Referat mavzu: jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari bajardi: Pulatov u toshkent 2012



Yüklə 94,61 Kb.
səhifə9/16
tarix25.12.2023
ölçüsü94,61 Kb.
#195798
növüReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org

Ikkinchi tizim - bu «oltin deviz andozasi» (Brettonvud valyuta tizimi)
bo`lib, u AQSH dollariga nisbatan valyutaning qattiq kursini o`rnatish 
(og`ishishlar chegarasi + 1 % oraliqda) orqali amal qilgan. AQSH dollarining
kursi oltinga nisbatan qattiq o`rnatilib, dollar shu kurs bo`yicha oltinga 
konvertirlangan. Tizimning o`zi esa, «oltin deviz andozasi» degan nom oldi.
Genuya tizimini, oltin tanga va oltin deviz andozalari o`rtasidagi oraliq tizim 
deyish mumkin.

Uchinchi jahon valyuta tizimi - Yamayka valyuta tizimi, suzib yuruvchi,
almashuv kurslariga asoslangan bo`lib, «ko`p valyutali andoza», yoki boshqacha 
- SDR andozasi deb nomlanadi. Mamlakat belgilangan, suzib yuruvchi yoki
aralash valyuta kurslarini tanlashi mumkin. Bu, shuningdek, valyuta inqirozlarini 
keltirib chiqarish xususiyatiga ham ega.
Jahon valyuta tizimlarining rivojlanish bosqichlarini quyidagi 2-jadval va 1-
chizmalar orqali ko`rish mumkin. 3. YEVROPA VALYUTA TIZIMI 
Yevropa valyuta tizimi - bu jahon (hududiy) valyuta tizimi bo`lib, u iqtisodiy 
integratsiya doirasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlarning umumiy
yig`indisi; «umumiy bozor» mamlakatlari integratsiya jarayonlarini 
rag`batlantirish va valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida valyuta


munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shaklidir.


Yevropa valyuta tizimi - jahon valyuta tizimining (Yamayka) quyi shaklidir. 
G`arbiy Yevropa integratsiya majmuining o`ziga xos jihatlari, uning Yamayka
valyuta tizimidan farqlanuvchi quyidagi tarkibiy tamoyillari bilan tavsiflangan edi: 
Yevropa valyuta tizimi, evropa valyuta birligi - EKYuga asoslanadi;
• Oltinning amaldagi zahira aktivlar sifatida ishlatilishi; 
• Valyuta kurslarining tartibi belgilangan, o`zaro tebranishlar doirasidagi
valyutalarning «evropa valyuta iloni» shaklidagi suzishiga asoslanishi; 
• Yevropa valyuta tizimida valyutaning davlatlararo hududiy tartibga
solinishi, markaziy banklarga valyuta interventsiyasi bilan bog`liq bo`lgan to`lov 
balanslarining vaqtinchalik taqchilligini qoplashga kreditlar ajratish yo`li bilan
amalga oshiriladi. 
EKYu bilan SDRning taqqoslama tavsifi, ularning umumiy va farqli jihatlarini
ochib beradi. Umumiylik ularning: xalqaro hisob-kitoblarda jahon kredit pullar 
sifatidagi ko`rinishida; banknotlarda emas, balki naqd pulsiz shaklda amal
qilishida; ular shartli qiymatini aniqlashda valyuta savati usulidan foydalanishda; 
schetlarda chegaradan ortiq saqlagani uchun emitentni mamlakatlarga foiz to`lashi
zarurligi kabilarda namoyon bo`ladi. EKYu va SDRning farqli jihati sifatida 
quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin:
1. EKYuning emissiyasi, SDRnikidan farqli ravishda, Yevropa valyuta 
ittifoqiga a`zo mamlakatlar oltin va dollardagi rasmiy zahiralarining 20 foizini
birlashtirish orqali 
ta`minlangan edi;
2. EKYuni emissiyasi SDRnikiga qaraganda egiluvchan edi. EKYuni
chiqarish summasi oldindan rasmiy belgilan-magan edi va u Yevropa valyuta
ittifoqiga a`zo mamlakatlar oltin-dollar zahiralarining o`zgarishiga qarab tartibga 
solingan; EKYuni
emissiya hajmi SDRnikidan ancha yuqori edi
3. Valyuta savati nafaqat EKYuning kursini aniqlashga xizmat qilgan, balki
u birorta xam xalqaro valyuta birligi bajarmagan hisob-kitoblarda valyutaning 

paritet setkasi


vazifasini bajargan; 
4. EKYuning kurs tartibi, o`zaro tebranishlar doirasida («evropa
valyuta iloni») birgalikda suzishga asoslangan edi. Bu EKYu va boshqa 
evropa valyutalarning
barqarorligini ta`minlardi; 
5. SDRdan farqli ravishda, EKYu nafaqat rasmiy, balki xususiy
sektorda ham qo`llanilgan. EKYu faoliyat doirasining kengayishiga quyidagi 
sabablar bor edi:
• EKYu valyuta savati va «evropa valyuta iloni», valyuta riskini 
pasaytirardi;
• xar qanday bank EKYuni valyuta savatiga mos ravishda «nazorat kila 
olardi». Bank o`z mijozi bilan kelishgan holda valyuta savatiga valyuta
kushishi yoki undan olishi 
mumkin edi;
EKYU barqaror valyuta sifatida, mukobil jahon valyutasi hisoblangan 
nobarqaror dollardan ko`ra ko`proq jahon xo`jaligining ehtiyojlarini qondira
olardi.

Bir-necha yil davom etgan kizgin tortishuvlardan so`ng, 1987 yilda


valyuta integratsiyasining rivojlanishida muhim rol uynagan, Yagona evropa akti 
imzolandi. 1991 yil «Delor rejasi» asosida, valyuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma-
bosqich shakllantirishni ko`zda to`tuvchi, Yevropa ittifoqi to`g`risidagi Maastrixt 
shartnomasi ishlab chiqildi. 1992 yilning fevralida Maastrixtda (Niderlandiya) 12
ta mamlakat tomonidan Yevropa ittifoqi shartnomasi ro`yxatdan o`tkazildi va 
1993 yilning 1 noyabridan ishga tushdi. Keyinchalik EIiga Avstriya, Finlandiya,
Shvetsiya kushildi. 
Maastrixt shartnomasiga asosan, iqtisodiy va valyuta ittifoqi uchta
bosqichda amalga oshiriladi. 



Yüklə 94,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin