Qoidalari I. Umumiy qoidalar



Yüklə 32,34 Kb.
səhifə3/6
tarix12.05.2023
ölçüsü32,34 Kb.
#112293
1   2   3   4   5   6
8-seminar

alohida xavfli yuklar — tashishda ehtiyotkorlikning alohida choralarini talab etadigan xavflilikning yuqori darajasidagi fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan moddalar va materiallar (ushbu Qoidalarga 1-ilova*);
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanishga mo‘ljallanmagan, tarkibida solishtirma aktivligi 74 kBk/kg dan ortiq darajali radionuklidlar mavjud bo‘lgan va Xavfli yuklar tasnifi bo‘yicha 7-darajaga tegishli bo‘lgan har qanday agregat holatidagi modda;
past aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 103 kBk/kg dan kam bo‘lgan va gamma-nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 0,001 m Gr/ch dan 0,3 mGr/ch gacha bo‘lgan chiqindilar;
o‘rtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 101 kBk/kg dan 107 kBk/kg gacha bo‘lgan va gamma-nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 0,3 mGr/ch dan 10 mGr/ch gacha bo‘lgan chiqindilar;
yuqori aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 101 kBk/kg dan ortiq bo‘lgan va gamma — nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 10 mGr/ch dan ortiq bo‘lgan chiqindilar;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 56-sonli qaroriga asosan o‘n yettinchi — yigirmanchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 9-son, 90-modda)
yo‘nalish — yuk punktlari o‘rtasidagi avtotransport vositasi harakatining oldindan ishlab chiqilgan, eng maqbul yo‘li;
tirkama — avtotransport vositasi tomonidan tortiladigan va o‘zining energiya manbaiga ega bo‘lmagan yuklarni tashish uchun xizmat qiladigan avtotransport vositasi;
yarim tirkama — tirkama turi, uning to‘liq massasining bir qismi tirkash yostiqchasi — tirkama qurilma orqali egar shatakchiga o‘tkaziladi;
tashuvchi — avtotransport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asoslar bo‘yicha egalik qiladigan, tijorat asosida yuklarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va buning uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

Yüklə 32,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin