Referat mavzu: jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari bajardi: Pulatov u toshkent 2012


Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi



Yüklə 94,61 Kb.
səhifə3/16
tarix25.12.2023
ölçüsü94,61 Kb.
#195798
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org

Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi - eksport va import uchun
to`lovlarni, tovar, kapital, xizmatlar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishda 
xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish orqali samarali vositachilik qilish,
shuningdek, xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish uchun, mamlakatlar 
o`rtasidagi munosabatlarda qulay muhitni yaratishdan iborat.
Jahon valyuta tizimi yordamida iqtisodiy resurslarning bir mamlakatdan 
boshqasiga ko`chishi yoki aksincha, ushbu jarayon chegaralanishi, milliy
iqtisodiyot mustaqilligi cheklanishi yoki kengayishi, iqtisodiy muammolarni 
(masalan, ishsizlik, inflyatsiya) bir mamlakatdan boshqasiga “ko`chib o`tishi”
mumkin.

Jahon valyuta tizimi faoliyat yuritish va tartibga solishning alohida


mexanizmlariga ega va jahon xo`jaligining global maqsadlarini ko`zlasada, u milliy 
pul va hududiy valyuta tizimlari bilan chambarchas bog`langan.
Jahon valyuta tizimi xalqaro pul munosabatlari tashkil topishining tarixiy 
shakli bo`lib, u davlatlararo shartnomalar orqali mustahkamlangan.
Jahon, hududiy va milliy valyuta tizimlari doirasida, quyidagi moliyaviy 
operatsiyalar amalga oshiriladi:
1) Valyuta konvertirlanishi - milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish; 
2) Tijorat banklari va birjalarda valyuta oldi-sotdi operatsiyalari. Bu

valyuta dilingi deyiladi.
Hozirgi kunda, operatsiyalarning asosiy qismi naqd pulsiz holda amalga 
oshiriladi. Bir bankdan boshqasiga pul o`tkazish vakillik hisobvaraqlar orqali
amalga oshiriladi. Banklararo amaliyotda LORO (Siz bizda) va NOSTRO (biz 
Siznikida) hisobvaraqlari mavjud.
3) Tijorat banklarining depozit-kredit deb nomlanuvchi, valyuta mablag`larini 
jalb qilish va joylashtirish bilan bog`liq operatsiyalari.
Bu operatsiyalar - o`zaro kreditlash, o`z va jalb qilingan mablag`larni 
joylashtirish, kreditlarni taqdim etish, rasmiylashtirish va monitoring bilan bog`liq


banklararo operatsiyalardir.


4) Tashqi savdo operatsiyalarida, xalqaro amaliyotda qabul qilingan turli 
shakldagi hisob-kitoblarda bank xizmati ko`rsatish;
5) Oltin va fond instrumentlari (mulkchilik titullari, obligatsiyalar, 
ikkilamchi moliyaviy instrumentlar va h.k.) sotish yoki sotib olish maqsadida,
moliya bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Bu operatsiyalarning
barchasi investitsiya maqsadlarida, shuningdek, chayqovchilik yoki
xejerlash (sug`urta) maqsadlarida amalga oshiriladi. Banklar ushbu 
operatsiyalarni o`z nomidan yoki mijoz topshirigiga ko`ra amalga oshiradilar;
6) Kredit (debit) kartochkalarining egalariga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq 
operatsiyalar;
7) Bank xalqaro transfertlari (dividend, foiz, pensiya to`lovi, aliment, 
hadyalar, sayyohlarga xizmat ko`rsatish va h.k.) amalga oshirish.
Zamonaviy valyuta tizimi, uning ham hududiy (geografik jihatdan), ham vaqt 
jihatdan (kechayu-kunduz ishlovchi valyuta bozori), ham texnologik jihatdan
(axborot texnologiyalari va tarmoqlarining yaxlitligi) globallashganligi bilan 
tavsiflanadi.


Yüklə 94,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin