab chiqarish tezligi 
va oltinning miqdori bilan aniqlangan.
Barcha valyutalar va oltin o`rtasidagi yaqin bog`liqlik, xalqaro hisob-
kitoblarni amalga oshirishda, ma`lum ta`sirini o`tkazdi.
Oltin andozasining avtomatik faoliyati deb ataladigan jarayon quyidagicha 
amalga oshdi: to`lov balansida taqchillik mavjud mamlakat, ma`lum miqdordagi
oltinni chet elga olib chiqishi shart bo`lgan. Bu muomaladagi pul massasini 

kamaytirib, deflyatsiyaga olib kelgan (deflyatsiya -muomaladagi pul massasi


o`sishini chegaralash jarayoni, inflyatsiyaning teskarisi). Va aksincha, bir 
mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oltinning olib kelinishi, ikkinchisida
inflyatsiyani keltirib chiqargan. Shu yo`l bilan hosil qilingan narxlar o`rtasidagi 
farq, oltin olib chiqilgan mamlakat uchun foydali hisoblangan. Eksportni
kengaytirish, importni qisqartirish orqali, bunday mamlakat to`lov balansini 
yaxshilagan.
Shuningdek, tartibga solish jarayonida pul (oltin) taqchil bo`lgan 
mamlakatda hisob stavkalarini oshirish va aksincha, pul (oltin) ortiqcha bo`lgan
mamlakatda hisob stavkasini tushirish qo`llanilgan. Yuqoridagilar natijasida 
yuzaga keladigan kapital ko`chishi, ikki mamlakat o`rtasidagi to`lov holati
balanslanishiga yordam bergan. 
Oltin andozasi sharotida, birja almashuv kurslari juda tor chegarada +1%ga
tebranishi mumkin edi. Bu holat yuqori va quyi «oltin nuqtalari», deb nom 
oldi. Rasmiy paritetdan bunday og`ishishni, oltin oldi-sotdisi paytida fraxt va
sug`urta bilan bog`liq xarajatlarning kelib chiqishi, tashiladigan oltin qiymatining 
+l%ini tashkil etganligi bilan tushuntirish mumkin. Agar, ma`lum valyutaning
almashuv kursi, o`z paritetidan yuqori bo`lsa, xorijiy valyutani sotib olishdan, 
oltinni tashib keltirish arzon hisoblangan. Debitor o`z pulini oltinga almashtirib,
qarz to`lagan. Boshqa tomondan, agar valyuta kursi tushsa, kreditor qarzni oltin 
bilan to`lanishini talab qilgan. Bu tizimda valyuta munosabatlari davlatning
aralashuvidan xolis tarzda amalga oshirilganligidan hamda almashuv kursining 
tebranishi sezilarsiz bo`lganligidan, valyuta riski past edi. Mazkur tizim 1914
yilgacha amalda bo`ldi. Birinchi Jahon urushi yillarida yuzaga chiqqan 
iqtisodiyot uchun yirik hajmdagi zaruriy mablag`lar, faqatgina qo`shimcha pul
chiqarish yo`li bilan qondirilishi mumkin edi. Ichki bozorga salbiy ta`sirini 
inobatga olib, ko`pgina mamlakatlar oltin andozasiga asoslangan qoidalarni bekor
qiluvchi chora-tadbirlarni qo`lladilar. Bu esa, Parij Jahon valyuta tizimini amalda 
parokandalikka olib keldi.





Yüklə 94,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin