Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Kimyoviy reaksiya tezligiga tasir etuvchi omillar –



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə9/28
tarix11.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#111348
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
kimyo labaratoriya

Kimyoviy reaksiya tezligiga tasir etuvchi omillar – kimyoviy reaksiya tezligiga quyidagi omillar tasir etadi.

  • reaksiyaga kirishayotgan moddalar tabiatiga

  • reaksiyada ishtirok etuvchi moddalarning konsentratsiyasiga

  • temperaturaga

  • gazlarda bo’ladigan reaksiyada – bosimga

  • qattiq moddalarning reaksiyalarida – maydalanganlik darajasiga

  • radioaktiv nur tasiriga.

1. Reaksiya tezligining kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatiga bog’liqligi. Tasirlashayotgan moddalar qancha bir-biriga moyil bo’lsa va yangi kimyoviy moddalar hosil bo’lishi bilan tugaydigan to’qnashishlar foizi qancha ko’p bo’lsa, reaksiya tezligi katta bo’ladi.
M; H2 + F2 = 2HF
H2 + Br2 = 2HBr
Birinchi reaksiya 200 oC da ham portlash bilan borsa, ikkinchisi esa qizdirilganda ham sekin boradi. Bunga sabab vodorodning ftorga nisbatan kimyoviy moyilligi bromga qaraganda kattaligida (ftorning NEM bromnikiga nisbatan yuqori).
2. Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog’liqligi. A va B moddalar o’zaro kimyoviy reaksiyaga kirishish uchun ularning molekulalari bir-biri bilan to’qnashishi kerak. To’qnashuvlar qancha ko’p bo’lsa, reaksiya shuncha tez ketadi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi qancha yuqori bo’lsa, to’qnashuvlar soni ko’p bo’ladi. Kimyoviy reaksiya tezligiga konsentratsiyani tasirini 1867-yil norvegiyalik olimlar; K.Guldberg va P.Vaagelar tomonidan kimyoviy kinetikaning asosiy qonuni massalar tasiri qonuni kashf etildi. Bu qonunga ko’ra: kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari ko’paytmasiga proporsional va reaksiya tenglamasidagi modda formulasi oldidagi koefitsent konsentratsiya darajasiga bog’liq. Masalan; NH3 ni hosil bo’lish reaksiyasi uchun to’g’ri va teskari reaksiya tezliklari quyidagicha ifodalanadi.
N2 + 3H2 ↔ 2NH3
V1 = k [N2] [H2]3; V2 = [NH3]2
Bu formulalarda [N2] [H2] va [NH3] lar tegishlicha N2 va NH3 larning molyar konsentratsiyalari; k1 va k2 lar proporsionallik koefitsentlari bo’lib, reaksiyaning tezlik doimiysi deb ataladi. tezlik doimiysi reaksiyada qatnashuvchi moddalar tabiatiga, temperaturaga, katalizatorning bor-yo’qligiga bog’liq, lekin konsentratsiyaga bog’liq bo’lmaydi.
Agar reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri qattiq holatda bo’lsa, masalan, uglerodning yonishi:
C + O2 = CO2
Bu reaksiya tezligi faqat kislorod konsentratsiyasiga bog’liq. v = k[O2]

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin