Qoidalari I. Umumiy qoidalar


II. Xavfli yuklarni tashishning alohida shartlari



Yüklə 32,34 Kb.
səhifə5/6
tarix12.05.2023
ölçüsü32,34 Kb.
#112293
1   2   3   4   5   6
8-seminar

II. Xavfli yuklarni tashishning alohida shartlari
4. Xavfli yuklarni avtotransport vositalarida tashish tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga muvofiq tashuvchi unga yukni jo‘natuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni olib borish punktiga yetkazish va uni yukni oluvchiga berish majburiyatini oladi, yukni jo‘natuvchi esa yuk tashilganligi uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.
5. Yukni tashuvchi yukni tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda yetkazib berishi kerak. Yukni yetkazib berish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlarining amal qilish vaqtiga yoki taraflarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha uzaytirilishi mumkin. Yuk yetkazib berilishi kechiktirilishi to‘g‘risida sabablari va kechikish vaqti ko‘rsatilgan holda yo‘l varaqasida belgi qo‘yiladi.
6. Tashuvchi, agar shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan avtotransport vositalarining tiplari va sonini mustaqil belgilaydi.
Agar yukni jo‘natuvchini tashuvchi tomonidan muhayyo qilingan avtotransport vositasi qoniqtirmasa, u holda tegishli dalolatnoma tuzib va uni tashuvchiga berib avtotransport vositasini rad etishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xavfli yuklarni tashish uchun qo‘llaniladigan idish (upakovka) tiplari va parametrlari belgilangan texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
8. Yukni jo‘natuvchi tomonidan tashish uchun yaroqli bo‘lmagan holatda taqdim etilgan va u tomonidan yukning o‘z vaqtida jo‘natilishini ta’minlaydigan muddatda zarur holatga keltirilmagan yuk taqdim etilmagan deb hisoblanadi.
9. Tashuvchi, agar quyidagi holatlar bo‘yicha tashishda yukning saqlanishini ta’minlay olmasa, yukni tashishga qabul qilishni rad etishi mumkin:
yuk zarur tarzda bo‘lmagan idishda yoki upakovkada taqdim etilgan;
yuk bajarish uchun qabul qilingan buyurtmaga muvofiq emas;
yukning taqdim etilgan partiyasi massasi avtotransport vositasining yuk ko‘tarish quvvatidan ortiq;
yuk tashish yo‘nalishining avtomobil yo‘li bo‘yicha harakat vaqtincha to‘xtatilganligi yoki cheklanganligi tufayli yetkazib berilishi mumkin emas.
10. Agar:
Oldingi tahrirga qarang.
bunday tashish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan bo‘lsa;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tovar xususiyatiga ega bo‘lgan yuklar tovar-transport yuk xati bilan rasmiylashtirilmagan bo‘lsa yoki belgilangan tartibda tegishli sertifikatlarga ega bo‘lmasa;
tashish uchun taqdim etilgan yuklar xossalariga ko‘ra bitta avtotransport vositasida birgalikda tashish uchun qo‘yilmasa;
yuk yo‘l harakati xavfsizligiga xavf tug‘dirsa va Yo‘l harakati qoidalari talablariga javob bermasa yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) yukni taqdim etmasligi, tashuvchi esa uni tashish uchun qabul qilmasligi kerak.
11. Yukni kuzatib borish shartnoma shartlariga muvofiq tashuvchi yoki buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Tovar-transport yuk xatida yukni kuzatib boruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi.
12. Yukni jo‘natuvchi yukni tashishga taqdim etishda uning narxini e’lon qilishga haqlidir.
Yukning e’lon qilingan qiymati bo‘yicha tashuvchida shubha tug‘ilgan taqdirda u o‘z hisobidan ekspertlarni jalb qilishi va yukning real qiymati to‘g‘risida dalolatnoma tuzishi mumkin.
13. Buyurtmachi tomonidan yukni jo‘natuvchilar tomonidan tamg‘alanib idishsiz, uyum, to‘kilgan holda tashiladigan yuklar, shuningdek tez buziladigan yuklar narxi e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Bahosi e’lon qilingan yukni tashishga taqdim qilishda yukni jo‘natuvchi uch nusxada yuk o‘rinlari ro‘yxatini tuzishi shart. Ro‘yxatning bir nusxasi yukni jo‘natuvchida qoladi, ikkinchi nusxasi — tashuvchida bo‘ladi. Uchinchi nusxasi yukni jo‘natuvchi tomonidan yuk o‘rnining ichiga solinadi.
15. Idishsiz, uyum, to‘kilgan holda, shuningdek konteynerlarda, konteyner-tsisternalarda tashiladigan yuklarni qabul qilib olish-topshirishda tovar-transport yuk xatida ushbu yuklar massasi ko‘rsatiladi.
16. Idishga solingan va donali yuklar yukni tashuvchi tomonidan tovar-transport yuk xatida yukning massasi va yuk o‘rinlari soni ko‘rsatilishi sharti bilan tashish uchun qabul qilinadi.
17. Idishli va donali yuklar massasi yukni jo‘natuvchi tomonidan ular tashishga taqdim etilishigacha belgilanadi va yuk o‘rinlarini markalashda ko‘rsatiladi. Ushbu yuklarni tashishda bitta avtotransport vositasida tashiladigan yuk butun partiyasining umumiy massasi tarozida tortish yoki yuk o‘rinlari barcha massasini hisoblab chiqish yo‘li bilan aniqlanadi. Yuklarning ayrim turlari uchun massa hisob-kitob yo‘li, o‘lchash yoki hajm massasi bo‘yicha aniqlanishi mumkin.
18. Yukni jo‘natuvchi tovar-transport yuk xatiga yuk massasini yozishi va, agar massa to‘g‘ridan to‘g‘ri tortilmasdan aniqlangan bo‘lsa, uni aniqlash usulini ko‘rsatishi kerak.
19. Yuklar yukni jo‘natuvchi tomonidan tamg‘alangan yopiq avtotransport vositasida yoki alohida seksiyalar, konteynerlar yoki tsisternalarda yoki konteyner-tsisternalarda tashilsa, yuk massasi yukni jo‘natuvchi tomonidan belgilanadi.
20. Notovar xususiyatga ega bo‘lgan yuk massasini aniqlashda yukni jo‘natuvchi tortish yo‘li bilan 5—10 avtotransport vositasini nazorat tartibida tortishni bajarishi, shundan keyin tegishli markadagi bitta avtotransport vositasidagi yukning o‘rtacha massasini aniqlashi zarur.
21. Agar tashish uchun taqdim qilingan yukning idishi yoki o‘ramini sirtdan ko‘zdan kechirishda tashuvchi tomonidan yukning yo‘qotilishi, buzilishi yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar aniqlansa, yukni jo‘natuvchi nuqsonlarni bartaraf etishi yoki tashishda yukning saqlanishini ta’minlaydigan boshqa ishlarni bajarishi kerak.
22. Yukning massasi yoki sonini aniqlash yukni jo‘natuvchida va yukni oluvchida bir xil usulda amalga oshiriladi. Tashish uchun yukni qabul qilib olishda massani aniqlash uchun butun yukning og‘irligini tarozida tortish zarur. Yukning alohida qismlarini tortish yo‘li bilan uning umumiy massasini aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
23. Avtotransport vositalari taroziga soatiga 5 kilometrdan ortiq bo‘lmagan tezlikda yaqinlashadi. Avtotransport vositalari to‘xtamagan holda (yurgan holda) va dvigatel ishlab turgan vaqtda avtomobil tarozilarida tortish taqiqlanadi. Avtotransport vositasini taroziga qo‘yishda uning orqa o‘qi platforma chekkasidan 300 mm yaqinlikda bo‘lmasligi kerak.
24. Avtopoyezdlarni taroziga tortishda butun avtopoyezdni taroziga qo‘yish zarur. Agar platformaning o‘lchami butun avtopoyezdni qo‘yish imkonini bermasa, u holda avtotransport vositasi va tirkama alohida tortiladi. Bunda avtotirkamaning yakka shoti erga tegmasligi kerak.
25. Yuklarni idishda, o‘ramda yoki mayda partiyalar bilan tashishga tayyorlashda yukni jo‘natuvchi har bir yuk o‘rnini markalash huquqiga ega.
Yukka tovar-transport yuk xatlari ma’lumotlari markalashga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yukning xossasini ko‘rsatish va yukni ortish (tushirish), tashish yoki saqlashning maxsus shartlariga rioya etish zarur bo‘lganda yukni jo‘natuvchi maxsus markirovkani (manipulatsiya belgilarini) bosishi zarur. Ogohlantiruvchi yozuvlar, agar yuk bilan munosabatda bo‘lish usulini manipulatsion belgilar bilan ifodalash mumkin bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi.
26. Markalash yorliqlari idishga eng qulay, yaxshi ko‘rinadigan joylarga ishonchli mahkamlanishi zarur.
Yuklarni idishsiz, uyum yoki to‘kilgan holda tashishda markirovka amalga oshirilmaydi.
27. Yukni jo‘natuvchi bir yukni oluvchiga yuboriladigan furgon, konteynerlar, konteyner-tsisternalar va tsisterna tipidagi kuzovli avtotransport vositasini tamg‘alash, yashiklar, qutilar va boshqa idishdagi mayda donali tovarni esa, tamg‘alash yoki banderol qilish huquqiga ega.
Yukni tamg‘alash yoki banderol qilish holati tovar-transport yuk xatida qayd etiladi.
28. Bir necha manzillar bo‘yicha tashiladigan yukning saqlanishini ta’minlash uchun yukni tashuvchi kuzovni alohida tamg‘alangan seksiyalarga ajratish imkonini beradigan to‘siqlar o‘rnatishi mumkin.
29. Yukni jo‘natuvchi tomonidan tamg‘alangan yuk yukni tashuvchi tomonidan yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk o‘rinlari soni tekshirilmasdan topshiriladi.
30. Kuzovni tamg‘alash yukka yaqinlashish va avtotransport vositasi kuzovi, konteyner, konteyner-tsisterna, seksiya yoki alohida yuk o‘rnidan tamg‘aning butunligini buzmasdan tamg‘ani olish imkoniyatini berishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Yuklarni banderol qilish o‘ramning butunligini buzmasdan yukka yaqinlashishni istisno qilishi kerak.
Yuk tushirish punktiga kelgandan keyin yukni oluvchi va haydovchi kelishuv bo‘yicha yukni tarozida takroran tortadi va qayta hisoblaydi.
31. Yukni avtotransport vositasiga ortish, shuningdek uni mahkamlash, uning ustini yopish, bog‘lash, tushirish, mahkamlagichlar, qoplamalarni olib qo‘yish, bortlar (tsisterna yuklari)ni yopish va ochish, shlanglarni qo‘yib yuborish yoki shlangalarni olish, shlanglarning vintlarini oldinga burash yoki orqaga burash, agar shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) tomonidan amalga oshiriladi.
32. Yukni tashuvchi buyurtmachi bilan kelishgan holda ortish-tushirish ishlarini bajarishni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Ortish ishlari faqat mexanizatsiyalashtirilgan usulda bajarilishi mumkin bo‘lgan og‘ir vaznli yuklar maxsus moslamalarga (halqa, teshik va boshqalarga) ega bo‘lishi kerak.
33. Yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi), agar shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ortish, tashish va tushirish uchun zarur bo‘lgan moslamalar va yordamchi materiallarni taqdim etishi, o‘rnatishi va olib tashlashi kerak.
34. Xavfli yuklarni tashish zaruriyati munosabati bilan avtotransport vositasini qayta jihozlash taqiqlanadi.
35. Yukni avtotransport vositasiga joylashtirish yoki mahkamlash yo‘l harakati xavfsizligi yoki yukning (avtotransport vositasining) saqlanishini ta’minlash talablariga muvofiq emasligi tashuvchi tomonidan aniqlangan taqdirda, yukni tashuvchi bu haqda buyurtmachini xabardor qilishi va, agar shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, qayd etilgan kamchiliklar buyurtmachi tomonidan bartaraf etilguniga qadar tashishni bajarishni to‘xtatishi kerak.
36. Tashuvchining avtotransport vositasi yukni ortish uchun kelish vaqti ortish punktida yukni jo‘natuvchiga yo‘l varaqasi taqdim etilgan paytdan boshlab hisoblanadi, tashuvchining avtomobil transporti yukni tushirish uchun kelgan vaqt esa — tushirish punktida yukni oluvchiga tovar-transport yuk xati taqdim etilgan paytdan boshlab hisoblanadi.
37. Agar haydovchi tovar-transport yuk xatini olgan bo‘lsa va yuk avtotransport vositasi kuzovida bo‘lsa, yuk tashuvchining avtotransport vositasini yuklashi tugallangan deb hisoblanadi.
38. Agar yuk avtotransport vositasi kuzovidan to‘liq olingan, kuzovni yig‘ishtirish bo‘yicha barcha zarur ishlar bajarilgan va haydovchiga uzil-kesil rasmiylashtirilgan tovar-transport yuk xatlari topshirilgan bo‘lsa, yukni avtotransport vositasiga ortish tugallangan deb hisoblanadi.
39. Tovar va notovar xususiyatga ega bo‘lgan yuklarni tashish tovar-transport yuk xati bilan rasmiylashtirilishi kerak. Yukni jo‘natuvchida tovar-transport yuk xatlari blankalari mavjud bo‘lmasa, ular unga yuk tashuvchi tomonidan beriladi.
40. Ishiga vaqtbay tariflar bo‘yicha haq to‘lanadigan avtotransport vositalaridan foydalanish yo‘l varaqalari va tovar-transport yuk xatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Yuk avtotransport vositasining tovar-transport yuk xatlari va yo‘l varaqalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, bosmaxona usulida tayyorlanadi, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega bo‘ladi.
41. Avtotransport vositasi bilan yuklarni tashishga tovar-transport yuk xati yukni jo‘natuvchi tomonidan har bir borishga har bir yukni oluvchining nomiga to‘rt nusxada tuziladi, ulardan:
birinchi nusxasi yukni jo‘natuvchida qoladi va tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish yoki hisobdan chiqarish (chiqib ketishi) uchun mo‘ljallanadi;
ikkinchi nusxasi yukni oluvchida qoladi va moddiy boyliklarni kirim qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
uchinchi va to‘rtinchi nusxalari yukni tashuvchida qoladi hamda yuk tashuvchining yukning jo‘natuvchi bilan hisob-kitob qilishi va avtotransport ishini hisobga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
42. Haydovchi (yoki yukni kuzatib boradigan shaxs) tovar-transport yuk xatining barcha nusxalariga imzo chekishi shart.
43. Tovar-moddiy boyliklar nomlarining katta miqdori bir yo‘la tashishga taqdim etilganda qistirma varaqlar — barcha qistirma varaqlarda tovar bo‘limida ko‘rsatilgan tovar-transport yuk xatining seriyasi va bosh varaqning tartib raqami takrorlangan holda 4 nusxada to‘ldiriladigan tovar-transport yuk xatining davomi qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
44. Bir turdagi yuklarni bir yukni jo‘natuvchidan ayni bir masofaga bir yukni oluvchining nomiga tashishda smena mobaynida avtotransport vositasi tomonidan bajarilgan ishga jamlangan bitta tovar-transport yuk xati rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda oraliq yurishlarni rasmiylashtirish yukni jo‘natuvchi tomonidan haydovchiga har bir alohida yurishga talon berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Talon faqat berilgan kun uchun amal qiladi va uch nusxada to‘ldiriladi, ulardan biri yukni jo‘natuvchida, ikkinchisi — haydovchida va uchinchisi yukni oluvchida qoladi.
45. Yukni tashuvchi yukni tovar-transport yuk xatida ko‘rsatilgan yukni oluvchiga topshirishi kerak.
46. Yukni massasi va o‘rinlar soni bo‘yicha yukni oluvchiga topshirish yukni jo‘natuvchidan olingandagiga o‘xshash tartibda amalga oshiriladi (tarozida tortish, o‘lchash, yuk o‘rinlarini sanash va hokazo).
47. Avtotransport vositalarining shikastlanmagan kuzovlarida (konteynerlar, konteyner-tsisternalar va tsisternalarda) kelgan va yukni kuzatuvchining shikastlanmagan tamg‘alariga ega bo‘lgan yuklar yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk o‘rinlari soni tekshirilmasdan berilishi mumkin.
Standart og‘irlik va yukni jo‘natuvchi tomonidan har bir yuk o‘rnida ko‘rsatilgan og‘irlik bo‘yicha tashishga qabul qilingan idishli va donali yuklar yukni oluvchiga borish punktida faqat shikastlangan (agar shundaylar bo‘lsa) o‘rinlardagi yukning og‘irligi va holati tekshirilgan holda o‘rinlar sanog‘i bo‘yicha og‘irligi tortilmasdan topshiriladi.
Idishsiz yoki to‘kilgan holda tashiladigan, kamomad belgilarisiz kelgan yuklar yukni oluvchiga og‘irligi tekshirilmasdan topshirilishi mumkin.
48. Yukni yukni oluvchiga topshirishda, agar yuk yukni oluvchiga shikastlangan idish, avtotransport vositasining shikastlangan kuzovi yoki yukni jo‘natuvchining shikastlangan tamg‘alari bilan kelsa, yukni tashuvchi tovar-transport yuk xatiga muvofiq yuk massasini, yuk o‘rinlari sonini yoki yukning holatini tekshirishi kerak.

Yüklə 32,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin