Qoidalari I. Umumiy qoidalar



Yüklə 32,34 Kb.
səhifə4/6
tarix12.05.2023
ölçüsü32,34 Kb.
#112293
1   2   3   4   5   6
8-seminar

yo‘l varaqasi — avtotransport vositasi ishini aniqlash va hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat;
xavf to‘g‘risidagi axborot tizimi (XTAT) — avtotransport vositasining xavfli yuklar bilan harakatlanishida xavfdan xabar beruvchi hamda yo‘l-transport hodisalari (YTH) va boshqa noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini belgilaydigan tizim;
paketlashtirish vositasi — yuklarni oqilona tashish hamda ortish-tushirish ishlarini yaxshilash va arzonlashtirish, shuningdek transportning barcha turlarida tashishda yuklarning yaxshi saqlanishi uchun moslama hisoblanadigan va idish hisoblanmaydigan vosita;
idish — tashish, saqlash va ortish-tushirish operatsiyalarida mahsulotlar va tovarlarni joylashtirishga va ularning saqlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan buyumdan iborat o‘rab-joylashtirishning asosiy elementi;
o‘rab-joylashtirish — ichiga joylashtirilgan mahsulotlar va tovarlardan ajratilmaydigan buyum, mahsulotlar va tovarlar buyumning zarur anjomi hisoblanadi hamda unda tovarlar va mahsulotlar saqlanishi va ularning sifatli va miqdoriy saqlanishini ta’minlash uchun xizmat qiladi;
tovar-transport hujjatlari — hujjatlar komplekti, shu jumladan schyot-faktura, ular asosida yukni hisobga olish, qabul qilish, berish, tashish, topshirish hamda transport jarayonining qatnashchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi;
tovar-transport yuk xati — tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishga, ularning yo‘ldagi joyi o‘zgarishini hisobga olish, kirim qilish, omborxona, tezkor va buxgalteriya hisobi uchun, shuningdek yukni tashish uchun hisob-kitob qilish va bajarilgan ishni hisobga olish uchun mo‘ljallangan transport jarayonining barcha qatnashchilari uchun yagona bo‘lgan hujjat;
BMT ro‘yxati bo‘yicha moddaning tartib raqami — Birlashgan Millatlar Tashkilotining xavfli yuklarni tashish bo‘yicha Ekspertlar qo‘mitasi tomonidan eng ko‘p tashiladigan xavfli moddalarga berilgan tartib raqami.
3. Xavfli yuklar xalqaro me’yorlar talablari bo‘yicha xavfli yuklar tasnifi bo‘yicha taqsimlanadi (ushbu Qoidalarga 2-ilova*):
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
1-daraja — portlovchi moddalar (PM);
2-daraja — siqilgan, suyultirilgan va bosim ostida eritilgan gazlar;
3-daraja — yengil alangalanadigan suyuqliklar (EAS);
4-daraja — yengil alangalanadigan qattiq moddalar (EAQM), o‘zidan-o‘zi yonadigan moddalar (O‘O‘YoM), suv bilan o‘zaro aloqada alangalanuvchi gazlarni ajratib chiqaradigan moddalar;
5-daraja — oksidlovchi moddalar (OM) va organik peroksidlar;
6-daraja — zaharli moddalar (ZM) va infitsirlangan moddalar (IM);
7-daraja — radioaktiv materiallar (RM);
8-daraja — o‘yuvchi va (yoki) korrozion moddalar (O‘K);
9-daraja — boshqa xavfli moddalar.

Yüklə 32,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin